28.06.2021 yildagi O‘RQ-697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 22-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yoʻsinidagi xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga maʼlum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni koʻrsatish uchun zarur boʻlsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan oʻzini tiyishi shart boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasida bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 8-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni, agar bu maʼlumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur boʻlsa, olishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 9-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar oʻz ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 12-moddaning birinchi qismidagi “prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga” degan soʻzlar “prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar toʻplash — tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish uchun hujjatlarni, materiallarni, maʼlumotlar bazalarini oʻrganish, shuningdek soʻrovnomalar yuborish orqali jismoniy va yuridik shaxslar, faktlar va holatlar haqida ahamiyatga ega boʻlgan axborotni, shu jumladan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olishga qaratilgan tadbir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 16-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar va boshqa soʻzlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik joʻnatmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga boʻlgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisidagi axborotni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarining oʻtkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida yoʻl qoʻyiladi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 21-moddaning birinchi qismi “abonentlar yoki abonent qurilmalari oʻrtasidagi bogʻlanishlar toʻgʻrisida axborot” degan soʻzlardan keyin “hamda bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-697-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)