13.04.2005 yildagi PQ-49-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.04.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻNGʻIROT SODA ZAVODI UCHUN KADRLARNI MAQSADLI TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻngʻirot soda zavodini oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash, ushbu korxonada ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimini tashkil etish, boʻlimning oʻquv-laboratoriya bazasini Qoʻngʻirot soda zavodi hududida joylashgan muhandislik korpusi binosiga joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi boʻlimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻngʻirot soda zavodining joriy va istiqboldagi ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik xodimlarni maqsadli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
institutning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ilgʻor texnologiyalarni ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish masalalarini bevosita ishlab chiqarishda oʻrganish imkonini beradigan oʻquv jarayonini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya jarayoni samaradorligini oshirishda institutning ilmiy-pedagogik salohiyatidan va zavodning yetakchi amaliyotchi-mutaxassislaridan foydalanish imkonini beradigan oliy taʼlim fanining ishlab chiqarish bilan mustahkam integratsiyasini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2005/2006 oʻquv yiliga taʼlimning quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha uch yillik oʻqish muddatida bakalavrlarni maqsadli tayyorlash boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimga qabul qilish kvotasi 65 kishidan iborat qilib belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5522400 — “Kimyoviy texnologiya” — 20 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5520700 — “Texnologiya mashinalari va asbob-uskunalari” — 15 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5580400 — “Muhandislik kommunikatsiyalari qurish” — 15 kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5521300 — “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” — 15 kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent kimyo-texnologiya instituti maxsus sirtqi boʻlimining birinchi bosqichiga qabul qilish, istisno tariqasida, kirish test sinovlarisiz asosan turdosh oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan shaxslar orasidan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va Qoʻngʻirot soda zavodining yoʻllanmalari asosida davlat granti boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari kontingenti Toshkent kimyo-texnologiya institutida va respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan, Qoʻngʻirot soda zavodida kontrakt boʻyicha ishlash xohishini bildirgan tegishli va turdosh taʼlim yoʻnalishlari talabalarini oʻtkazish yoʻli bilan shakllantiriladi. Toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalarni oʻtkazishda oʻqitishning pulli shakli saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishga qabul qilishda Qoʻngʻirot soda zavodi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va talabalar oʻrtasida oʻqish tamom boʻlgandan keyin bitiruvchilarning zavodda kamida besh yil majburiy ishlashini nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi uch oy muddatda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimini joylashtirish uchun Qoʻngʻirot soda zavodining qoldiq qiymati 380 mln. soʻm boʻlgan muhandislik korpusi qurilishini tugallasin va oʻquv jarayonini tashkil etishga zarur shart-sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishning har yilgi koʻrsatkichlarini shakllantirishda Qoʻngʻirot soda zavodining kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun kvotani nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soda zavodining ehtiyojiga muvofiq Qoʻngʻirot sanoat kollejida texnik kadrlar tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005/2006 oʻquv yili boshlangunga qadar Toshkent kimyo-texnologiya institutining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan buyurtmanomasi boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimning oʻquv-laboratoriya xonalarini Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantarish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga oʻqitishning texnik va axborot vositalari, laboratoriya asbob-uskunalari, koʻrgazmali qoʻllanmalar va boshqa zarur mulk bilan jihozlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda taʼlimning tegishli yoʻnalishlari boʻyicha maxsus sirtqi boʻlim oʻquv rejalari va dasturlarini respublika taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar markazi bilan birgalikda sifatli taʼlim jarayonini tashkil etishda, talab etiladigan ilmiy-pedagog kadrlar va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashda Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimiga doimiy ravishda ilmiy-metodik va amaliy yordam koʻrsatsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi boʻlimida va Qoʻngʻirot sanoat kollejida oʻquv jarayoni tashkil etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari negizida oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini ilgari tamomlagan va ishlamayotgan shaxslar orasidan 564 nafar hamda “Oʻrganchtransgaz” oʻquv markazi negizida 26 nafar malakali ishchini ikki oyda jadal tayyorlashni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sarf-xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblar va moliyalashtirishning amaldagi normativlari asosida 2005-yilda respublika oliy taʼlim muassasalarining xarajatlari smetasiga kadrlar tayyorlashga budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-49-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 111-modda; 2006-y., 40-son, 395-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)