1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kemalarni roʻyxatga olish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, kema bileti va bort raqamini berish hamda roʻyxatdan chiqarish tartibini nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnik holatini baholash va qayd etish tartibini nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi lozim boʻlgan talablarni nazarda tutuvchi Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmasiga muvofiq kichik hajmli kemalarning kema bileti blankalari tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 4-iyuldagi 421-son qarori 2-bandi “v” kichik bandidagi “2020-yil” soʻzlari “2022-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 2-avgust,

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga kichik hajmli kemalarni (keyingi oʻrinlarda — kemalar) roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglament maxsus, harbiy va sport turidagi kemalarga tatbiq etilmaydi.

3. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) hududiy tuzilmalari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — kichik hajmli kemani roʻyxatdan oʻtkazishni soʻrab murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Inspeksiyaning hududiy tuzilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kema — asosiy dvigatellari quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi sigʻimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻziyurar kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qatʼi nazar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari (katamaranlar)), yelkanli kemalar, havo bosimi bilan toʻldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish boʻyicha nazoratni amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kemaning egasi — kichik hajmli kemaga mulk huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish — kichik hajmli kemalarni roʻyxatga olish, qayta roʻyxatga olish, kema bileti va bort raqamini berish hamda roʻyxatdan chiqarish boʻyicha harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorli kichik hajmli kemalar — turgʻun dvigatel (dvigatellar) yoki osma motor (motorlar) bilan jihozlangan kichik hajmli kemalar (kater, yaxta, motorli qayiq, gidrotsikl va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorsiz kichik hajmli kemalar — odamning (odamlarning) kuchi bilan yoki shamol kuchi taʼsirida harakatga keltiriladigan kichik hajmli kemalar (yelkanli kema, eshkakli kema yoki qayiq, suv velosipedlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
registr tonna — kemaning hajmiy tonnalar bilan koʻrsatiladigan sigʻimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Reglamentning 4-bandida koʻrsatilgan kemalar Inspeksiya nazoratidagi kemalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish mazkur Reglament asosida vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy yoki yuridik shaxslar kemalarni xarid qilgandan soʻng texnik holatidan qatʼi nazar, oʻttiz ish kunidan kechiktirmasdan ularni roʻyxatdan oʻtkazishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan kemalar — ularning doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha, yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan kemalar — yuridik shaxsning pochta manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kemalar ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.

Ariza beruvchi yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.

11. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni (shaxsni tasdiqlovchi hujjat va (yoki) ishonchnoma) taqdim etadi.

Davlat xizmatlari markazi tomonidan ariza beruvchidan ushbu band va ushbu Reglamentga 2-ilovada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.

Soʻrovnoma boʻyicha taqdim etilayotgan hujjatlarda oʻchirib yozilgan, chizilgan va boʻyalgan soʻzlar yoxud oʻzgartirishlar mavjud boʻlsa, shuningdek, hujjatlar oʻqib boʻlmaydigan darajada boʻlsa, bunday hujjatlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxs nomiga kemalar faqat muomalaga layoqatsiz shaxsda kemaga boʻlgan mulk huquqi belgilangan tartibda meros yoki hadya natijasida paydo boʻlgan boʻlsa roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq toʻlov (keyingi oʻrinlarda — toʻlov) undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.

Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:

“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;

ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.

14. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:

18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi;

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;

11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);

qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi.

15. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soʻrovnoma vakolatli organga kelib tushgandan soʻng vakolatli organ uni ushbu Reglament talablariga asosan bir ish kunida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, kema bir ish kuni davomida belgilangan tartibda dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan barcha turdagi kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda quyida keltirilgan kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga (keyingi oʻrinlarda — kema daftari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorli kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi Motorli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorsiz kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Motorsiz kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan barcha turdagi kemalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Kichik hajmli kemalar” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldan olib kirilayotgan kemalar va ularning jamlanmalarini (kema korpusi va motori) aniqlash va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Bojxona qoʻmitasining tegishli maʼlumotlar bazalarini bir-biriga integratsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli va motorsiz kemalarni roʻyxatdan oʻtkazishda kema daftariga “Roʻyxatga olindi” degan shtamp bosiladi (axborot tizimida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilib, vakolatli organ masʼul xodimining ERIsi bilan tasdiqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kemalarga ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda kema bileti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kemalarga ushbu Reglamentga 7-ilovada keltirilgan namunalarga muvofiq bort raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bort raqamlari foni oq rangda, harf va raqamlari hamda fonning chetki qismi qora rangda oʻchmaydigan kontrast boʻyoqda, forshtevendan (kema tag yogʻochining kema tumshugʻiga oʻtgan tomoni) kema korpusi uzunligidan 1/4 oʻlchov uzoqlikda bir qator yozuv bilan har ikki tomonda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harf va raqamlarning balandligi 150 mmdan, eni — 100 mmdan, chiziqlarning kengligi 20 mmdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bort raqamlari oʻlchamlarining kema korpusi oʻlchamlariga mosligi hamda ularni koʻrsatish joyiga qoʻyilgan talablarni bajarish imkoni mavjud boʻlmaganda, bort raqamlarini yozish joyi vakolatli organning masʼul xodimlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi hollarda kemalarni roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining suzish vositasi kichik hajmli kemalar tarkibiga kirmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmasa yoki ular toʻliq hajmda taqdim etilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrik natijalariga koʻra kema foydalanishga yaroqsiz deb topilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning konstruksiyasi yoki unga kiritilgan oʻzgartirishlar kema biletiga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qutqaruv vositalari mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani ishlab chiqargan tashkilot tomonidan qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kemani roʻyxatdan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish, shuningdek, roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida vakolatli organ tomonidan mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan 11-bandda nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda, soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda, vakolatli organ ariza beruvchiga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, ularni bartaraf etish uchun besh ish kunidan iborat muddat beradi. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar ariza beruvchiga bir ish kuni ichida yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatining oʻtishi kamchiliklarni bartaraf etish vaqti davomida toʻxtatib turiladi. Kamchiliklar bartaraf etilib, qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ariza beruvchiga mazkur Reglamentning 21-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra kemani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganda, ular aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, oʻttiz ish kuni davomida kemani roʻyxatdan oʻtkazish uchun takroran vakolatli organga murojaat qilishga haqli, bunda qoʻshimcha toʻlovlar undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi kemani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi toʻgʻrisida qabul qilingan qarordan norozi boʻlganda, shuningdek, vakolatli organning masʼul xodimlari harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kema bileti yoʻqolganda, yaroqsiz holga kelganda, kema egasining arizasiga koʻra uch ish kunida vakolatli organ masʼul xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan kema biletining dublikati beriladi hamda kema daftariga “Dublikat” degan shtamp qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kemalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kemalar quyidagi hollarda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema egasi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema egasining doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani qayta jihozlash natijasida kema biletidagi maʼlumotlar oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kemalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza beruvchilar ushbu Reglamentning 11-bandida koʻrsatilgan tartibda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kemalar ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartib asosida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kema ularni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish davrida qayta roʻyxatdan oʻtkazilmayotgan boʻlsa, ushbu kemani texnik koʻrikdan oʻtkazish talab etilmaydi (kemani qayta jihozlash natijasida kema biletidagi maʼlumotlar oʻzgarishi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kema qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, kema egasiga yangi bort raqami va kema bileti beriladi, shuningdek, kema daftariga hamda axborot tizimiga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning javobgarligi hududi doirasida kema egasining doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi yoki kemaga ruxsat etilgan suzish hududi oʻzgarganda hamda kema qayta jihozlanganda kema daftariga, axborot tizimiga va kema biletiga kemani qayta roʻyxatdan oʻtkazmasdan tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda kemaning mavjud bort raqami oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kemalarni roʻyxatdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnik koʻrik natijasi boʻyicha qabul qilingan xulosaga koʻra konstruktiv eskirgan, qayta jihozlash yoki boshqa oʻzgartirish kiritish natijasida muvozanatni saqlash, suzuvchanlik va choʻkmaslik qobiliyatini yoʻqotgan, foydalanishga va tiklashga yaroqsiz deb topilgan kemalar roʻyxatdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan shaxslar nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan kemalarni roʻyxatdan chiqarishda ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining yozma roziligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kemani roʻyxatdan chiqarish uchun ariza beruvchi ushbu Reglamentning 11-bandida koʻrsatilgan tartibda vakolatli organga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kemani roʻyxatdan chiqarishda belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazilib, dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bu haqida kema daftariga hamda axborot tizimiga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Roʻyxatdan chiqarilgan kemaning kema bileti oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilib, 5 yil mobaynida vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Roʻyxatdan chiqarilgan kemalarning bort raqamlari boshqa kemalarga 5 yil davomida berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Roʻyxatdan oʻtgan kemalar va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazuvchi, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchiga, sud hamda boshqa vakolatli organlarga ularning yozma soʻrovi asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Reglament bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Kema xarid qilingandan soʻng oʻttiz ish kunida
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
1. Ariza beruvchi nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va elektron tarzda vakolatli organga yuboradi.
Real vaqt rejimida
Ariza beruvchi
2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli organga yuboradi.
3-bosqich
Vakolatli organ
(Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi)
1. Reglament talablari asosida murojaatni koʻrib chiqadi.
Bir ish kunida
2. Kema bileti (dublikati) rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirish rad etilganligi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Uch ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami:
4. Vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma:
5. Davlat xizmatidan foydalanish sababi:
6. Yashash manzili:
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
II. Kema toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Turi va markasi nomi:
2. Ishlab chiqarilgan yili va joyi:
3. Zavod raqami, korpus materiali:
4. Uzunligi, kengligi va bort balandligi (metr):
5. Yoʻlovchi sigʻimi va yuk koʻtarish qobiliyati (kg):
6. Ogʻirligi (jihozlari bilan) (kg):
7. Suzish hududi va joyi:
8. Dvigatel turi (statsionar yoki osma motor), markasi va soni:
9. Dvigatel zavod raqami, quvvati (kVt) va ot kuchi:
10. Yelkanlar soni, yelkanlar maydoni (yigʻindisi) (m2):
11. Kemaning avvalgi roʻyxatdan oʻtgan joyi va bort raqami:
12. Kema biletining seriyasi, raqami va berilgan sanasi:
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Tashkiliy-huquqiy shakli:

6. Joylashgan manzili:

8. Dvigatel turi (statsionar yoki osma motor), markasi va miqdori:

Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻLOVLAR NARXNOMASI (PREYSKURANTI)

T/r
Toʻlov turi
Toʻlov miqdori
1.
Motorli kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish
(qayta roʻyxatdan oʻtkazish)
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi
2.
Motorsiz kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish
(qayta roʻyxatdan oʻtkazish)
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi
3.
Kema bileti dublikatini berish
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tashqi tarafi, titul varagʻi:

Oʻzbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
______________________________
(viloyat, shahar)
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
KEMA DAFTARI
(motorli kemalar uchun)
Boshlandi: ___________
Tamomlandi: ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, chap tomoni:

Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi
Kemani roʻyxatga olish raqami
Kema egasining nomi
(F.I.O/
(yuridik shaxs nomi)
Kema egasining manzili
Kema turi
Ishlab chiqarilgan yili va joyi
Zavod raqami
Kema korpusi
Material
1
2
3
4
5
6
7
8
9

Ichki tarafi, oʻng tomoni:

Kema korpusi (oʻlchami)
Yoʻlovchilar soni va yuk koʻtarish qobiliyati
Suzish joyi
Dvigatel
Kema biletini olish sanasi va oluvchining imzosi
Alohida belgilar va roʻyxatdan chiqarish asoslari
Uzunligi,
(m)
Eni,
(m)
Bort balandligi,
(m)
Yelkanlar soni va maydoni
(m2)
Marka, turi
Soni, zavod raqami
Ot kuchi
(kVt)
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorsiz kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tashqi tarafi, titul varagʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
_____________________________
(viloyat, shahar)
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
KEMA DAFTARI
(motorsiz kemalar uchun)
Boshlandi: ___________
Tamomlandi: ___________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, chap tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Roʻyxatdan oʻtkazish sanasi
Kemani roʻyxatga olish raqami
Kema egasining nomi
(F.I.O/
(yuridik shaxs nomi)
Kema egasining manzili
Kema turi
Ishlab chiqarilgan yili va joyi
Zavod raqami
Kemani korpusi
Material
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, oʻng tomoni:v
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema korpusi (oʻlchami)
Yoʻlovchilar soni va yuk koʻtarish qobiliyati
Suzish joyi
Kema biletini olish sanasi va oluvchining imzosi
Alohida belgilar va roʻyxatdan chiqarish asoslari
Uzunligi,
(m)
Eni,
(m)
Bort balandligi,
(m)
Yelkanlar soni va maydoni
(m2)
10
11
12
13
14
15
16
17
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarning kema bileti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kema biletining oldi tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kema biletining orqa tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli va motorsiz kichik hajmli kemalarning bort raqamlari namunalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli kemalarning bort raqami namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Birinchi 2 ta raqam — kema roʻyxatdan oʻtkazilgan hududning kodi (avtotransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlariga muvofiq belgilanadi), 3-lotin alifbosidagi harf — bort raqami seriyasi, keyingi 4 ta raqam — kema daftaridagi qayd raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorsiz kemalarning bort raqami namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Birinchi 2 ta raqam — kema roʻyxatdan oʻtkazilgan hududning kodi (avtotransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlariga muvofiq belgilanadi), 3-lotin alifbosidagi harf — bort raqami seriyasi, keyingi 3 ta raqam — kema daftaridagi qayd raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri
Kemaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki rad etilganligi, shuningdek, roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisida
XABARNOMA
_____________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida
(vakolatli organ nomi)
belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20___ yil “___”______dagi
(yil, kun, oy)
_________________________________-son arizangizni koʻrib chiqib, _________________________________ roʻyxatdan oʻtkazilganligi yoki rad etilganligi, shuningdek, roʻyxatdan chiqarilganligini maʼlum qiladi.
(vakolatli organ masʼul xodimining lavozimi)___________________(F.I.O)
QR-kod
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga kichik hajmli kemalarni (keyingi oʻrinlarda — kemalar) dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglament maxsus, harbiy va sport turidagi kemalarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining hududiy tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kemalar vakolatli organ tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kemalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki texnik koʻrikdan — ularni roʻyxatdan oʻtkazish davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik texnik koʻrikdan — har yili 1-martdan 1-maygacha, ulardan mavsumiy foydalanishdan oldin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta texnik koʻrikdan — kema avariyadan (yongʻin va boshqalardan) soʻng taʼmirlanganda, qayta jihozlanganda, asosiy dvigateli (osma dvigateli) oʻzgarganda yoki qoʻshimcha dvigatel (osma dvigatel) oʻrnatilganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kemalar yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish ular roʻyxatdan oʻtkazilgan hududda yoki egalarining xohishiga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa hududlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalar (shu jumladan, foydalanishda boʻlgan) atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun yillik kompensatsiya toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan soʻng yillik texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kemalar suzish paytida vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan belgilangan suv obyektida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kemalarni dastlabki, yillik va qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazishda kemaning texnik hujjatlari tekshirilib, uning sigʻimi, majburiy shartlari, yuk koʻtarish qobiliyati va yoʻlovchilar sonining meʼyoriy va texnik talablari, dvigatellarning (osma dvigatellarning) ruxsat etilgan soni va quvvati, yelkanlarning belgilangan maydoni, suzish hududi, qirgʻoqdan uzoqlashishga ruxsat etilgan masofa, kema bortining suv sathidan balandligi va suzishi mumkin boʻlgan toʻlqinning balandligi, yongʻin va qutqaruv vositalari bilan jihozlanganligi, yoritish chiroqlari va navigatsiya uskunalarining mavjudligi hamda sozligi oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kemani dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida qayd etilgan uning texnik xususiyatlari va mavjud jihozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kema biletiga kiritiladi va vakolatli organ masʼul xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kemalar ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq yillik texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi yoki uning nomidan ariza berish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kemalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti, joyi va grafigi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining veb-saytida har yili 20-fevralga qadar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjatni (shaxsni tasdiqlovchi hujjat va (yoki) ishonchnoma) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi tomonidan ariza beruvchidan ushbu band va ushbu Reglamentga 2-ilovada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng vakolatli organning masʼul xodimlari bir ish kunida kemani texnik koʻrikdan oʻtkazadi va bunda uning texnik hujjatlari mavjudligi, asosiy qismlariga oʻzgartirishlar kiritilmaganligi, kemaning texnik holati, belgilangan standartlarga muvofiq uskuna va jihozlarning mavjudligi, foydalanish shartlari, shuningdek, qutqaruv vositalarining soni yoʻlovchilar soniga toʻgʻri kelishi hamda ular belgilangan standart talablariga javob berishi va har biriga kema bortining raqami tushirilganligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Motorli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik bogʻichi mavjudligi (dvigatelni avariya holatida toʻxtatish moslamasi), agar u ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
osma motorli kemaning himoya gʻilofi (qopqoq) va ehtiyot sim arqonining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motor boʻlinmasining (uning mavjudligida) butlanganligi va izolyatsiya qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi va moyning sizib chiqmasligi, yopish joʻmragi va yoqilgʻi tizimida klapanning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv quyish (chiqarish) moslamasining yaroqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy boshqaruv jamlanmasi, bevosita ballerga (kema rulining aylanma oʻqi) yoki rul boshqaruv sektoriga taʼsir koʻrsatuvchi avariya rul tizimining ishga yaroqliligi (uning mavjudligida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Motorsiz kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) polivinilxlorid, rezinalangan matolar va shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan, shishiriladigan kemalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiqning germetikligi (shishirilgan holda, zarur boʻlganda qobiqning tanlangan qismiga sovunli qorishmani yoki boshqa moddani surish yordamida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klapan tizimining sozligi (zarur boʻlganda, sovunli yoki boshqa qorishmalar qoʻllaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aluminiyli qotishmalar, shisha plastik, yogʻoch va shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan kemalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema qoplamasining qalinligi, korpusining chidamliligi va suv oʻtkazmasligi, konstruksiya elementlarining ishonchli oʻrnatilganligi va lok-boʻyoq qoplamasining sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning suzish bloklari (havo yashiklari) ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan parametrlarga mos kelishi va ularning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yelkanli kemalarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan elementlar holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mexanizmlarning (machtani tiklovchi va yotqizuvchi, antennalarni chiqaruvchi va tushiruvchi mexanizm hamda moslamalarning) sozligi (moylanganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi mexanizmlarni cheklovchi oʻchirgichlarning toʻgʻri ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
machtaning kema qobigʻiga yoki ustki qurilmalarga mahkamlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shvartaning (kemani bogʻlash qismi) mavjudligi va yashin qaytargichning yaroqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul qurilmasining ishga yaroqliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kemalar qobiqlarining texnik holatini tekshirish uni tashqi koʻzdan kechirish va (yoki) shikast yetkazmaydigan nazorat vositalari, oʻlchov uskunalaridan (qalinlikni oʻlchash asbobi, defektoskop jihozi) foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi koʻzdan kechirishda kemaning quloqlari, eshkaklari, leyer toʻsiqlari (ochiq palubali kemalarning ikki yon tomonidan qattiq tortilgan tros toʻsigʻi), falshbort, kemani koʻchirish uchun moʻljallangan dastaklar, bogʻlash va langar qurilmalarining muhrlari (zanjirli muhrlar) kemani boshqa kema bilan xavfsiz shatakka olish qurilmasi hamda boshqa elementlari oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kemalar ularni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan tartib asosida qayta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq toʻlov (keyingi oʻrinlarda — toʻlov) undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (jumladan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha vakolatli organ masʼul xodimi bir ish kunida ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kemalarning texnik holatini baholash va qayd etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kemaning texnik hujjatlari, uning sigʻimi, majburiy shartlari, yuk koʻtarish qobiliyati va yoʻlovchilar sonining meʼyoriy va texnik talablari, dvigatellarning (osma dvigatellarning) ruxsat etilgan soni va quvvati, yelkanlarning belgilangan maydoni, kema bortining suv sathidan balandligi va suzishi mumkin boʻlgan toʻlqinning balandligi belgilangan talablarga mos boʻlganda, belgilangan yongʻin va qutqaruv vositalari bilan jihozlanganda, yoritish chiroqlari va navigatsiya uskunalari mavjud boʻlganda, shuningdek, kemaning texnik holati boʻyicha ushbu Reglamentning 25-bandida koʻrsatib oʻtilgan texnik nosozliklar mavjud boʻlmaganda, kema “Yaroqli” deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Yaroqli” deb baholangan kemaning kema biletiga “Yaroqli” degan shtamp bosilib, undan belgilangan suzish hududida foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kemalarda quyidagi texnik nosozliklardan biri yoki bir nechtasi mavjud boʻlganda, kema foydalanishga “Yaroqsiz” deb baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema korpusi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning xavfsiz suzishiga bevosita tahdid soluvchi yoriqlar va teshiklar yigʻindisi hamda qoplamada shikastlanish boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinmalar, havo qutilari, suzuvchi bloklar mavjud boʻlmaganda yoki germetikligi buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul qurilmasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rulning toʻliq qayriluvchanligi (bortga nisbatan 35 gradus) taʼminlanmasligi, rul perosining (boshqarish qismi) yoki rul moslamasining nosozligi va yoʻnaltiruvchi bloklarning hamda shturval trosining nosozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema dvigateli, shu jumladan, osma dvigatel boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi idishidan, yoqilgʻi shlangi va taʼminot tizimidan yoqilgʻi oqqanida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sezilarli titrash mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻchirishdagi nosozlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatelning masofaviy boshqaruv tizimi ishdan chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
revers-reduktorning (aylanish tomonini oʻzgartirib beradigan mexanizm) yengil ulanishi taʼminlanmasligi, revers qoʻndogʻining “oldiga”, “orqaga” va “oʻrta” holatda turgʻun turmasligi (uni oʻz-oʻzidan ulanishi va uzilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farqlovchi yorugʻliklarning talabga javob bermasligi yoki nosozligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema jihozlari va taʼminoti kema biletida (ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlarida) koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Yaroqsiz” deb baholangan kema boʻyicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, kema biletiga “Yaroqsiz” degan shtamp bosiladi va bunday kemadan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish davomida kema toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va koʻrikdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar motorli va motorsiz kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish daftarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli kemalar mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq “Motorli kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish daftari”da hamda axborot tizimiga, motorsiz kemalar ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq “Motorsiz kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish daftari”da hamda axborot tizimida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kemani texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomalar vakolatli organda 5 yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Reglament talablari asosida belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Reglament bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Vakolatli organ
(Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi)
Kemalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti, joyi va grafigi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni idoraviy veb-saytda joylashtiradi.
Har yili 20-fevralga qadar
2-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Har yili 1-martdan 1-mayga qadar, ulardan mavsumiy foydalanishdan oldin
3-bosqich
Davlat xizmatlari markazi
Ariza beruvchi
1. Ariza beruvchi nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va elektron tarzda vakolatli organga yuboradi.
2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli organga yuboradi.
Real vaqt rejimida
4-bosqich
Vakolatli organ
(Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi)
1. Reglament talablari asosida murojaatni koʻrib chiqadi.
2. Kemani dastlabki yoki yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
3. Kemalarni dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Bir ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. JSHSHIR:
3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami:
4. Vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma:
5. Davlat xizmatidan foydalanish sababi:
6. Yashash manzili:
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
II. Kema toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Turi va markasi nomi:
2. Ishlab chiqarilgan yili va joyi:
3. Zavod raqami, korpus materiali:
4. Uzunligi, kengligi va bort balandligi (metr):
5. Yoʻlovchi sigʻimi va yuk koʻtarish qobiliyati (kg):
6. Ogʻirligi (jihozlari bilan) (kg):
7. Suzish hududi va joyi:
8. Dvigatel turi (statsionar yoki osma motor), markasi va soni:
9. Dvigatel zavod raqami, quvvati (kVt) va ot kuchi:
10. Yelkanlar soni, yelkanlar maydoni (yigʻindisi) (m2):
11. Kemaning avvalgi roʻyxatdan oʻtgan joyi va bort raqami:
12. Kema biletining seriyasi, raqami va berilgan sanasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Tashkiliy-huquqiy shakli:
4. Vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma:
5. Davlat xizmatidan foydalanish sababi:
6. Joylashgan manzili:
7. Telefon raqami:
8. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
II. Kema toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Turi va markasi nomi:
2. Ishlab chiqarilgan yili va joyi:
3. Zavod raqami, korpus materiali:
4. Uzunligi, kengligi va bort balandligi (metr):
5. Yoʻlovchi sigʻimi va yuk koʻtarish qobiliyati (kg):
6. Ogʻirligi (jihozlari bilan) (kg):
7. Suzish hududi va joyi:
8. Dvigatel turi (statsionar yoki osma motor), markasi va miqdori:
9. Dvigatelning zavod raqami, quvvati (kVt) va ot kuchi:
10. Yelkanlar soni, yelkanlar maydoni (yigʻindisi) (m2):
11. Kemaning avvalgi roʻyxatdan oʻtgan joyi va bort raqami:
12. Kema biletining seriyasi, raqami va berilgan sanasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻLOVLAR NARXNOMASI (PREYSKURANTI)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Toʻlov turi
Toʻlov miqdori
1.
Motorli kichik hajmli kemalarni dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi
2.
Motorsiz kichik hajmli kemalarni dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazish
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi
3.
Motorli va motorsiz kichik hajmli kemalarni yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemani dastlabki va yillik (qayta) texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMA

Texnik koʻrik davomida aniqlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish daftari namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tashqi tarafi, titul varagʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
____________________
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Motorli kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
DAFTARI
_________________ viloyat _______________ (shahar) __________
Boshlandi: _________
Tamomlandi: _________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, chap tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Texnik koʻrik oʻtkazilgan sana
Kemaning roʻyxat raqami
Kema egasining nomi
(F.I.O/
(yuridik shaxs nomi)
Kema egasining manzili
Kema turi
Ishlab chiqarilgan yili va joyi
Zavod raqami
Kema korpusi
Material
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, oʻng tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema korpusi (oʻlchami)
Yoʻlovchilar sigʻimi va yuk koʻtarishi qobiliyati
Suzish joyi va suzish sharoiti
Dvigatel
Kema bileti olingan sana va imzo
Alohida qaydlar va hisobdan
chiqarish uchun asos
Aniqlangan kamchiliklar
Uzunligi,
(m)
Kengligi,
(m)
Bort balandligi,
(m)
Turi, markasi
Soni va zavod raqami
Umumiy quvvati ot kuchi
(Kvt)
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorsiz kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish daftari namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daftarning tashqi tarafi, titul varagʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
____________________
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Motorsiz kichik hajmli kemalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
DAFTARI
______________________ viloyat ________________ (shahar) __________
Boshlandi: _________
Tugatildi: _________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, chap tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Texnik koʻrik oʻtkazilgan sana
Kemaning roʻyxat raqami
Kema egasining nomi
(F.I.O/
(yuridik shaxs nomi)
Kema egasining manzili
Kema turi
Ishlab chiqarilgan yili va joyi
Zavod raqami
Kema korpusi
Material
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tarafi, oʻng tomoni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema korpusi (oʻlchami)
Yoʻlovchilar sigʻimi va yuk koʻtarishi qobiliyati
Suzish joyi va suzish sharoiti
Kema bileti olingan sana va imzo
Alohida qaydlar va hisobdan chiqarish uchun asos
Aniqlangan kamchiliklar
Uzunligi,
(m)
Kengligi,
(m)
Bort balandligi,
(m)
10
11
12
13
14
15
16
17
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 484-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1. Ushbu Kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari (keyingi oʻrinlardan — Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasi suv obyektlarida kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi lozim boʻlgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoidalar talablarining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) bosh inspektorlari (keyingi oʻrinlarda — mansabdor shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kema — asosiy dvigatellar quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yoʻlovchi sigʻimi 12 kishidan ortiq boʻlmagan oʻziyurar kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qatʼi nazar osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk koʻtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʻlmagan oʻziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari (katamaranlar)), yelkanli kemalar havo bosimi bilan toʻldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik hajmli kemalar turadigan baza (inshoot) — suv obyektining tutashgan qirgʻoq hududida kichik hajmli kemalar turishi uchun maxsus jihozlangan, shuningdek, ular saqlanadigan va ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun maxsus jihozlangan muhandislik inshootlari majmui;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navigatsiya — hududning ob-havo sharoitidan kelib chiqib suv obyektlarida kichik hajmli kemalardan (keyingi oʻrinlarda — kema) foydalanish mumkin boʻlgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish joyi — kema turi va modelini inobatga olib kemalarda suzishga ruxsat etilgan suv havzasi hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kemalardan foydalanish talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy boshqarmalar tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazilgan kemalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kemalardan suv obyektlarida navigatsiya davri davomida, shuningdek, sel va suv toshqini xavfi mavjud boʻlmaganda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kemalardan foydalanishga xavfsiz suzish va manevrlash imkoniyatini taʼminlovchi, toʻxtash joyi hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, yuk ortish va tushirish uchun moʻljallangan inshootlar va qurilmalar mavjud boʻlgan suv obyektlarining belgilangan hududlarida ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv obyektlarining alohida qismlarida kemalardan foydalanish cheklanishi mumkin. Bunda aholi va foydalanuvchilar kamida oʻn kun oldin telekommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari va boshqa vositalar orqali hududiy boshqarmalar tomonidan ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Motorli kemalarni tegishli kema haydovchisi guvohnomasisiz boshqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Motorli kemalarni boshqarishni oʻzga shaxsga topshirishga faqat ushbu shaxsda tegishli kema haydovchisi guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kema haydovchisi guvohnomasi hududiy boshqarmalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv kurslarini tamomlagan belgilangan tartibda nazariy va amaliy imtihonlarni ijobiy topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Motorli kemalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish qonunchilik hujjatlariga muvofiq notarial tartibda rasmiylashitirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema egasi boʻlmagan shaxslarga notarial tartibda tasdiqlangan kemadan foydalanish huquqini beruvchi hujjatsiz kemadan foydalanish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kemalarni suvga tushirish Inspeksiya va hududiy boshqarmalar masʼul xodimlari tomonidan suv obyektlarida belgilab berilgan joyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kema haydovchilari hamda kemalarni saqlash va foydalanishga masʼul boʻlgan shaxslar kemalarning xavfsiz suzishiga, suvda fuqarolarning xavfsizligiga, baxtsiz hodisalardan muhofazalanishga hamda tabiiy atrof muhit ifloslanishining oldini olishga masʼul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Suv obyektlarida kemalardan foydalangan holda musobaqalar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda tashkilotchilar tomonidan tadbir oʻtkazish sanasidan oʻn ish kuni oldin tegishli hududiy boshqarmaga yozma ravishda maʼlum qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Suv obyektlarida oʻtkaziladigan mashgʻulot, musobaqa yoki boshqa ommaviy tadbirlarda kemalarning xavfsiz suzishi va ishtirokchilarning xavfsizligini taʼminlashga tadbir tashkilotchilari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kemalardan foydalanishga faqat kunning yorugʻ vaqtlarida, koʻrinish masofasi 1 kmdan kam boʻlmaganda, toʻlqinlanish 2 balldan yuqori boʻlmaganda (toʻlqinning balandligi 0,75 metr) hamda ular turadigan bazalarda (inshootlarda) zarur boʻlganda yordam beradigan navbatchi qayiqlar boʻlganda ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagi holatlarda kemalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtmaganda va bort raqamlari belgilangan tartibda koʻrsatilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlanmagan (harakatlanish maksimal tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻrnatilmagan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulanmaganda;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema belgilangan qutqaruv, yongʻin oʻchirish va suv chiqarish vositalari bilan taʼminlanmaganda yoki kemadagi jihozlar va qutqaruv vositalari kema biletida koʻrsatilgan jihozlarga va qutqaruv vositalariga mos kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema oʻzboshimchalik bilan qayta jihozlanganda, kemaga uning kema biletida koʻrsatilmagan boshqa qoʻshimcha jihozlar, shu jumladan, kemaga uning quvvatidan oshib ketadigan dvigatel (yoki dvigatellar), eshkakli qayiqqa motor oʻrnatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema texnik nosoz boʻlganda, shu jumladan, uning germetiklik holati buzilganda, kema korpusida joylashuvidan qatʼi nazar, teshiklar boʻlganda, kema konstruksiyasida koʻrsatilgan rulni biriktirish qurilmalari boʻlmaganda, qismlari ishdan chiqqanda yoki ishonchli ishlashi taʼminlanmaganda, yoqilgʻi sizib chiqqanda, dvigatelda titrash mavjud boʻlganda, tutun oʻchirgich boʻlmaganda yoki uning nosozligida, dvigatelni masofadan turib boshqarish tizimi shikastlanganda, revers-reduktor ishonchli ishlamaganda, motorni ishga tushirish reverslari nosoz boʻlganda, farqlovchi chiroqlar boʻlmaganda yoki nosozligida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema haydovchisi va yoʻlovchilari qutqaruv jiletlarisiz boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 yoshgacha boʻlgan bolalarni qutqaruv jiletlari va katta yoshli odamlar kuzatuvisiz olib yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi sigʻimi va yuk koʻtarish maʼyorlarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar isteʼmol qilgan va hokazo), sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, suv harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday mastlik holatida, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, suv harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan, kemani boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomasi boʻlmagan shaxslarga kemani boshqarish uchun topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manevrlash, tovushli signal berish qoidalarini buzish, suv yoʻli belgilari va kema qatnovi belgilariga shikast yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzish hududlaridan chiqib ketish, vaqtinchalik yoki doimiy suzish uchun yopilgan hududlarga ruxsatsiz kirish yoki taqiqlangan joylarda kemani atayin toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plyajlarda, aholi ommaviy dam oladigan choʻmilish joylarida harakat qilish, plyajlar chegaralari va aholi choʻmiladigan joylar chegaralarida choʻmiluvchilarga kemada 150 metr masofagacha yaqinlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarning ruxsat etilgan geozonalarida harakatlanish maksimal tezligini 40 km/soatdan, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida — 20 km/soatdan, shuningdek, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida — 5 km/soatdan oshirish;
(17-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv velosipedlarida (katamaranlarda) suv obyektining qirgʻogʻidan 100 metrdan ortiq masofaga uzoqlashish (istirohat bogʻlaridagi suv obyektlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suzuvchi navigatsiya belgilari, yuk va yoʻlovchi tushirish joylari, koʻpriklar tagida toʻxtash, manevr qilish, daryo floti transportlarining bevosita yaqinida toʻxtash, boshqa suv kemalariga xalaqit berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakat vaqtida bir kemadan boshqasiga oʻtish, kema bortiga oʻtirish, kemani silkitish, harakat vaqtida palubasiz kemalarda odamlarning joy almashishiga yoʻl qoʻyish (avariya-qutqaruv va qidiruv ishlarini olib borayotgan ekipaj aʼzolaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bortdan tashqariga chiqindilarni, axlatlarni va boshqalarni tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-taʼmirlash ishlari hududida, zemsnaryadlar, suv osti va suv usti oʻtkazish inshootlari, koʻpriklar, kanallar va shlyuzlarga yaqinlashganda boshqa kemalardan ayrilish va ularni quvib oʻtish manevrlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrish chegaralangan paytda, shu jumladan, tuman vaqtida va boshqa moʻljalni olish qiyin boʻlgan noqulay ob-havo sharoitlarida kemadan foydalanish va xavfli yuklarni tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani suzish belgilariga bogʻlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalar harakatlanayotgan paytda odamlarni boshqa kemaga oʻtkazish va palubasiz kemalardan suvga shoʻngʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalardan brakonyerlik va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi quyishda yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kema haydovchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kema haydovchilari mansabdor shaxslarning talablari asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema biletini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema egasi boʻlmagan shaxs kemadan foydalangan hollarda ushbu kema foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni (motorsiz kemalar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kema haydovchisining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz suzish, odamlarning hayoti va xavfsizligiga, inson sogʻligʻini saqlashga hamda baxtsiz hodisalar va tabiiy atrof muhit ifloslanishining oldini olgan holda ushbu Qoidalar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlariga kemani tushirishdan avval kemaning sozligini, qutqaruv asbob-anjomlari va boshqa vositalar bilan taʼminlanganligini tekshirish hamda suzish jarayonida ularning texnik holatini kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni kemaga chiqarish va tushirishda, suzish jarayonida ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinishini va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaga va yoʻlovchilarga xavf tugʻdirmagan holda xavfga uchragan yoki qurbon boʻlishi mumkin boʻlgan barcha shaxslarga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvda jabrlanganlarga birinchi yordam berish va qutqaruv xizmatini chaqirtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemadagi avariyali holat boʻyicha va baxtsiz hodisaga uchragan fuqarolar toʻgʻrisida zudlik bilan hududiy boshqarmaga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda kema toifasiga qarab suzishni amalga oshirish, suzish hududida navigatsiya, ob-havo va suzish sharoitlarini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemada suzish jarayonida kema egasi va boshqa shaxslar qutqaruv jiletlarida boʻlishini hamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida kemalarning xavfsiz suzishi, suvda odamlarning xavfsizligini va tartibni saqlash boʻyicha Inspeksiya va hududiy boshqarmalar mansabdor hamda masʼul shaxslarining talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya va hududiy boshqarmalar mansabdor shaxslarining qonuniy talablariga asosan kemani toʻxtatish, kema haydovchisi guvohnomasini va kema biletini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalar boshqa kemalar bilan toʻqnashganda kemadagi fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻkkan kemalar toʻgʻrisidagi xabarni, choʻkkan joyi, vaqti va sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni zudlik bilan hududiy boshqarmaga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema bortining ichki tomonida va yon taxtalarida, yoʻlovchilar sigʻimi (yuk koʻtarishi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozilgan boʻlishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kemalar turadigan bazalar (inshootlar) sanitariya-qoʻriqlash zonasidan tashqarida markazlashtirilgan xoʻjalik-isteʼmol suv taʼminoti manbalari va sanitariya zonalaridan chetda, suv oqimi tez boʻlmagan, toʻlqinlardan himoyalangan hududlarda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalar turadigan baza (inshoot) gidrotexnik inshootlardan 500 metrdan kam boʻlmagan, rekreatsion zonadan 300 metr va yashash joylaridan 50 metrdan kam boʻlmagan chegara masofasida joylashishi kerak.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Kemalar turadigan bazalar (inshootlar) suv havzasining qirgʻogʻi va (yoki) suv zonalarida joylashganligiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni bogʻlash, yuklarni ortish (tushirish), odamlarni chiqarish (tushirish), kemalarni toʻxtatish va (yoki) saqlash uchun moʻljallangan maxsus jihozlangan qirgʻoqboʻyi va (yoki) suzuvchi inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va (yoki) ularni saqlash uchun moʻljallangan texnologik jihatdan bir-biriga bogʻlangan binolar, inshootlar va jihozlar majmualari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalar bilan jihozlangan qidiruv-qutqaruv tuzilmalari (suvda — qutqaruv stansiyalari) obyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kema egasi (foydalanuvchi) — jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilgan, oʻzining shaxsiy yer uchastkasi chegaralarida joylashgan, foydalanuvchi tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan kemani bogʻlab qoʻyish, yuklarni ortish (tushirish), odamlarni chiqarish (tushirish), oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, toʻxtash va saqlash uchun foydalaniladigan joylar kemalar turadigan baza (inshoot) hisoblanmaydi.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kemalar turadigan baza (inshoot) aholi ommaviy dam olish maskanlari (plyaj), kemalar suzishi taqiqlangan joylarni koʻrsatuvchi navigatsiya belgilari bilan jihozlangan boʻlishi, maʼlumot beruvchi belgilar (taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, yozuvli) bilan taʼminlanishi lozim. Tegishli belgilar kemalar turadigan baza (inshoot) egasi tomonidan oʻrnatiladi va qatnov davri boshlanishidan avval hududiy boshqarmalar tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kema turadigan baza (inshoot) hududi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologik va ekologik talablarga zid boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy binolar, gidrotexnika inshootlari, kemalar uchun toʻxtash joylari, qirgʻoq boʻyidagi inshootlar hamda yongʻin oʻchirish avtomobillarining suv olish uchun yoʻllarini qurish ishlari loyihasiz amalga oshirilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlariga muvofiq suv havzasining tutashgan akvatoriyasi bilan belgilangan chegaralardagi yer uchastkasini, shu jumladan, kemalarni yetkazib berish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni saqlash uchun moʻljallangan yer uchastkasini oʻz ichiga olgan baza (inshoot) hududi toʻsiq bilan oʻralmagan va ochiq boʻlmasligi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Kemalar turadigan bazalarda (inshootlarda) quyidagilar boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilar uchun va yoqilgʻi-moylash materiallari chiqindilarini yigʻish uchun konteynerlar joylashgan alohida (maydon) joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
motorli kemalar qatnaydigan suv obyekti qirgʻogʻida yoqilgʻi moylash mahsulotlari avariyaviy toʻkilish oqibatida uning suv havzasiga tarqalib ketishining oldini olish uchun maxsus uskunalar (bonlar, sorbentlar yoki skimmerlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning xavfsizligini taʼminlash va jarohatlanishining oldini olish boʻyicha eslatma materiallari (sohaga oid qonunchilik hujjatlaridan koʻchirmalar va koʻrgazmali stendlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor xizmatlarga (favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar organlari, tez-tibbiy yordam xizmati va boshqalar) xabar berish sxemasi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2025-y., 09/25/89/0161. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kema turadigan bazada (inshootda) quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan kemalarni kiritish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻxtash joyida kemalardan xavfsiz foydalanish talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan toʻxtash joyida kirish-chiqish tartibini buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kemalar turadigan bazada (inshootda) kemalarni qayd etish daftari yuritilib, unda har bir kemaning turi, bort raqami, texnik koʻrikdan oʻtkazilgan vaqti, kema egasi, uning manzili va telefon raqami hamda ushbu bazada (inshootda) turish joyi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kemalar turadigan bazada (inshootda) kemalarning kirishi-chiqishi tegishli daftarga tartib bilan yozilishi kerak, unda kemaning bort raqami, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, kema olingan vaqt, suzish yoʻnalishi va maqsadi, taxminiy qaytish vaqti va aniq qaytgan vaqti belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kemalarni quyidagi hollarda kema turadigan bazalardan (inshootlardan) chiqarish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemani bazadan chiqarish uchun kema egasi boʻlmagan shaxs murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema haydovchisi guvohnomasi va kema bileti boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning yillik texnik koʻrik muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema texnik nosoz boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qutqaruv anjomlari, yongʻinga qarshi va suv chiqarish vositalari mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemada portlovchi va yonuvchi moddalar boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ob-havo sharoiti suzish uchun xavf tugʻdirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema haydovchisi alkogol ichimliklar isteʼmol qilgan va narkotik, psixotrop moddalar taʼsirida mast holatda boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kemalar turadigan bazaga (inshootga) olib kelingan kema buzilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatda boʻlsa, chiqish (kirish) jurnalida uning texnik holati toʻgʻrisida qisqacha yozuv qayd qilinadi va avariya holatlari toʻgʻrisida hududiy boshqarmaga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishni tashkil etish maqsadida quyidagi nazorat tadbirlari amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemalarni roʻyxatdan va texnik koʻrikdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek, kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarida kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanishda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishining oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va tegishli choralar koʻrish maqsadida reyd tadbirlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyd tadbirlarini amalga oshirish hududi (suv obyekti), muddati, davomiyligi Inspeksiya hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalari buzilishi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlanganda javobgar shaxslarga nisbatan Inspeksiya va hududiy boshqarmalarning mansabdor shaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida tuzilgan bayonnoma koʻrib chiqish uchun huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatmalari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Qoidalar bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 118, 119, 132-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 300-moddasi.