Suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarning bajarilishini ta’minlash hamda bojxona nazorati va statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga 2002-yildan boshlab hukumatlararo bitimlarga binoan yetkazib beriladigan elektr energiyasini deklaratsiyalashni uni yetkazib berish oyining oxirgi kunida Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kursi bo‘yicha har oyda hamda shartnoma (kontrakt)larni Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan amalga oshirishga ruxsat berilsin.
elektr energiyasi o‘tkazilishining bojxona rasmiylashtiruvini bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) undirmasdan amalga oshirsin;
elektr energiyasining o‘tkazilishini deklaratsiyalash chog‘ida “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yukka doir bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishning soddalashtirilgan tartibini belgilasin.