Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 26-iyun 2021-yil roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-3]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 57-modda) 2-bandidagi “2021” raqami “2022” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyun,
37-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2021-y., 10/21/3124-3/0609-son)