OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qoida, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 10-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 841-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 21-avgustda 147-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qoida (roʻyxat raqami 841, 1999-yil 25-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 14-avgustdagi 27/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida arxiv ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qoidaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 841-1, 2010-yil 8-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 312-modda).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-iyul,
17/4-son
“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2021-y., 10/21/841-2/0777-son)