Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021 29.05.1997 yildagi 274-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2021
Hujjat 14.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASIS DASTURINI AMALGA OShIRIShNI TAʼMINLAShDA VAZIRLIKLAR VA IDORALARNING FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy koʻmaklashish dasturi (TASIS) doirasida chet El pudratchi kompaniyalari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini tartibga solish, shuningdek, TASIS loyihalarini amalga oshirishni muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasida vazirliklar va idoralar faoliyatining prinsiplari va shartlari toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasidagi loyihalar boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnikaviy koʻmaklashish dasturi (TASIS) doirasida loyihalarni amalga oshirish tartibini boshqaradi hamda koʻrsatib oʻtilgan loyihalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. TASIS — bu Yevropa Ittifoqi bilan Mustaqil Davlatlararo Hamdoʻstligi va Moʻgʻuliston oʻrtasidagi uygʻun aloqalarni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan ushbu sherik mamlakatlar uchun ishlab chiqilgan dasturdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekistondagi TASIS dasturi faoliyati Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti huzuridagi Oʻzbekistonda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish Byurosi (“OʻZYIKBYuRO”) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi Departamenti deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TASIS dasturining faoliyati boshqaruv, huquqiy va normativ bazani tashkil etish, yangi muassasalar tashkil etish va ishlab turganlarini qayta tashkil etish, ekspertlar guruhini yuborish, ekspert tadqiqotlari oʻtkazish va mutaxassislarning kasb-kor tayyorgarligi, xalqaro tarmoq tuzilmalari tashkil etish, pilot loyihalarini amalga oshirish masalalarida maslahat yordami koʻrsatish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASIS DASTURI DOIRASIDA TEXNIKAVIY YORDAM OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TASIS dasturi doirasida texnikaviy yordam olishni xohlovchi tashkilotlar buyurtmanoma bilan “OʻZYIKBYuRO” ga yozma ravishda murojaat qiladilar. Buyurtmanomada boʻlajak loyihani mablagʻ bilan taʼminlashga doir aniq takliflar bayon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha buyurtmanomalar TASIS dasturi maqsadlari va shartlariga muvofiq muayyan mezonlar boʻyicha “OʻZYIKBYuRO”da dastlabki tanlovdan oʻtadi va kelishish, hisobga olish va keyinchalik monitoring olib borish uchun Moliya vazirligi Departamentiga yuboriladi. Tanlovdan oʻtgan va kelishilgan takliflar tasdiqlash va boʻlajak xatti-harakatlar dasturiga kiritish uchun Yevropa Komissiyasiga yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tasdiqlangan loyihalar roʻyxati loyihalarni bajarish yuzasidan takliflar qabul qilinishi haqida boʻlajak pudratchilarni xabardor qilish uchun Yevropa Komissiyasining rasmiy jurnalida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kontraktlar boʻyicha axborot eʼlon qilingandan keyin Yevropa Komissiyasi tender hujjatlarini tayyorlaydi. Ushbu hujjatlarda har bir loyiha boʻyicha batafsil texnik topshiriqlar mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASIS DASTURI BOʻYIChA LOYIHALARNI TAYYORLASh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. TASIS dasturi aniq loyihalar boʻyicha tenderda yutib chiqqan kompaniyalar (keyingi oʻrinlarda “pudratchilar” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ham alohida kompaniya, ham bir necha kompaniyalardan iborat konsorsium pudratchi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TASIS dasturining har bir loyihasi koʻrsatilgan loyiha boʻyicha YIK ning mustaqil maslahatchisi tomonidan ishlab chiqiladigan texnik topshiriqlarga muvofiq amalga oshiriladi va Moliya vazirligi Departamenti va yordam oluvchi tashkilot (keyingi oʻrinlarda “buyurtmachi” deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pudratchi loyihani amalga oshirish uchun u bilan YI ekspertlari oʻrtasida tuziladigan uzoq muddatli (olti oydan ortiq) yoki qisqa muddatli (bir haftadan bir necha oygacha) kontrakt asosida Yevropa ekspertlarini (keyingi oʻrinlarda “YI ekspertlari” deb yuritiladi) jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “OʻZYIKBYuRO” loyiha rahbarlarining moʻljallanayotgan kelishi toʻgʻrisida buyurtmachini oldindan xabardor qiladi va loyihani amalga oshirish boshlanishi muddatlarini kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibini aniqlaydi va oʻz tomonidan ishlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YI ekspertlari “OʻZYIKBYuRO”ga, Moliya vazirligi Departamentiga va buyurtmachiga loyiha boʻyicha texnik topshiriqni barcha ilovalar va qoʻshimchalar bilan birgalikda beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pudratchi “OʻZYIKBYuRO”, Moliya vazirligi Departamenti va buyurtmachi bilan kelishilgan jadvalga koʻra loyiha boʻyicha nazarda tutilgan barcha hisobotlarni taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. YI ekspertlari “OʻZYIKBYuRO” da roʻyxatdan oʻtishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YI ekspertlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirish huquqiga egadirlar, chet el fuqarolarining boʻlishi qonunchilikda belgilangan tartibda tartibga solinadigan ayrim rayonlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashqi ishlar vazirligi “OʻZYIKBYuRO” ning buyurtmanomasi boʻyicha loyiha boʻyicha ishlash davrida YI ekspertlari va ularning oila aʼzolari mazkur Nizomning 18-moddasiga muvofiq konsullik yigʻimlari toʻlamasdan boʻlishlari huquqini beruvchi vizaviy qoʻllab-quvvatlashni olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. YI ekspertlarini xususiy uylarda vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish buyurtmachining buyurtnomasiga koʻra ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim yoki haq olmasdan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pudratchi mahalliy ekspertlarni kontrakt asosida ishga jalb etishga haqlidir. Ularning huquqiy holati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “OʻZYIKBYuRO” ekspertlarga ularning maqomi, huquqlari va vazifalarini tushuntirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pudratchi loyiha ustida ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy xodimlarni (tarjimonlar, kotiblar, haydovchilar va boshqalarni) yollashga haqlidir. Mahalliy xodimlarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish “OʻZYIKBYuRO” tomonidan Tashqi ishlar vazirligining diplomatik servis xizmatida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasida 183 kundan ortiq boʻlgan ekspertlari belgilangan muddatda mahalliy soliq organiga daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASIS DASTURI LOYIHALARINI MODDIY-TEXNIK TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. TASIS dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida chet eldan yetkazib beriladigan asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa texnika (keyingi oʻrinlarda — asbob-uskunalar deb yuritiladi) Yevropa Ittifoqining granti sifatida qaraladi va ularga boj poshlinalari, soliqlar va yigʻimlar solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Asbob-uskunalar “OʻZYIKBYuRO” nomiga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. TASIS dasturi loyihalari mablagʻlari hisobiga xarid qilingan transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda ekspertlar nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. TASIS dasturi boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida va vakil qilingan bankda roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Olinadigan asbob-uskunani sertifikatsiyalash zarur boʻlganda, u “Oʻzstandart” agentligi organlari va ular tomonidan vakil qilingan tashkilotlar tomonidan sertifikatsiya qilinganligi uchun haq undirilmasdan amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi 22-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 41-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Loyiha tugallangandan keyin asbob-uskunalar pudratchi tomonidan “OʻZYIKBYuRO” bilan kelishilgan holda buyurtmachiga berilishi mumkin. Buyurtmachi asbob-uskunalarni belgilangan tartibda oʻz balansiga qabul qiladi. Ushbu holatda loyiha tugallangandan keyin mazkur banda koʻrsatilgan asbob-uskunalar Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan (transport vositalarini berishda — Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan) boj poshlinalari, soliqlar va boshqa yigʻimlar undirilmasdan buyurtmachining nomiga qayta rasmiylashtiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Buyurtmachi asbob-uskunalarni olishda loyiha tugallangandan keyin “OʻZYIKBYuRO”ga va tegishli statistika organiga olingan asbob-uskunalarning foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili taqdim etadi. Begonalashtirilgan taqdirda esa belgilangan tartibda toʻlovlar va soliqlar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Pudratchi yoki “OʻZYIKBYuRO” tomonidan asbob-uskunalar qaytarib olib ketilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda (fors-major holatlar paydo boʻlganda), qaytarib olib ketishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan boj poshlinalari, soliqlar, yigʻimlar va har qanday tusdagi boshqa toʻlovlar undirilmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOLARNI HAL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Loyihani amalga oshirish davomida paydo boʻluvchi barcha nizolar vazirliklar va idoralar, shuningdek, yordam oluvchi tashkilotlar tomonidan “OʻZYIKBYuRO” bilan birgalikda hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Zarurat boʻlganda nizoli masalalar “OʻZYIKBYuRO” tomonidan kelishish uchun Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentiga kiritilishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Keyingi tahrirga qarang.