Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31–33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 28-moddasi chiqarib tashlansin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “jamoa, ijara korxonalariga, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga” degan soʻzlar “xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddasining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1.Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish:
davlat korxonasini xoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirish;
davlat mol-mulkini tanlov yoʻli bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin”;
3) 7-moddasi:
1-bandining birinchi qismidagi “Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Buyurtma ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi”;
4) 11-moddasi chiqarib tashlansin;
5) 14-moddasining 2-bandidagi, 15-moddasining 1-bandidagi va 17-moddasining 2-bandidagi “Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 144-moddasining birinchi qismidagi “Gʻayriqonuniy rad etish” degan soʻzlar “asossiz rad etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda):
1) 128-moddasi:
ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish”;
oʻzbekcha matnining toʻrtinchi qismi sanksiyasidagi “olti oygacha” degan soʻzlar “olti oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 215-moddasi:
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar “yetti baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha” degan soʻzlar “oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 337-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo boʻlgan narsani musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi OʻRQ-431-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli”;
2) 3-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
3) 11-moddasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi”;
ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “fondlar va majburiy rezervlar” degan soʻzlar “aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 17-moddasi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi”;
uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi;
bank faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi”;
5) 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24-modda. Monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishining aniq maqsadli moʻljallari
Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining aniq maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin”;
6) 27-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27-modda. Markaziy bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari
Markaziy bank oʻz operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi”;
7) 30-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “uch oygacha boʻlgan muddatga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 31-moddasi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlardan keyin “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 32-moddasining:
birinchi qismidagi “rasmiy pul birligini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “rasmiy pul” degan soʻzlar “pul” degan soʻz bilan almashtirilsin;
10) 39-moddasining birinchi qismidagi “ular oʻrniga albatta teng hajmdagi banknot va tangalar chiqargan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 46-moddasi “pul mablagʻlarini” degan soʻzlardan keyin “va valyuta qimmatliklarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12) 48-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi”;
13) VIII boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VIII. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish”;
14) 50-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50-modda. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Markaziy bank Banklarni davlat roʻyxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak”;
“Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank:
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari toʻgʻrisida axborot soʻrash hamda olish;
olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bogʻlangan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;
banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar oʻrnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obroʻ-eʼtibori haqida axborot soʻrash va olish;
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv aʼzolari hamda bosh buxgalterlariga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyish huquqiga ega”;
16) 53-moddasi:
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “yoki uning filiali rahbarlarini” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan bank kengashi rahbarlari va aʼzolarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kredit uyushmalari, garovxonalar, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
17) 54-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“54-modda. Xalqaro hamkorlik
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-noyabrdagi OʻRQ-731-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son)
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda):
1) 587-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi”;
2) 589-moddasining:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaxs sotuvchi deb eʼtirof etiladi”;
toʻrtinchi qismidagi “ishlab chiqaruvchiga”, “ishlab chiqaruvchi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “sotuvchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 590-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
4) 595-moddasi:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli”;
5) 597-moddasining:
birinchi qismidagi “foydalanuvchi” degan soʻz “lizing oluvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin”;
toʻrtinchi qismidagi “muntazam toʻlovlarni” degan soʻz “lizing toʻlovlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 78, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 82-modda):
1) 5-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish”;
2) 7-moddasi toʻrtinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Tibbiy koʻrikdan oʻtish hajmi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XX boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi;
lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa”;
2) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin emas”;
3) 4-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish koʻrishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Lizing shakllari”;
birinchi — uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
5) 7-moddasining:
birinchi qismidagi “Moliyaviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
6) 8-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va (yoki) jalb etilgan mablagʻlar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir”;
7) 9-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi:
shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra;
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul tarafning koʻrsatilishi”;
toʻrtinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “(moliyaviy lizingda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 11-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish”;
9) 12-moddasi:
“lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish”;
ikkinchi qismi “lizing toʻlovlari qoldigʻini” degan soʻzlardan keyin “lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 15-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda toʻlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtishi mumkin”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
11) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlaridan toʻliq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin”;
12) 21-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas”;
13) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
14) 23-moddasining nomi va matnidagi “undirish” degan soʻzlar “talab qilib olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 24-moddasining:
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar”;
2) 12-moddasining birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi)” degan soʻzlar “maxsus vakolatli organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-avgustdagi OʻRQ-865-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 1-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXIV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XXV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
447-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 26.11.2021-y., 03/21/731/1095-son; 30.08.2023-y., 03/23/865/0664-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)