14.04.2021 yildagi 1068-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 3-oktabrdagi 743-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek, boshqa manbalarda eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1068-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi 1068-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) saylovoldi tashviqotini olib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi va ovoz berishga bir kun qolganida tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nomzodlar saylovoldi tashviqotini olib borish borasida teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi uchun uning nomidan ishonchli vakillar saylovoldi tashviqotini olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov komissiyalari aʼzolarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga oʻz mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti davrida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nomzodlarga oʻzining kelgusidagi faoliyati dasturi bilan soʻzga chiqish huquqi beriladi. Nomzodlarning dasturlari davlat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilmagan boʻlishi, xalqning salomatligi hamda maʼnaviyatiga tahdid solmasligi, urushni, milliy nafratni, irqiy va diniy adovatni targʻib qilmasligi, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik ishlatib oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda erkinliklarini cheklovchi harakatlarga daʼvat qilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning dasturlarini ularning roziligisiz tahrir qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Saylovoldi tashviqoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berishga daʼvat etgan holda tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod toʻgʻrisida axborot tarqatib, uni yoqlab ovoz berishga chaqirish shaklida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Saylovoldi tashviqoti omma oldida ochiq munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, fuqarolarning yigʻilishlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida (bundan buyon matnda OAV deb yuritiladi) chiqishlar, roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Saylovoldi tashviqoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAV, shu jumladan televideniye, radio, gazeta va jurnallar, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan butunjahon internet axborot tarmogʻi) orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chop etish hamda tarqatish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti davrida uni olib borishning Saylov kodeksi va ushbu Nizomda taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nomzodlar saylovoldi tashviqotini olib borishning turlari, shakllari va usullarini mazmun-mohiyatini mustaqil belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodga oid plakatlar, bannyerlar, varaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAVda qoʻyiladigan nomzod uchun ovoz berishga chorlovchi video va audio roliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nomzodlarning avtobiografik maʼlumotlari va ularning saylovoldi dasturlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) axborot materiallari (plakatlari) saylovoldi tashviqoti materiallari hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek, pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari (saylov kunidan ikki kun oldin) joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallarini saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida olib qoʻyilishi majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Saylov komissiyalari aʼzolari partiya ramzlari tushirilgan kiyim kiyishi, taqinchoq taqishi va boshqa belgilardan foydalanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzodlarga saylovoldi tashviqotini olib borish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladi. Nomzodlarni boshqa manbalardan pul mablagʻlarini oʻtkazish (kiritish), tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish shaklida moliyaviy taʼminlash va boshqacha tarzda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan nomzod saylov kampaniyasida ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining hajmi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan teng ulushlarda belgilanadi va siyosiy partiya tasarrufiga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Saylovoldi tashviqoti boshlangunga qadar siyosiy partiyalar tomonidan nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi toʻgʻrisida tushuntirish va targʻibot ishlarini nomzodni yoqlab ovoz berishga daʼvat etmagan (chaqirmagan) holda oʻz mablagʻlari hisobidan, shu jumladan homiylik mablagʻlaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda nomzodlarga bir xil hajmdagi efir vaqti va chop etish maydoni bepul taqdim etilishi orqali ularga davlat OAVdan foydalanishda teng imkoniyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Saylovoldi tashviqotini olib borish maqsadida OAVdan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaziy saylov komissiyasi qarorida quyidagilar belgilab beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
efir vaqti yoki chop etish maydoni bepul taqdim etiladigan davlat OAV roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqotini olib borish uchun nomzodlarga davlat (respublika va mahalliy) tele- va radiokanallarida bepul taqdim etiladigan efir vaqti hajmi, shuningdek, ular efiriga uzatiladigan vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqotini olib borish uchun nomzodlarga davlat (respublika va mahalliy) nashrlarida bepul taqdim etiladigan chop etish maydoni hajmi, shuningdek, ular bosilib chiqadigan kunlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlarning OAVda chiqish navbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat OAVda bepul taqdim etiladigan efir vaqti va chop etish maydoni hajmi hamda vaqti tegishli OAV bilan oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat tele- va radiokanallarida ajratiladigan bepul efir vaqti, qoida tariqasida, eng koʻp auditoriya qamrab olinadigan vaqtga (praym-taymga) toʻgʻri kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bepul efir vaqtidan nomzodlar ommaviy debatlar, munozaralar, matbuot anjumanlari, intervyu, chiqishlar, saylovchilar yigʻilishlari, nomzod toʻgʻrisida roliklar joylashtirish va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti doirasida tele- va radiokanallarda joylashtirishga moʻljallangan materiallar tegishli tele- va radiokanallar bilan hamkorlikda nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taqdim etilgan efir vaqtidan siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda, agar nomzodlar bunday tadbirlarda qatnashishga rozi boʻlsa, ular oʻrtasida ommaviy debatlar va munozaralar oʻtkazish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosma OAVda chop etish uchun materiallar nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari ularni taqdim etgan shaxslarning roziligisiz tahrir qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, nomzodlarni koʻrsatgan siyosiy partiyalar ularga taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan erkin va oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar bilan oʻzaro kelishilgan holda saylovoldi tashviqoti materiallarining turlari, shakllari va mazmun-mohiyati birxillashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muayyan nomzodga taqdim etilgan bepul efir vaqtidan yoki chop etish maydonidan boshqa nomzod foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod bepul taqdim etilgan efir vaqtidan va chop etish maydonidan voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bepul taqdim etilgan efir vaqti va chop etish maydoni doirasida saylovoldi tashviqoti materiallari uzatilayotgan hamda chop etilayotgan vaqtda OAV ular saylovoldi tashviqoti materiallari ekanligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Saylovoldi tashviqoti davrida nomzodlarning OAVda chiqishlari ularni koʻrsatgan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun ijozat berilgan navbatiga qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. OAV saylovoldi tashviqoti davrida nomzodning ishlab chiqarish va xizmat majburiyatlarini bajarayotganini yoritishlari mumkin va bu saylovoldi tashviqoti tusidagi tadbir hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Axborot dasturlari va boshqa axborot materiallarida nomzodlarning saylovoldi faoliyatini yoritib berishda OAV:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng sharoitlar yaratib berishi, shu jumladan dasturning davomiyligi va hajmi boʻyicha teng sharoitlar yaratib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni efirga uzatish hamda chop etishda ular koʻproq birgalikda berilishiga erishishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomzodlarga davlat va nodavlat OAVda efir vaqti yoki chop etish maydoni pulli asosda ham ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Efir vaqti, chop etish maydoni uchun OAV tomonidan belgilanadigan toʻlov shartlari va boshqa talablar (tiraj, efirga beriladigan vaqt, joy, shrift va hokazolar) barcha nomzodlar uchun teng va bir xil boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pulli efir vaqtini yoki chop etish maydonini ajratish bilan bogʻliq munosabatlar OAV va siyosiy partiyalar oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. OAVda tarqatiladigan axborot haqiqatga toʻgʻri kelishi nomzodlar va siyosiy partiyalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Notoʻgʻri axborotni, nomzodning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish, shuningdek, nomzodning roziligisiz uning shaxsiy yoki oilaviy siridan iborat xususiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni noqonuniy toʻplash yoki tarqatish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nomzodlar OAVda chop etilgan notoʻgʻri hamda oʻzining shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan maʼlumotlar yuzasidan raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chop etish natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan nomzodlar ushbu OAVda raddiya yoki javob maqola chop etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosma OAVda raddiya OAVning navbatdagi sonida, javob paydo boʻlishiga sabab boʻlgan material joylashtirilgan sahifada eʼlon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron OAVda raddiya navbatdagi dasturda yoki koʻrsatuvda efirga uzatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar OAV raddiyani, javob maqolani chop etishdan boʻyin tovlasa yoki chop etishning belgilangan muddatini buzsa, sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. OAVda, shu jumladan hamma foydalana oladigan telekommunikatsiya tarmoqlarida nomzodlarni yoritish jarayonining monitoringini olib borish Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalari har kuni, yoritish ertasidan kechikmay Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov yakuni boʻyicha monitoringning yakuniy sarhisobi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomning II bobidagi talablar siyosiy partiyalar tomonidan taʼsis etilgan bosma va elektron OAVga tatbiq etilmaydi, 33-band bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalar, bosma mahsulotning elektron koʻrinishlari va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallarini toʻsiqlarsiz chiqarish hamda tarqatish uchun nomzodlarga teng sharoitlar yaratib beriladi. Saylovoldi tashviqoti materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa saylovoldi tashviqoti materiallari quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallarini tayyorlagan yuridik shaxs nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqida boshqa maʼlumotlar (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxs nomi (jismoniy shaxs familiyasi, ismi va otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovoldi tashviqoti materiallari nusxasining soni, chiqarilgan sanasi haqidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Saylovoldi tashviqoti materiallari xonalarga, binolarga, inshootlarga va boshqa obyektlarga osib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haykallarga, yodgorliklarga, shuningdek, saylov komissiyasi joylashgan binolarga, ovoz berish xonalariga bosma saylovoldi tashviqoti materiallarini joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nomzodlarga va ularning ishonchli vakillariga saylovoldi tashviqotini saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali olib borish uchun teng sharoitlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Saylovchilar bilan uchrashuvlar nomzodlar va ularning ishonchli vakillari tomonidan mustaqil ravishda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar va ularning ishonchli vakillari boshqa nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishga yoxud boshqa nomzodlar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Saylovchilar bilan uchrashuvlarni oʻtkazish joyi va vaqti haqida okrug yoki uchastka saylov komissiyasiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishi toʻgʻrisidagi axborot mahalliy OAVda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Nomzodlar va ularning ishonchli vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam koʻrsatish iltimosi bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, jamoat birlashmalariga, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur maʼlumot va axborot materiallarini olishda nomzodlarga koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarni nomzodlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabardor qilish masalasida nomzodlarga koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Nomzod saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida, saylovoldi yigʻilishlarida, televideniye va radioda nutq soʻzlash vaqtida oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish yoki xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Nomzod saylovoldi tashviqoti davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi davlat yoʻlovchi transportida bepul yurish huquqiga ega (bundan shahar yoʻlovchi transporti, taksi va boshqa transport turlarining buyurtma qilinadigan reyslari mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning oʻtkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda oʻtkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1075-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi butun hududida saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyalari saylov okrugi hududda saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Saylovoldi tashviqotini olib borish shartlari va tartibini buzganlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.