1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 7-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 29-mayda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qoʻriqlanadigan shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishdan, qoʻriqlanadigan obyektlar xavfsizligini taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prezident maxsus aloqa tarmogʻi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan himoyalangan tarzda aloqada boʻlishini taʼminlash uchun moʻljallangan, maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida tarmoq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash tadbiri — qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari kuchlarini va vositalarini jalb etgan holda taʼminlashga qaratilgan, muvofiqlashtirilgan harakatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar — qoʻriqlanadigan shaxslar doimiy, vaqtincha turadigan va muntazam ravishda tashrif buyuradigan joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligi — qoʻriqlanadigan shaxslarning oʻz hayotiga, sogʻligʻiga va ularning mansab vakolatlarini bajarishi, siyosiy (ijtimoiy) faoliyati bilan bogʻliq boshqa hayotiy muhim manfaatlariga tahdid soluvchi tajovuzlardan, tabiiy, texnogen hamda boshqa tusdagi jarayonlardan va hodisalardan himoyalanganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash — qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, aniqlash va ularga barham berishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, qoʻriqlashga, rejimga, tezkor-qidiruvga oid, texnik, axborotga oid choralar hamda boshqa choralar majmuini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning harakatlanish yoʻnalishlari — qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsiz va moneliksiz oʻtishi (harakatlanishi) uchun foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining, temir yoʻllarning, samoviy, suv hududining uchastkalari, shuningdek piyoda yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.02.00 Harbiy holat rejimi (shuningdek, 15.05.02.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.02.00 Operativ-qidiruv faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat olib boradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash hamda qoʻriqlanadigan obyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarga tajovuzlar qilinishining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha kontrrazvedka faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv faoliyati, oʻz yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlarida prezident maxsus aloqa tarmogʻining xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining jangovar va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, yagonalik, mustaqillik, konspiratsiya, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish ustuvorligidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga ogʻishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chetga chiqilishi, ularning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan, uning shaʼni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oshkor qilish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Yagonalik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi boshchilik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Mustaqillik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, shuningdek ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil tarzda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining, shuningdek ushbu organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Konspiratsiya prinsipi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz faoliyatini konspiratsiya prinsipi asosida, yaʼni oʻz faoliyatining tezkor-xizmat axborotini olish, rasmiylashtirish, saqlash va undan foydalanishning alohida tartibini, shuningdek tezkor-xizmat hujjatlari bilan ishlash qoidalarini belgilagan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish ustuvorligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashga doir faoliyatidagi ustuvorliklardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi hamda ushbu organlar va tashkilotlarning qoʻriqlanadigan shaxslar xavfsizligini taʼminlash masalalariga doir faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanadigan shaxslarning, qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning hamda harakatlanish yoʻnalishlarining xavfsizligini taʼminlash uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining kuch va vositalari qoʻriqlash tadbirlari oʻtkazilayotgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini taʼminlashda, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berishda hamda ularning sodir etilishi holatlarini hujjatlashtirishda texnik vositalardan, shu jumladan audio, foto- va video qayd etish vositalaridan, kriptografik vositalardan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qoʻriqlanadigan shaxslar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.01.00 Umumiy masalalar. Saylash tartibi. Vakolatlarning tugashi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanadigan shaxslar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va uning oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Prezidenti va uning butun hayoti davrida oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga kirishguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati va chet davlatlarning tegishli vakolatli davlat organlari oʻrtasidagi bitimlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtida chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, chet davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari, shuningdek ularga hamrohlik qilayotgan oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlgan boshqa shaxslar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 2 va 3-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Qoʻriqlanadigan obyektlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.05 Er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi (shuningdek, 11.03.08.04ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlanadigan obyektlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻriqlanadigan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport vositalari, shuningdek ularning doimiy joylashuv joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, imoratlar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer uchastkalari va suv obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga muvofiq qoʻriqlanishi lozim boʻlgan boshqa obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tizimi va uning huquqiy maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tizimi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining markaziy devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boʻyicha boʻlimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.07.00 Davlat xavfsizligining boshqa masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlar xavfsizligini taʼminlaydigan, shuningdek qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligi masalalari boʻyicha jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining boʻysunishi va hisobdorligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.07.00 Davlat xavfsizligining boshqa masalalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligi masalalari, shuningdek oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan muntazam ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
5.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
6.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.31.00 Xizmat safari;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
8.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
9.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.04.00 Jangovar tayyorgarlik. Harbiy intizom;
10.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.05.00 Hududiy mudofaa;
11.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
12.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash;
13.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
14.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar;
15.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.06.00 Konsullik muassasalari. Konsullik okruglari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, ular turgan obyektlarni qoʻriqlash va mudofaa qilish boʻyicha jangovar navbatchilikni tashkil etish hamda olib borish, qoʻriqlash tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini hamda qoʻriqlash tadbirlariga jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlaridan jalb qilinadigan kuchlar va vositalarning tarkibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻriqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal etishga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining va, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarining xodimlarini jalb etish va ularga tezkor rahbarlik qilishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni ularning roziligiga koʻra jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻriqlanadigan obyektlarda va qoʻriqlash tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda nazorat-oʻtish rejimini oʻrnatish, qoʻriqlanadigan obyektlarga kirish (oʻtish) hamda qoʻriqlanadigan obyektlardan chiqish (ketish) chogʻida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek transport vositalariga va tashilayotgan yuklarga doir hujjatlarni tekshirish, fuqarolarni va ularning yonidagi ashyolarini shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish, transport vositalarini hamda ularda tashilayotgan ashyolar va yuklarni koʻzdan kechirish, shu jumladan muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik vositalarni qoʻllagan holda koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻriqlanadigan obyektlarga va qoʻriqlash tadbirlari oʻtkaziladigan joylarga olib oʻtiladigan (olib kiriladigan), shuningdek qoʻriqlanadigan obyektlardan olib chiqiladigan (olib ketiladigan) ashyolarning (yuklarning) roʻyxatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qoʻriqlanadigan shaxslar bilan muloqotda boʻladigan va ular turgan obyektlarga xizmat koʻrsatishga jalb etiladigan jismoniy shaxslarni maxsus tekshirishni amalga oshirish, anketa maʼlumotlarini va boshqa zarur maʼlumotlarni soʻrab olish, qoralovchi maʼlumotlar olingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari xodimlarini ishlardan chetlashtirish haqida taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qoʻriqlanadigan shaxslarga transport xizmati koʻrsatish yoki ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida foydalaniladigan havo kemalarining va boshqa transport vositalarining qoʻriqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qoʻriqlanadigan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun beriladigan transport vositalarining shayligini tekshirishni, shu jumladan ulardan foydalanish tartibi va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qoʻriqlanadigan shaxslarning hamda obyektlarning xavfsizligini taʼminlashga doir qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etilishini jismoniy va yuridik shaxslardan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlariga va, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlariga ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) qoʻriqlanadigan shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid yuzaga kelishining oldini olish zarurligi munosabati bilan ishlarni bajarishni, xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishni oʻn ish kunidan oshmagan muddatga toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qoʻriqlanadigan obyektlar hududlaridan foydalanishning alohida shartlariga rioya etilishini taʼminlash, ularning chegaralarini belgilash va ushbu hududlar uchun shaharsozlik reglamentlarini kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) zarur boʻlganda, qoʻriqlanadigan shaxslarning harakatlanish yoʻnalishlarida, joylarning alohida uchastkalarida va obyektlarda transport vositalari hamda piyodalarning harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, shuningdek transport vositalarini shatakka olish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda jismoniy shaxslarning turar joylaridan (egalarining roziligi bilan), yuridik shaxslarning xizmat xonalaridan, aloqa vositalaridan va boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplagan holda foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga hamda xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan turar joylar va xizmat xonalari, aloqa vositalari va boshqa mol-mulk mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalarida hodisa sodir boʻlgan joyga yetib borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ularni ichki ishlar organlariga olib borish uchun, ushbu transport vositalaridan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va transport vositalaridan foydalangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini identifikatsiyalovchi hujjatlarni bergan holda, foydalanish, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari mustasno. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridan, aerodromlaridan, uchish-qoʻnish yoʻlaklari va maydonlaridan, vokzallardan, daryo portlaridan, shuningdek telekommunikatsiya tizimlaridan bepul asosda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) agar kechiktirilishi qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga haqiqatda tahdid solishi mumkin boʻlsa, jinoyatlarga barham berishda, shuningdek jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilayotganda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylarga va boshqa xonalarga, yer uchastkalariga va hududlarga moneliksiz kirish, keyinchalik yigirma toʻrt soat ichida bu haqda tegishli prokurorni yozma ravishda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlarda, harakatlanish yoʻnalishlarida, ularning atrofida, shuningdek qoʻriqlash tadbirlari oʻtkazilayotgan joylarda muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik va laboratoriya-instrumental diagnostikani amalga oshirish, portlovchi moddalarga va qoʻporuvchilik-terrorchilik (shu jumladan biologik) vositalariga yoki axborotdan ruxsatsiz foydalanish qurilmalariga tegishli ekanligi xususida shubha tugʻdiruvchi moddiy obyektlarni (ashyolarni) evakuatsiya va yoʻq qilishni amalga oshirish, aloqa va maʼlumotlar uzatish kanallariga toʻsiq qoʻyish boʻyicha texnik tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish maqsadida tezkor-qidiruv hamda kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish, oshkora va maxfiy asosda fuqarolarning yordamidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ixtiyoriy asosda shtatdan tashqari tezkor xodimlar sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash manfaatlariga daxldor boʻlgan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini aniqlash, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlar, harakatlanish yoʻnalishlari va ularga tutash hududlar uzra samoviy hududda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni boshqaruv hamda navigatsiya signallariga toʻsiq qoʻyish, shuningdek mazkur apparatlarga shikast yetkazish yoki ularni yoʻq qilish yoʻli bilan toʻliq yoki qisman taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash masalalariga taalluqli boʻlgan faktlar hamda hodisalarni hujjatlashtirishni, fotosuratga olishni, ovozli yozuvni, kino- va videotasvirga olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan axborotni yoki materiallarni soʻrash hamda bepul olish, shu jumladan doimiy asosda olish, axborot tizimlaridan, maʼlumotlar bazalaridan, axborot-maʼlumot qaydlaridan, arxivlardan, axborot-qidiruv va maʼlumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) belgilangan tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshirish va uning xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) ruxsat beruvchi tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, yuklarni (bagajni) koʻzdan kechirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati egaligida yoki foydalanishida boʻlgan prezident maxsus aloqa tarmogʻi liniyalari va vositalarining ishlab turishini hamda xavfsizligini taʼminlovchi ishlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga moneliksiz kirish hamda zarur texnik hujjatlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) agar har qanday maqsaddagi radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining aloqa vositalariga radiotoʻsqinliklarni keltirib chiqarsa, ulardan foydalanishga nisbatan cheklovlar joriy etish tashabbusi bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) prezident maxsus aloqa tarmogʻini va idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini vaqtincha tashkil etish zarur boʻlganda aloqa kanallarini foydalanishga bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining obyektlarida, shuningdek umumiy foydalanishdagi obyektlarda idoraviy axborot-kommunikatsiya tizimlari liniyalarini, aloqa kanallari va vositalarini, uskunalarini ustuvor tartibda oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) chet davlatlarning maxsus xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va tegishli tashkilotlari bilan tezkor axborot, maxsus texnik vositalarni hamda boshqa vositalarni almashish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining taʼlim olishi va stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) qoʻriqlanadigan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan davrida, shuningdek chet davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qoʻriqlanadigan shaxslari Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurganida ularning xavfsizligini taʼminlashga doir faoliyatni xorijiy maxsus xizmatlar vakillari bilan muvofiqlashtirish, xavfsizlikni taʼminlash, aloqa kanallarini taqdim etish shartlari va tartibini kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) chet davlatlarning qoʻriqlanadigan shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan davrida ularga hamrohlik qiluvchi xorijiy maxsus xizmatlarga sovuq va oʻqotar qurolni, oʻqotar qurolning oʻq-dorilarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish hamda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilariga sovuq va oʻqotar qurollarni va maxsus vositalarni saqlash hamda olib yurish, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida ularni Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari hududiga olib kirish uchun ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilish uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan tanlab olishni mustaqil ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizligi xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarining imkoniyatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) oʻz faoliyatini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashni amalga oshirish, ilmiy va boshqa tashkilotlarni, mutaxassislarni jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat sirlarini tashkil etuvchi arxiv maʼlumotlarini hamda boshqa maʼlumotlarni saqlash, rasmiylashtirish, ulardan foydalanish va ularni berishning alohida tartibini belgilash, zarur axborot tizimlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.05.00 Davlat tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlarning xavfsizligini taʼminlash;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilishi, aniqlashi va ularning oldini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻriqlanadigan shaxslarga transport xizmati koʻrsatish chogʻida, ovqatlanish xavfsizligini, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash hamda qoʻriqlanadigan shaxslarning doimiy tibbiy kuzatuvi chogʻida reglamentlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) prezident maxsus aloqa tarmogʻining tashkil etilishini va barqaror ishlashini, axborotning kriptografik himoya qilinishini, prezident maxsus aloqa tarmogʻidan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlanadigan obyektlarni hamda prezident maxsus aloqa tarmogʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat sirlarining saqlanishi taʼminlanishini nazorat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) terrorizmga qarshi kurashishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qoʻriqlanadigan shaxslarning avtomobil, temir yoʻl, aviatsiya, suv transporti va boshqa turdagi transportda harakatlanishi xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qoʻriqlanadigan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun jalb qilinadigan avtomobil transporti vositalarini faxriy mototsikl eskorti bilan taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlardagi va harakatlanish yoʻnalishlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olishi, aniqlashi va ularga barham berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) qoʻriqlanadigan shaxslarning axborot xavfsizligini va ular turgan obyektlarda kiberxavfsizlikni taʼminlashda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etishi, qoʻriqlanadigan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatiga tahdidlarning (tajovuzlarning) oldini olish hamda choralar koʻrish yuzasidan monitoringni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qoʻriqlanadigan shaxslarning nufuziga putur yetkazuvchi, shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obroʻsizlantiruvchi axborot materiallari tarqatilishini aniqlash va unga chek qoʻyish, prokuratura organlariga ushbu axborot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish taqiqlangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida arizalar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlariga murojaat qilishi uchun iltimosnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) qoʻriqlanadigan shaxslar va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻriqlash, tezkor-qidiruv, tashkiliy-rejim, muhandislik-texnik, sapyorlik-kinologik, profilaktika tadbirlarini hamda boshqa tadbirlarni rejalashtirishi, tashkil etishi va oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari bilan, shuningdek chet davlatlarning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqishi, yaratishi, ulardan foydalanishi va ularni rivojlantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) oʻzining xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati zimmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq va oʻqotar qurolni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va oʻqotar qurolni yuzaga kelgan vaziyatdan, shaxslar xatti-harakatining xususiyati hamda xavflilik darajasidan, ular tomonidan koʻrsatilayotgan qarshilikning xususiyati va kuchidan kelib chiqqan, ularni qoʻllashning haqiqiy zaruriyatidan chetga chiqmagan holda qoʻllashi, koʻzlangan maqsadga erishilishi bilanoq darhol toʻxtatishi kerak.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuch ishlatishdan, maxsus vositalarni, sovuq yoki oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin, ularni qaysi shaxsga nisbatan qoʻllashni moʻljallayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsni oʻzining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi ekanligi haqida, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oʻzining vakolatlarini amalga oshirish niyati haqida ogohlantirishi hamda koʻrsatilgan shaxsga unga qoʻyilgan qonuniy talablar bajarilishi uchun imkoniyat va vaqt berishi shart, bundan quyidagi hollar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ogohlantirishning imkoniyati boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy kuch ishlatishdagi, maxsus vositalarni, sovuq yoki oʻqotar qurolni qoʻllashdagi sustkashlik qoʻriqlanadigan shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qoʻriqlash tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etish uchun jalb etilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek oʻzga fuqarolarning hayoti yoki sogʻligʻi uchun bevosita xavf solsa yoxud qoʻriqlanadigan obyektlar hamda transport vositalari xavfsizligiga haqiqatda tahdid solsa.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida oʻzining bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻziga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar, sovuq yoki oʻqotar qurol qoʻllanilgan shaxs tan jarohatlari olgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi mumkin qadar qisqa muddatda unga zarur tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishi shart.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar, sovuq yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi oqibatida shaxs yarador boʻlganligi yoki vafot etganligi haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida tegishli prokurorni darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) u zarur mudofaa doirasidan chetga chiqmagan boʻlsa yoki huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni ushlash tartibini belgilovchi qonunchilik talablari buzilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) u belgilangan tartibda berilgan, oʻzi uchun majburiy boʻlgan buyruqning yoki farmoyishning ijrosini taʼminlash maqsadida harakat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) u asosli xizmat tavakkalchiligi yoki soʻnggi zaruriyat sharoitlarida harakat qilgan boʻlsa, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jismoniy kuch ishlatganligi, maxsus vositalarni, sovuq yoki oʻqotar qurolni qoʻllaganligi munosabati bilan yetkazilgan maʼnaviy, moddiy va jismoniy zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilganidan boshqa hollarda javobgarlik qonunda belgilangan tartibda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash tadbirlarida ishtirok etishga jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining va boshqa tashkilotlarining vakillari ham qoʻriqlanadigan shaxslarning, ular turgan obyektlarning hamda harakatlanish yoʻnalishlarining xavfsizligini taʼminlash chogʻida qonunda nazarda tutilgan tartibda va hollarda jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, sovuq hamda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan jismoniy kuch ishlatish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlari bajarilishini taʼminlamasa, ular huquqbuzarliklarga barham berish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlab turish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun hamda oʻzini mudofaa qilish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan qoʻl jangi usullarini qoʻllash huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda maxsus vositalar, sovuq yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 27 — 29-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining qurollanishida mavjud boʻlgan maxsus vositalarni quyidagi hollarda qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslarga, qoʻriqlanadigan obyektlarga va transport vositalariga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda, xuddi shuningdek ularni tutqinlikdan ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga, shuningdek fuqarolarga qilingan hujumni qaytarishda yoki hujum qilish tahdidining oldini olishda yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga koʻrsatilayotgan boʻysunmaslik va qarshilikka barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) huquqbuzarlarni va qurolli qarshilik koʻrsatmoqchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining oʻz zimmasiga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini bajarishiga boshqacha tarzda monelik qilmoqchi deb hisoblash uchun oʻziga nisbatan yetarli asoslar mavjud boʻlgan shaxslarni ushlashda va ularni ichki ishlar organlariga olib borishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qoʻriqlanadigan shaxslar faoliyatiga monelik qiladigan yoki qoʻriqlanadigan obyektlarga kirib olish tahdidini yuzaga keltiradigan ommaviy tartibsizliklarga va guruh boʻlib qilingan harakatlarga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qoʻriqlanadigan shaxslar yoki obyektlar xavfsizligiga tahdid soluvchi transport vositasini toʻxtatish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sovuq yoki oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, kuchli taʼsir etuvchi kimyoviy va zaharli moddalar qonunga xilof ravishda oʻzida mavjud boʻlgan shaxslarni qurolsizlantirish zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tajovuzkor hayvonlarni zararsizlantirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qoʻriqlash tadbirlari oʻtkaziladigan zonada yoki qoʻriqlanadigan obyektlar hududi uzra samoviy hududni uchuvchisiz uchish apparatlari bilan buzishlarga barham berishda.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vositalarni qoʻllash quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar yoki maxsus vositalarning tarkibiy qismlari bilan taʼsirga kirishganda odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun katta xavf tugʻdiruvchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol koʻrinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq koʻrinib turgan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga maʼlum boʻlsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, qurolli yoki guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vositaning turi va uni qoʻllash jadalligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi tomonidan yuzaga kelgan vaziyatdan, tajovuzning xususiyati va huquqbuzarning shaxsidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari maxsus vositalar mavjud boʻlmaganda yoxud ularni qoʻllash imkoniyati boʻlmaganda (maqsadga muvofiq boʻlmaganda), zarur mudofaada yoki oʻta zaruriy holda qoʻl ostidagi mavjud har qanday vositalardan (shu jumladan transport vositalaridan) foydalanishga haqli.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari ushbu Qonunda sovuq va oʻqotar qurolni qoʻllashga ruxsat etilgan hollarda ham maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qurollanishida mavjud boʻlgan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tomonidan sovuq va oʻqotar qurolni qoʻllash
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari sovuq va oʻqotar qurolni quyidagi hollarda oxirgi chora sifatida qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslarni ularning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, sodir etilish paytida oʻlimga va (yoki) tan jarohatlari yetkazilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan hujumdan yoxud shunday hujum tahdididan himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining hamda qoʻriqlash tadbirlariga jalb etilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillariga qilingan hujumni yoxud hujum tahdidini qaytarishda, agar ularning hayoti yoki sogʻligʻi xavf ostida qolgan boʻlsa, shuningdek ularga tegishli sovuq va oʻqotar qurolni, transport va aloqa vositalarini, boshqa tovar-moddiy boyliklarni yoki hujjatlarni egallab olishga urinishlarga barham berishda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining qonuniy farmoyishiga yoki talabiga ashaddiy ravishda boʻysunmaslik va haqorat qilish hollari unga qilingan hujum deb hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qoʻriqlanadigan obyektlarga qilingan hujumni yoki hujum tahdidini qaytarishda, xuddi shuningdek ular egallab olingan taqdirda, ularni ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) garovga olinganlarni ozod qilishda, terrorchilik va boshqa jinoiy tajovuzlarga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qurolli qarshilik koʻrsatayotgan, shuningdek boshqa gʻayrihuquqiy harakatlarni sodir etishi chogʻida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, ushlanishdan qutulib qolish uchun ushbu shaxs sovuq yoki oʻqotar qurolni yoxud koʻrinishidan sovuq yoki oʻqotar qurolga oʻxshagan va tashqaridan qaraganda undan farq qilmaydigan ashyolarni, portlatish qurilmalarini yoki qoʻriqlanadigan shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qoʻriqlash tadbirlariga jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining, shuningdek boshqa shaxslarning hayoti yoki sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiruvchi oʻzga ashyolarni qoʻllaganda (qoʻllash bilan tahdid qilganda), agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sovuq yoki oʻqotar qurolni, portlatish qurilmasini yoxud qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining va qoʻriqlash tadbirlariga jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari hamda boshqa tashkilotlari vakillarining hayotiga yoki sogʻligʻiga, shuningdek boshqa shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan predmetlarni qoʻyish (topshirish) toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) fuqarolarni ularning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi hujumdan himoya qilishda, agar ularni boshqa usullar va vositalar bilan himoya qilish mumkin boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tomonidan unga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qonuniy ravishda taqiqlagan hamda harbiy xizmatchiga koʻrsatilgan masofadan yanada yaqinlashishga, kiyim-boshidan yoki qoʻl yukidan nimanidir olishga urinishda ifodalangan harakatlarning yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi qoʻriqlanadigan shaxslarning, harbiy xizmatchining oʻzining yoxud boshqa shaxslarning hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan zoʻrlikni ishlatish tahdidi sifatida talqin qilishi mumkin boʻlgan boshqa harakatlarning sodir etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga sovuq yoki oʻqotar qurolni qinidan olish va jangovar shay holatga keltirish, shuningdek uni ushbu Qonun talablariga muvofiq qoʻllash huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari quyidagi hollarda ham sovuq yoki oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar transport vositasining haydovchisi qoʻriqlanadigan shaxslarning, qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning va transport vositalarining xavfsizligiga, boshqa shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga haqiqatda tahdidni vujudga keltirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, qoʻriqlanadigan shaxslarning hamda qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlarning xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari vakillarining talablarini inkor etsa, transport vositasini unga shikast yetkazish yoʻli bilan toʻxtatish zarur boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qoʻriqlanadigan shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining yoki fuqarolarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ogohlantiruvchi oʻq uzish, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq uzish orqali xavf-xatar signalini berish yoki yordamga chaqirish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovuq yoki oʻqotar qurolni qoʻllash quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qoʻriqlanadigan shaxslar tomonga qarata;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) koʻp odamlar toʻplanganda, agar oʻqotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tez alanga oluvchi, zaharli, portlovchi moddalar ishlab chiqariladigan, saqlanadigan binolarda, xonalarda yoki ushbu moddalar tashiladigan transport vositalari yaqinida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) homiladorlik, nogironlik belgilari yaqqol koʻrinib turgan shaxslarga va voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar voyaga yetmaganlarning yoshi aniq koʻrinib turgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga maʼlum boʻlsa, bundan ushbu shaxslar va voyaga yetmaganlarning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, terrorchilik harakatini sodir etganligi, odamlarning hayotiga va sogʻligʻiga tahdid etib, qurolli yoki guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari va xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatini kadrlar bilan toʻldirish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.05.00.00 Urush holati. Harbiy holat / 15.05.03.00 Safarbarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati kasbga yaroqlilik boʻyicha tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtgan, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ixtiyoriy asosda toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining zaxirasidagi yoki rezervidagi fuqarolar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining ayol jinsiga mansub boʻlgan, harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlmagan fuqarolari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlaridan va boshqa tashkilotlaridan harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) tanlab olish hamda oʻtkazish ustuvor hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilishda ish joyidan boʻshagan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilingan kunga qadar koʻpi bilan uch oy oʻtgan boʻlsa, mazkur davrda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar bilan mehnat munosabatlari mavjud boʻlmasa, haqiqiy harbiy xizmatda boʻlish uzluksiz hisoblanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga koʻra, tor ixtisoslikdagi yoki yuqori malakali mutaxassislar haqiqiy harbiy xizmatga ushbu Qonunda belgilangan ayrim talablar hisobga olinmagan holda qabul qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining serjantlar tarkibi lavozimlariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlar tarkibi lavozimlariga oliy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga koʻra, oʻrta maxsus maʼlumotga ega serjantlar tarkibidagi yuqori kasbiy koʻrsatkichlarga erishgan harbiy xizmatchilarni ofitserlik lavozimlariga tayinlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga qabul qilingan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus hisobiga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan belgilanadigan tartibda dastlabki tanlovdan, shuningdek oʻzlari taqdim etgan maʼlumotlarning haqqoniyligini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashga yoki ishlashga yaroqlilikni aniqlash maqsadida oʻrganishni va haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishga monelik qiladigan holatlarni aniqlashni, shu jumladan ruhiy-fiziologik tadqiqot oʻtkazish orqali aniqlashni oʻz ichiga oladigan tekshiruvdan oʻtadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarga koʻra yoxud quyidagi hollarda shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilinmasligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari va xodimlari esa haqiqiy harbiy xizmatdan yoki ishdan boʻshatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tekshiruv tartib-taomilidan oʻtishdan yoki davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirishdan, odamlarning hayotiga va sogʻligʻiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnik hamda boshqa vositalardan foydalanilgan holdagi soʻrovdan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar isteʼmol qilganlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan oʻtishni rad etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) olib tashlangan yoki tugatilgan sudlanganlik holati mavjud boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtganligi, taraflar yarashganligi munosabati bilan, amnistiya akti yoki afv etish asosida jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek qonunda belgilangan boshqa asoslarga koʻra jinoiy jazodan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni yoki maʼlumotlarni taqdim etmaganda yoxud qalbaki hujjatlarni yoki bila turib yolgʻon maʼlumotlarni taqdim etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) siyosiy partiyalarning va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalarining aʼzosi boʻlsa va (yoki) ularning faoliyatida ishtirok etgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shifokorning koʻrsatmasi boʻlmagani holda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni isteʼmol qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashga va mansab vakolatlarini bajarishga monelik qiladigan kasalligi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) boshqa davlat organlaridan intizomiy tartibda yoki mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun boʻshatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisiga qoʻyiladigan talablarga mos kelmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati haqiqiy harbiy xizmatga yoki ishga qabul qilishni rad etish sabablarini tushuntirmaslikka haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatda boʻladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi chogʻida oʻzining shaxsiy, kasbiy va psixologik sifatlari, maʼlumoti hamda sogʻligʻining holati boʻyicha oʻziga qoʻyiladigan maxsus talablarga mos boʻlishi kerak va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining or-nomus kodeksiga rioya etishi shart. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga nisbatan maxsus talablar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi boʻlinmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari oʻz vakolatiga kiradigan vazifalarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlariga va boshqa tashkilotlariga harakatdagi rezervda haqiqiy harbiy xizmatda qoldirilgan holda xizmat safariga yuborilishi mumkin. Xizmat safari muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonuniy talablari fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat guvohnomasi va jetoni
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat guvohnomasi harbiy xizmatchining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga mansubligini, uning shaxsini, lavozimi va harbiy unvonini tasdiqlovchi hujjatdir.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining sovuq va oʻqotar qurolni olib yurish hamda saqlash huquqini, shuningdek ushbu Qonunning 21-moddasida koʻrsatilgan boshqa huquqlarni tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining jetoni xizmat guvohnomasi koʻrsatilganda haqiqiydir va uni identifikatsiya qilishning qoʻshimcha vositasi boʻlib xizmat qiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, jeton Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga qoʻriqlash tadbirlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining qoʻshimcha kuch hamda vositalarini, ularning rahbariyatini yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda xabardor etgan holda jalb qilish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida xizmatda boʻlish bilan bogʻliq cheklovlar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga haqiqiy harbiy xizmatga kirayotgan shaxslar ushbu Qonunda belgilangan cheklovlarni oʻz zimmasiga oladi, bu cheklovlar yozma shaklda qayd etiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.02.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining maqomi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.09.00.00 Deputatlar va Senat aʼzolari / 01.09.03.00 Oliy Majlis Senati aʼzosining maqomi;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisiga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Senati aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputati boʻlish, kasaba uyushmalari, shuningdek siyosiy partiyalar aʼzosi boʻlish hamda ularning faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) pedagogik, tibbiy, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyatdan tashqari, haq toʻlanadigan faoliyat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, tijorat tashkilotining rahbar organi yoki kuzatuv kengashi tarkibiga kirish, bundan mazkur faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻz xizmat faoliyatining moddiy-texnikaviy, moliyaviy va axborot taʼminoti vositalaridan, boshqa davlat xizmat mol-mulkidan va xizmat axborotidan xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarining normal faoliyat koʻrsatishiga hamda ular mansabdor shaxslarining oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qiladigan harakatlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) oʻz xizmat mavqeyidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish, shu jumladan mansabdor va boshqa shaxslar bilan til biriktirish yoʻli bilan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmogʻida oʻz xizmat faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan foto-, audio-, videomateriallarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qoʻriqlanadigan shaxslar bilan xizmat zaruriyatisiz muloqotda boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining xizmat faoliyati inobatga olingan holda, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining idoraviy hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa cheklovlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berish
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtashning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda, qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalarida maxsus oʻqitish talab qilinmaydigan serjantlar tarkibidagi lavozimlarda (ish yuritish, moddiy-xoʻjalik, moliyaviy, texnikaviy, transportga, sportga, tibbiy taʼminotga, kadrlarga oid faoliyat, axborot-maʼlumot berish faoliyati) boʻlgan harbiy xizmatchilariga harbiy unvon, basharti u oʻziga biriktirilgan uchastkalarda oʻz majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarsa, boʻlinmalar boshliqlarining iltimosnomasiga koʻra beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich “leytenant” ofitserlik harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi, oliy maʼlumotli, ofitserlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilariga — lavozimga tayinlanganidan keyin uch oy oʻtgach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) haqiqiy harbiy xizmatga ofitserlar tarkibidagi lavozimga kirgan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan oliy maʼlumotli shaxslarga — lavozimga tayinlanganidan keyin olti oy oʻtgach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) serjantlar tarkibidagi, oʻrta maxsus maʼlumotli, ofitserlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan va majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarayotgan harbiy xizmatchilarga alohida hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining qaroriga koʻra — lavozimga tayinlanganidan keyin kamida oʻn ikki oydan soʻng.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiradan qabul qilingan yoki boshqa davlat organlaridan oʻtkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi lavozimiga tayinlashda ularga qonunchilikda belgilangan teng darajadagi harbiy unvon qayta attestatsiyadan oʻtkazish tartibida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi maxsus unvonda boʻlganlik muddati navbatdagi harbiy unvonni berish uchun xizmat qilgan yillari muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining maxsus unvonga ega boʻlgan, harbiy xizmatga kirgan paytida teng darajadagi harbiy unvon berilmagan harbiy xizmatchilariga maxsus unvondagi xizmat (ish) davri keyinchalik qayta attestatsiyadan oʻtkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qoʻshib hisobga olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida chet davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini taʼminlash va saqlab turish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida rejali asosda jangovar va maxsus tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlar, shuningdek har yili kasbga yaroqlilikni tekshirish tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari jismoniy kuchni, maxsus vositalarni, sovuq va oʻqotar qurolni qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga yaroqlilik nuqtai nazaridan maxsus tayyorgarlikdan, davriy tekshiruvdan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.09.00 Harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti;
6.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.04.00 Xizmatni alohida sharoitlarda oʻtaganlik bilan bogʻliq imtiyozlar;
7.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.03.00 Ijtimoiy himoya va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha bitimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishni mehnatga munosib haq toʻlashni belgilash, uy-joy hamda yer uchastkalari bilan taʼminlash, imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish, ularning sogʻligʻi hamda mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, davlat pensiya taʼminotini berish, harbiy xizmatchilarga, pensionerlarning belgilangan tarkibiga va ularning oila aʼzolariga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, ijtimoiy yordam berish hamda ijtimoiy himoyaning boshqa turlari bilan taʼminlash orqali kafolatlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy sugʻurta qilinadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlgan, yuqori kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga va sogʻligʻining holatiga koʻra kelgusida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan harbiy xizmatchilariga haqiqiy harbiy xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi tomonidan ular bilan oʻn yilgacha boʻlgan muddatga yangi kontrakt tuzish orqali bir necha bor uzaytirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining haqiqiy harbiy xizmatga rezervdan yoki zaxiradan ixtiyoriy tartibda qabul qilingan harbiy xizmatchilar, shuningdek qabul qilinguniga qadar harbiy xizmatga majbur boʻlmagan, kalendar hisobida oʻn yil xizmat qilgan ayollar ofitserlik unvonida boʻlgan chogʻida boʻshatilgan taqdirda, ularning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotining kunduzgi oʻquv shaklida oʻqigan vaqti ushbu oʻqishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular haqiqiy harbiy xizmatga qaysi harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha tayinlangan boʻlsa, oʻsha mutaxassislikka muvofiq boʻlgan lavozimlardagi ish staji ham ushbu ishning bir oyi xizmatning bir oyiga tenglashtirilgan holda haqiqiy harbiy xizmat muddatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida xizmatni oʻtash chogʻida halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining oila aʼzolari, halok boʻlgan (vafot etgan) shaxs xizmat qilgan yillardan qatʼi nazar, unga berilgan xizmat turar joyini bepul xususiylashtirish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlat organlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga oʻtkazish tartibida qabul qilingan va maxsus unvonga ega boʻlgan shaxslar uchun oldingi maxsus unvonda boʻlish muddati imtiyozli uzoq muddatli ipoteka va avtokreditlar berish uchun xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga qonunchilikda harbiy xizmatchilarga nisbatan belgilangan boshqa ijtimoiy kafolatlar va imtiyozlar ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida hokimiyat vakillari hisoblanadi va davlat himoyasida boʻladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.03.00 Maʼmuriy jazolar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilish, ularning shaʼni va qadr-qimmatini haqorat qilish, ularga qarshilik koʻrsatish, ularga nisbatan tahdid yoki zoʻrlik qilish, xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ularning hayotiga, sogʻligʻiga va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.06.00.00 Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi / 05.06.02.00 Xodimga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi / 05.06.02.05 Xodimning mol-mulkiga yetkazilgan zararni toʻlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini yoki xizmat burchini bajarishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan toʻliq hajmda qoplanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yigʻim va imtiyozlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari xizmat safariga yuborilganda, boʻsh joy mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, transportning barcha turlariga yoʻl chiptalarini navbatsiz olish va mehmonxonalarga navbatsiz joylashish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ularning xizmat majburiyatlari jumlasiga kirmaydigan vazifalarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi. Bevosita va toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlaridan tashqari, hech kim ularning xizmat faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi bevosita hamda toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlarining oʻziga nisbatan qabul qilinadigan qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.02.00 Protsess ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari. Sud ish yurituvida qatnashishga monelik qiladigan holatlar. Rad qilishlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash vaqtida daxlsizlikka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchisi xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining vakili ishtirokisiz yoki sudning qarorisiz uni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishga, uning yonidagi ashyolarni, uning foydalanuvidagi transport vositalarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan uning jinoyat sodir etishi chogʻida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin ushlanganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini ishga joylashtirish kafolatlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.05.00 Harbiy xizmatdan boʻshatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan boʻshatilgan taqdirda ularga harbiy xizmatga qabul qilinguniga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, avvalgi ishi (lavozimi) mavjud boʻlmaganda esa ularning mutaxassisligi hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlaridagi oʻzga teng darajadagi ish (lavozim) birinchi navbatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining formali harbiy kiyim-boshi
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari belgilangan namunadagi formali harbiy kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy mol-mulk bilan budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilariga harbiy xizmatdan boʻshatilayotgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining buyruqlari bilan formali harbiy kiyim-bosh kiyish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining xodimlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mehnatga oid huquqlari va erkinliklarining davlat kafolatlari, qulay mehnat sharoitlarini yaratish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moliyaviy taʼminoti
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida budjetdan tashqari jamgʻarmalar tuzilishi mumkin, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika taʼminoti
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini joylashtirish yoki uning boʻlinmalarini joylashtirish uchun moʻljallangan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanishga transport vositalarini va boshqa mol-mulkni davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, tashkilotlardan, fuqarolardan qabul qilib olishga haqli.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruvidagi binolar, imoratlar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk, mazkur binolar, imoratlar, inshootlarga tutash suv obyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan yaratilgan yoki olingan mol-mulk, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga berilgan yer uchastkalari davlat mulkidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikda belgilangan tartibda shakllantiriladigan xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining taʼminotida boʻladigan vositalar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati axborot-kommunikatsiya tizimlarini, shuningdek axborotning himoya vositalarini, shu jumladan kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqadi, yaratadi hamda ulardan foydalanadi, ularning xavfsizligini taʼminlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarining shu kabi tizimlaridan qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash manfaatlarini koʻzlab, qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishi, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda texnik jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishga ijozat beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan oʻtadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining hujjatlari va materiallari idoraviy arxivda saqlanishi lozim.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tarixiy va ilmiy ahamiyatga molik arxiv materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqariladi hamda saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining ramzlari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bayroqqa, emblemaga va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining ramzlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining javobgarligi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, qoʻriqlanadigan shaxslar va boshqa fuqarolar haqidagi, oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan maʼlum boʻlib qolgan axborotni (shaxsga doir maʼlumotlarni) tarqatganligi, shuningdek ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan cheklovlarni buzganligi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.03.00 Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchisining gʻayriqonuniy harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati tomonidan budjetdan tashqari maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi va ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) oʻz huquqlari cheklanishiga sabab boʻlgan, oʻzlariga maʼnaviy ziyon yoxud moddiy zarar yetkazgan deb hisoblasa, ushbu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan mazkur organning mansabdor shaxslariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yoki sudga qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati ustidan nazorat
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror nazoratining predmeti boʻlgan masalalar boʻyicha maʼlumotlar tegishli prokurorga qonunchilikda belgilangan asoslarda va tartibda taqdim etiladi. Prokurorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida oʻziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-700-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/700/0637-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)