Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maʼmuriy binosini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda uning huzuridagi suv xoʻjaligi tashkilotlarini zamonaviy maʼmuriy bino bilan taʼminlash va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda — bino va inshootlar) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatdagi bino va inshootlar belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksion savdolariga chiqarilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarni (sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda), istisno tariqasida, Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi mazkur qarorga ilovaga muvofiq tasdiqlangan roʻyxatdagi bino va inshootlarni sotishdan tushadigan mablagʻlar Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishini va Nurafshon shahrida belgilangan tartibda ajratilgan yer maydonida boshqarmaning maʼmuriy binosi qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nurafshon shahrida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi maʼmuriy binosi qurilishi boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi — buyurtmachi etib belgilansin;
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender orqali aniqlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
452-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 452-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda baholangan qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksion savdolariga chiqariladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
|
Tashkilotlar nomi |
Bino va inshoot nomi |
Joylashgan manzili |
Umumiy yer maydoni, ga |
Qurilish osti maydoni, kv m | |
|
1. |
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Meliorativ ekspeditsiya |
Maʼmuriy bino va inshoot |
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Yangibozor” qoʻrgʻoni, Mustaqillik koʻchasi, 119 uy |
0,47 |
371,58 |
|
2. |
“Parkent-Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi |
Maʼmuriy bino va inshoot (sobiq XATP-23 binosi) |
Toshkent viloyati, Parkent tumani, Yoshlik qoʻrgʻoni |
0,50 |
1148,0 |
|
3. |
Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Toshkent magistral kanali boshqarmasi |
Maʼmuriy bino va inshoot |
Toshkent shahar, Bektemir tumani, Husayn Bayqaro koʻchasi, 117-uy |
0,85 |
8220,0 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/452/0692-son; 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)