Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH TOʻGʻRISIDA
1-modda. Atmosfera havosi tabiatni muhofaza qilish obyekti sifatida
Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi boʻlib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
2-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash;
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil taʼsir koʻrsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
4-modda. Fuqarolarning hayot uchun qulay atmosfera havosiga ega boʻlish huquqi va uni saqlash sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar hayot va sogʻliq uchun qulay atmosfera havosiga ega boʻlish, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida oʻz vaqtida va ishonchli axborot olish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli taʼsir koʻrsatishi orqali oʻzlarining salomatligiga hamda mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli taʼsir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha oʻzga talablarni belgilaydi.
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Atmosfera havosi sifatining normativlari
Atmosfera havosining holatini baholashda Oʻzbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanishi;
fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli taʼsir koʻrsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yoʻl qoʻyiladigan darajalari.
Qonun hujjatlarida ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosi sifati normativlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Doimiy manbalardan atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy taʼsir koʻrsatish omillarining har biri boʻyicha belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, atmosfera havosiga fizikaviy omillar zararli taʼsir koʻrsatishining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi esa — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Atmosfera havosidan foydalanish normativlari
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish normativlari atmosfera havosining tabiiy tarkibi oʻzgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Koʻchma manbalardan atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan koʻchma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladi.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni tartibga solish
Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarishga davlat ekologik ekspertizasining natijalariga koʻra belgilanadigan normativlarga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishini tartibga solish
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yoʻl qoʻyiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
13-modda. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishni hamda undan foydalanishni cheklash, toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining xulosasida nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bogʻliq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlariga muvofiq ularning qarori bilan cheklanishi, toʻxtatib qoʻyilishi, zararli taʼsir koʻrsatish sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda esa, tugatilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari sifatiga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallarining barcha turlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan standartlar talablariga mos boʻlishi lozim.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelishi shartlari
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari koʻrsatadigan salbiy taʼsir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishiga doir Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yoʻl qoʻyiladi.
16-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlardan yuqori boʻlgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli taʼsir koʻrsatishi normativlariga rioya qilinishini taʼminlashlari shart.
17-modda. Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar oldiga qoʻyiladigan talablar
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini taʼmirlaydigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli taʼsir koʻrsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni taʼminlaydilar.
18-modda. Kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yoʻl qoʻyiladigan darajada toʻplanish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelya OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kimyoviy moddalarni oʻsimliklarni himoya qilish vositasi, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi omil, mineral oʻgʻit va boshqa preparatlar sifatida faqat yerdan turib ishlatishga yoʻl qoʻyiladi. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishning oldini olishga doir talablar
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni taʼmirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini taʼminlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash paytida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Mineral xom ashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. Ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini joylashtirish yoki koʻmib tashlashga doir talablar
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba boʻlishi yoki havoga boshqa tarzda zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22-modda. Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatiga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini, texnika va texnologiyalarni joriy etish paytida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etish
Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xom ashyo va materiallardan, yoqilgʻidan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan koʻrsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalar chiqarish hamda atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, shuningdek ular ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
xoʻjalik obyektlari tevaragida sanitariya-muhofaza zonalari barpo etish;
chiqindilar chiqarishni hamda zararli fizikaviy taʼsirni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli taʼsirining yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat oʻrnatish, ularning hisobini yuritish va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda chora-tadbirlar koʻrish;
(24-moddaning birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining taʼsir doirasida atrof muhitga hamda aholi salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatilishini baholash;
kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar hamda bugʻlanuvchi birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish va ulardan boʻshagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga birvarakayiga va avariya tufayli chiqindilar chiqishi, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining chegaralararo ifloslanishini kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish;
chiqindilarni yoʻq qilishni taʼminlash hamda ular toʻplanib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish.
Atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari
Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli taʼsir koʻrsatganligi hamda atmosfera havosidan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda— “Xalq soʻzi”, 31.10.2003-y., 223(3335)-son)
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish
Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur:
atmosfera havosining holatiga zararli taʼsir koʻrsatayotgan yoki zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan obyektlar;
foydalanilayotgan atmosfera havosining hajmlari;
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
atmosfera havosiga fizikaviy omillar koʻrsatadigan zararli taʼsirning turlari va hajmlari.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi.
27-modda. Atmosfera havosi monitoringi
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni toʻplash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar oʻrnini qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
353-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 52-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2019-y., 03/19/529/2765-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)