Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2018 20.12.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1292
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qarori, 20.12.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1292
Кучга кириш санаси
30.12.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2018
Hujjat 13.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

BALIQ OVLASh KORXONALARIDA TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA HAQINI HISOBLASh VA UNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-dekabrda 1292-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 170, 2, 39-sonli “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1292-4 30.11.2017-y.) asosan 2018-yilning 1-yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-avgust 2003-yil 350-sonli qarorini bajarish maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2003-yil 6-noyabr ,

125-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi X. ShERIMBETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-noyabr ,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
02-1212-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri A. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-noyabr ,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/22-142-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2003-yil 6-noyabrdagi

125, 02-1212, 01/22-142-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 350-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin boʻlgan barcha tabiiy suv havzalaridan (dengiz, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularga yondosh suv havzalari — koʻl xoʻjaliklari va baliq pitomniklaridan tashqari) olinadigan ijara haqlarining miqdori va uni undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomga asosan tabiiy suv havzalari kamida 10 yil muddatga ijaraga berilib, ijaraga olgan baliq ovlash korxonalari suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijara haqini hisoblash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda toʻlanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash korxonasi bilan tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xar yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli oʻzgartirish kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning oʻrtacha miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari va boshqalar) maʼlumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning oʻtgan yildagi isteʼmol bozoridagi oʻrtacha narxi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuqorida qayd qilingan maʼlumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ih = H1 x Noʻ x Mu x Is : 100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

Ih — ijara haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
H1 — bir gektardan olingan oʻrtacha hosildorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noʻ — oʻrtacha narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mu — suv havzasining umumiy maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Is — ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda.
(2—5-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1292-1, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida oʻtgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda bu koʻrsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasini 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi.
(5-1 va 5-2 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1292-1, 15.02.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ijara haqini undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijara haqi baliq ovlash korxonalari tomonidan yil davomida 2 qismga boʻlib toʻlanadi. Bir qismi (ijara haqining 40 foizidan kam boʻlmagan) yilning 1-apreligacha, qolgan qismi 1-oktabrgacha toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv havzasi ijaraga berilgan birinchi yilda joriy yil uchun ijara haqi ushbu yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar miqdoriga teng ulushlarda quyidagi tartibda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ix = Yix /12 x Tm
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ix — ijara haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yix — yillik ijara haqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tm — joriy yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijarachi ijara haqining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 68 foizini tegishli mahalliy budjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish tadbirlariga;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 25-maydagi 46, 3 va 6/2-son qarori (roʻyxat raqami 1292-2, 09.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20 foizini “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi”ga;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 61, 8 va 12-sonli qarori (roʻyxat raqami 1292-3, 09.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 362-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 12 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yoʻnaltiradi.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 25-maydagi 46, 3 va 6/2-son qarori (roʻyxat raqami 1292-2, 09.06.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijarachi tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi tegishli idoralar tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijarachi ijara haqini belgilangan muddatlarda toʻlab bermasa, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,5 foiz miqdorida, lekin ijara haqining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya undiriladi. Penya ijara haqi summasini toʻlashdan ozod qilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1292-1, 15.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 6-noyabr
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara haqini hisoblashda qoʻllaniladigan stavkalar miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hosildorlik kg/ga‎‎

Ijara haqini hisoblash stavkasi (foizda)‎‎

15 gacha‎‎

10‎

15 — 20 gacha‎‎

9‎

20 — 25 gacha‎‎

8‎

25 — 30 gacha‎‎

7‎

30 — 35 gacha‎‎

6‎

35 — 40 gacha‎‎

5‎

40 va undan yuqorisi‎‎

4‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1292-1, 15.02.2010-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 57-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 57-modda, 23-son, 191-modda; 2015-y., 27-son, 362-modda)