29.07.2021 yildagi 472-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi Toshkent tumani xizmat koʻrsatish va servis texnikumining Chirchiq filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini taʼminlash, kelgusida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga boʻlgan mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olib, oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichidagi kadrlarga boʻlgan talabni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligining Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi Toshkent tumani xizmat koʻrsatish va servis texnikumining (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) Chirchiq filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Filial Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida va kelgusida yaratiladigan yangi ish oʻrinlariga boʻlgan mehnat bozori ehtiyojlarini hamda Filialning imkoniyatlarini hisobga olib, belgilangan tartibda qabul parametrlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni tanlangan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, puxta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga ega boʻladigan, kasbiy tayyorgarlikni taʼminlaydigan davlat taʼlim standartlari asosida oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilar amaliyotlarini, ularni ishga joylashtirishni Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi hamda Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati (GIZ) va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori malakali va ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Bobur koʻchasi, 22-uyda joylashgan Chirchiq davlat pedagogika institutiga tegishli sobiq Chirchiq sanoat kasb-hunar kollejining ikki qavatli ustaxona binosiga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda — Texnikumning filiali tashkil etilganligini hisobga olib, belgilangan tartibda uning ustavi yangi tahrirda tasdiqlanishini hamda davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazilishini, shuningdek, Filialning ustavi tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Filialning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq davlat pedagogika instituti bilan birgalikda Filialda oʻquv jarayonini tashkil etish maqsadida yuqori malakali pedagog xodimlarni jalb etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Filial bitiruvchilari amaliyotlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Filial faoliyatini moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
472-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 09/21/472/0727-son)