Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.05.2002 yildagi 164-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShMARGYoGʻ VA YaNGIYOʻLYoGʻMOY AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ-moy sanoati korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ularni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish tarmoq korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining, “Toshmargyogʻ” aksiyadorlik jamiyati va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining ikkinchi emissiyasini davlat aktivlari va eʼlon qilingan aksiyalar hisobiga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlarining joylashtirilmagan va qoʻshimcha emissiya qilingan aksiyalarini xorijiy investorlar korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish yuzasidan investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan taqdirda ularga sotish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Toshmargyogʻ” aksiyadorlik jamiyati va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari ulushlarini taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasi ulushi — koʻpi bilan 5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi ulushi — 15 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarning kamida 70 foizi fond bozorida erkin sotilishi, shu jumladan kamida 51 foizi xorijiy investorlarga sotilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond bozorida erkin sotilishi kerak boʻlgan joylashtirilmagan va yangidan emissiya qilingan aksiyalar faqat tender asosida sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender savdolarida potensial investorlar faqat yuridik shaxslar shaklida ishtirok etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazishni tashkil etish Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga yuklanadi, uning tarkibiga “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi hamda “Toshmargyogʻ” va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyatlarining rahbarlari qoʻshimcha ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshmargyogʻ” aksiyadorlik jamiyati yoki “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotib olish boʻyicha tender savdolarida ishtirok etish uchun potensial xorijiy investor “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasiga aksiyadorlik jamiyatlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari mufassal bayon etilgan biznes-rejani taqdim etish kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshmargyogʻ” va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyatlari barcha subyektlar — sheriklar bilan oʻzaro munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshirishi, ishlab chiqarilayotgan yogʻ-moy mahsulotlarining asosiy turlariga korxonalar narxini belgilangan tartibda kelishishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarori chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshmargyogʻ” aksiyadorlik jamiyati va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasining ulushini 15 foizgacha yetkazish uchun yogʻ-moy korxonalarining aksiyalarini fond birjasida sotish chogʻida yuzaga kelgan oʻrtacha tarmoq koeffitsiyentidan kelib chiqib “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasiga sotsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi, “Toshmargyogʻ” va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyatlarining qatnashchilari mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlardan kelib chiqib, koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchi kengashlari tarkibini belgilangan tartibda qayta saylashni va Boshqaruvlari aʼzolarini tasdiqlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toshmargyogʻ” va “Yangiyoʻlyogʻmoy” aksiyadorlik jamiyatlari uchun texnik chigit yetkazib berishni taqsimlashning amaldagi mexanizmi, shuningdek paxta tozalash zavodlari, yogʻ-moy korxonalari va paxta xomashyosi topshiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasidagi uch tomonlama shartnomalar asosida texnik chigitni olish, qayta ishlash va qaytarish mexanizmi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.E. Usmonov va Oʻ.Q.Ismoilov zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)