Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Maxmud Shuxratovich Istamovning vakolatlarini tugatish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Maxmud Shuxratovich Istamovning vakolatlari oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqidagi arizasiga binoan tugatilgan deb hisoblansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 22-iyun,
1111-IV-son