Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlari chegaralari oʻzgartirilsin;
Boʻka tumanidan 8,2 gektar (shundan 6,2 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Oqqoʻrgʻon tumani tarkibiga;
Oʻrta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar (shundan 3036,5 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Ohangaron tumani tarkibiga;
Angren shahridan 143,6 gektar yer maydoni Ohangaron tumani tarkibiga;
Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar (shundan 1819,7 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Angren shahri tarkibiga;
Angren shahridan 1094,0 gektar (shundan 260,0 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Parkent tumani tarkibiga;
Parkent tumanidan 493,3 gektar (shundan 433,4 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Boʻstonliq tumani tarkibiga;
Boʻstonliq tumanidan 312,2 gektar (shundan 292,7 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Parkent tumani tarkibiga;
Boʻstonliq tumanidan 256,7 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga;
Bekobod tumanidan 588,6 gektar (shundan 464,9 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Bekobod shahri tarkibiga;
Zangiota tumanidan 8,9 gektar (shundan 5,7 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Yangiyoʻl tumani tarkibiga;
Yangiyoʻl tumanidan 286,9 gektar (shundan 16,75 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga;
Yangiyoʻl tumanidan 388,0 gektar (shundan 44,0 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Yangiyoʻl shahri tarkibiga;
Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar yer maydoni Qibray tumani tarkibiga;
Qibray tumanidan 1884,9 gektar (shundan 864,9 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga;
Qibray tumanidan 62,0 gektar yer maydoni Boʻstonliq tumani tarkibiga;
Qibray tumanidan 1584,0 gektar yer maydoni (shundan 106,5 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) Chirchiq shahri tarkibiga;
Piskent tumanidan 286,75 gektar (shundan 223,4 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Boʻka tumani tarkibiga;
Piskent tumanidan 3564,6 gektar (shundan 2407,3 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga;
Olmaliq shahridan 102,5 gektar (shundan 91,8 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Piskent tumani tarkibiga;
Ohangaron tumanidan 23,1 gektar (shundan 11,0 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari) yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Bekobod, Boʻstonliq, Boʻka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl, Bekobod shaharlarining oʻzgartirilayotgan hududlari chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tegishlicha 1 — 40-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Toshkent viloyati Angren, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod shaharlari tarkibiga qoʻshimcha ravishda kiritilayotgan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalariga qarashli yer uchastkalari ularning ixtiyorida qoladi;
Toshkent viloyati Ohangaron tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan Toshkent viloyatining Angren shahar 27-saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Angren shahar Kengashining deputati xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining deputati hisoblanadi;
Toshkent viloyati Parkent tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan Toshkent viloyatining Angren shahar 28, 29-saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Angren shahar Kengashining deputatlari xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining deputatlari hisoblanadi;
Toshkent viloyati Olmaliq shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Toshkent viloyatining Piskent tumani “30-Namuna” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining deputati xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining deputati hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-iyun,
1051-IV-son