Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKINING USTAV SARMOYASINI KOʻPAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav sarmoyasini 4 mlrd. soʻmgacha va 400 mln. AQSh dollarigacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, ustav sarmoyasi miqdorining koʻrsatib oʻtilgan koʻpaytirilishi 1996 moliya yili tugagach Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining foydasini, shuningdek 1997-1998-yillar foydasini ushbu maqsad uchun yoʻnaltirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ustavni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-dekabr,
471-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-banddagi “Oliy Kengashining” soʻzlari “Oliy Majlisining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Bankning ustav sarmoyasi 4,000,000,000.00 (toʻrt milliard) soʻmni va 400,000,000.00 (toʻrt yuz million) AQSh dollarini tashkil etadi, bular Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻlangan mablagʻlar hisobiga ustav sarmoyasini koʻpaytirish uchun mablagʻlarni hisoblab oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining foydalarini sarmoyaga aylantirish kunidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha soʻmlarga tengdir”.
3. 7-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasi, 23-uyda joylashgan”.
4. 18-banddagi “rubllarda” soʻzi “soʻmlarda” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Ustav matni boʻyicha “ustav jamgʻarmasi” soʻzlari “ustav sarmoyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.