Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ayrim qoʻmitalari aʼzolari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 9 va 17-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzoligiga saylanganligi munosabati bilan:
Annaklicheva Gulistan Axmedovna Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Bozarov Xayrullo Xayitbayevich Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi;
Boqiyev Farxod Esanovich Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi;
Irkayev Abduraxim Pandjiyevich Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Muxtorova Nazira Abdusattarovna Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi;
Toirov Mahmudjon Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi;
Toshev Farmon Isʼhoqovich Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi;
Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tarkibidan chiqarilsin.
2. Kurbanov Ravshanbek Davletovich Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib saylansin, shu munosabat bilan Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tarkibidan chiqarilsin.
3. Kurbonov Ilxam Uzakovich Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi etib saylansin, shu munosabat bilan Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tarkibidan chiqarilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
SQ-324-IV-son