|
“ |
Emlanishi lozim boʻlgan |
Emlash turlari |
Vaksina oluvchilar yoshi |
Revaksinatsiya muddatlari |
|
|
Aholi bilan muloqotga kirishuvchi barcha turdagi xizmat koʻrsatish obyektlari (Davlat xizmatlari markazlari, Oʻzbekiston pochtasi boʻlinmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sugʻurta kompaniyalari, turistik agentliklar, goʻzallik salonlari, avtotransport vositalarini taʼmirlash va moy almashtirish, yuvish shaxobchalari, sartaroshxonalar, internet zallari, toʻlovlarni qabul qilish punktlari, rieltorlik xizmatlari, reklama xizmatlari va boshqalar) xodimlari; barcha turdagi savdo (oziq-ovqat, xoʻjalik mollari, kiyim-kechak doʻkonlari, dorixonalar va boshqalar) obyektlari xodimlari; sport maktablari hamda sp�rt inshootlari xodimlari; madaniy hamda koʻngilochar obyektlar va dam olish maskanlari xodimlari; mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar, otellar, yotoqxonalar va kempinglar ishchi-xodimlari; yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari; davlat va nodavlat taʼlim muassasalari xodimlari; harbiy xizmatchilar; umumiy ovqatlanish joylari, jumladan jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish nuqtalari, choyxona, toʻyxona, kafe va restoranlarning xodimlari, shuningdek, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchilar; barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obyektlar xodimlari; kommunal xizmat sohasi xodimlari; aloqa va telekomunikatsiya obyektlari xodimlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari. |
Koronavirus infeksiyasiga qarshi |
18 yoshdan yuqori |
Vaksinani qoʻllashga doir yoʻriqnoma asosida |
”. |
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining qarori, 19.07.2021 yildagi 02-son
Кучга кириш санаси
19.07.2021
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat 19.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 31-son]
Oʻzbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi 0239-07/4-son SanQvaNga kiritilayotgan qoʻshimcha
Epidemiologik koʻrsatma boʻyicha profilaktik emlash kalendari “Shol kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar” pozitsiyasidan soʻng quyidagi tahrirdagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B.YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
02-son