04.08.2021 yildagi PQ-5208-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nukus shahrida ayollar va bolalar shifoxonasini tashkil etish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikni kengaytirish, respublikada ayollar va bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik hamda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-yil 26-may kuni Toshkent va Abu-Dabi shaharlarida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasidagi Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasining grant mablagʻlarini Oʻzbekistonga jalb etishda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda — Bitim) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi Bitimning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani Birlashgan Arab Amirliklari tomoniga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari Bitim kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlangach, shifoxona oʻrnatilgan tartibda Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi tomonidan begʻaraz ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihani amalga oshirish uchun Nukus shahar tibbiyot birlashmasiga zarur yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyiha doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini buzish hamda mulkdorlarga kompensatsiya toʻlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga qatʼiy amal qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyiha maydonining chegaralariga qadar tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini tashkil etish, jumladan elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, yoʻllar va telekommunikatsiya tarmoqlari boʻyicha ishlarni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitimdagi kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida, istisno tariqasida, loyihani amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari foyda soligʻi va ijtimoiy soliqdan, ularning xodimlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan Jamgʻarma uchun amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar, tovarlar)ga nisbatan “nol” (0%) darajali stavkada qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻllanilishi taʼminlansin. Bunda, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha salbiy farqni qaytarish qonunchilikda belgilangan tezlashtirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan tovarlar va moddiy boyliklarni majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, bojxona boji, aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻidan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari Bitim belgilangan tartibda kuchga kirganidan soʻng qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalari asosida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) kirish vizalari rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) koʻp martalik vizalar berilishi hamda vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilishi (ularning muddatlari uzaytirilishi)ni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5208-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5208/0751-son)