13.05.2002 yildagi 157-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTRSTANSIYASINI ZAMONAVIYLASHTIRISHGA BERILAYOTGAN YAPONIYA HUKUMATINING IMTIYOZLI KREDITIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent issiqlik elektrstansiyasini zamonaviylashtirishga Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki 24 955 mln Yaponiya yeni miqdorida imtiyozli kredit berayotgani, shundan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24 344 mln Yaponiya yeni 1,8 yillik foiz bilan 30 yil muddatga, shu jumladan oʻn yil imtiyozli davrdan iborat muddatga Toshkent issiqlik elektrstansiyasini zamonaviylashtirish loyihasi boʻyicha injiringga, asbob-uskunalar, materiallar yetkazib berishga va qurilish ishlarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
611 mln Yaponiya yeni 0,75 yillik foiz bilan 40 yil muddatga, shu jumladan oʻn yil imtiyozli davrdan iborat muddatga mazkur loyiha boʻyicha konsultatsiya xizmatlari koʻrsatishga berilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymatining 85 foizini mablagʻ bilan taʼminlash Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli krediti hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha qiymatining 15 foizi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlarni va komissiya toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga 1 va 2-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov Almashuv Notasini va Yaponiya Hukumatining imtiyozli kreditini olish bilan bogʻliq hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli kreditini olish boʻyicha kredit bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan banklararo bitimni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan imtiyozli kreditdan foydalanish va uni qaytarish tartibi boʻyicha agentlik bitimini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oʻrtasidagi kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yaponiyaning “Mitsubisi Korporeyshn” firmasi tomonidan Toshkent issiqlik elektrstansiyasini zamonaviylashtirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilgani va u Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida dastlabki ekspertizadan oʻtganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ikki oy muddatda Toshkent issiqlik elektrstansiyasini zamonaviylashtirish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashini puxta ishlab chiqishni va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida kelishib olishni amalga oshirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent issiqlik elektrstansiyasini zamonaviylashtirishga Yaponiya Hukumati tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki orqali berilayotgan kreditdan toʻliq, maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan masʼuliyat “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik yigʻimlari undirilmasdan kelish vizalari berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.Yu.Atayev va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-son