01.07.2021 yildagi 412-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJning tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga “Oʻztransgaz” AJ tomonidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undirilishi tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻztransgaz” AJ ushbu qaror qabul qilinguniga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi tashkilotlarga shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsiyent qoʻllanmagan holda qayta hisoblab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 105-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“105. Isteʼmolchi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va gaz taʼminoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda, isteʼmolchidan (ushbu qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar bundan mustasno) shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi. Vujudga kelgan qarzdorlik uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilanadigan strategik tashkilotlar gaz taʼminoti tashkilotiga toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati oʻtgan summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan isteʼmolchilar gaz taʼminoti tashkilotiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda penya toʻlaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zammasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 09/21/412/0630-son; 06.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)