Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ VA XIZMAT KOʻRSATGAN ARTISTLARINING ISH HAQI VA PENSIYALARIGA USTAMALAR BELGILASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining xalq va xizmat koʻrsatgan artistlarini ijtimoiy himoya qilish va ularning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 274-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Sobiq Ittifoq farmonlariga muvofiq “SSSR xalq artisti” faxriy unvoniga ega boʻlgan shaxslarga ustama haq “Oʻzbekiston xalq artisti” darajasida toʻlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur maqsadlar uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-dekabr,
600-son