Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2986-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 7-martdagi 7, K-6, 14, 58-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2986, 2018-yil 17-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2018-y., 10/18/2986/0931-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. ShIN
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
13-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
11-son
Bosh direktor oʻrinbosari J.N. ShUKUROV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
K-3-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
3-son
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-iyul,
Qurilish vaziri B.I. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-iyul
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 10/21/2986-1/0735-son)