Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4135-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
393-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-oktabrdagi 491-son qarori 15-bandining birinchi xatboshisidagi va 20-bandidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 22-maydagi 225-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisidagi, 6 va 8-bandlaridagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 6-bandining “a” kichik bandidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning 10-bandi yettinchi xatboshisidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-sonli qaroriga asosan 2022-yil 30-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/625/0973-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-maydagi 129-son qarorida:
a) 1-banddagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 9-ilova 4-pozitsiyasining “Kasbiy tavakkalchilik klasslari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari (kichik tarmoqlar)” ustunidagi “Tashqi savdo vazirligining tashqi savdo tashkilotlari” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-iyundagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Giyohvandlikning oldini olish va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida xorijiy, xalqaro tashkilotlar yoki chet el davlatlari, shuningdek boshqa yuridik shaxslar tomonidan moliyalashtiriladigan texnik koʻmaklashish loyihalari/dasturlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning “Ekspertiza organlari” ustunidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Import qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar tatbiq qilinmaydigan dorivor vositalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
a) 4-banddagi “Oʻzbekekspertiza” OAJ” soʻzlari “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Tashqi savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzekspertiza” AJ” soʻzlari “Oʻzbekekspertiza” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari yarmarka savdosini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 377-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 1-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “MVT” abbreviaturasi “Mininvestvneshtorg” abbreviaturasi bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar haqida” 2013-yil 23-yanvardagi 16-son qarorining 2-bandidagi “Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el noharbiy kemalari va harbiy kemalarning Oʻzbekiston Respublikasi ichki suvlariga, portlariga (reydlariga) kirishi hamda u yerda boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matni 39-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “vneshney torgovli” soʻzlari “investitsiy i vneshney torgovli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) Oʻzbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 26-noyabrdagi 321-son qarorining rus tilidagi matnining 6-bandidagi “vneshney torgovli” soʻzlari “investitsiy i vneshney torgovli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 5-maydagi 143-son qaroriga 2-ilovada:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari”;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-avgustdagi 262-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga birinchi navbatda ulanadigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatining “Vazirliklar” boʻlimi 14-bandidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimiga kiruvchi teleradiokanallar efirini yuqori sifatli tele-radio mahsulotlari bilan toʻldirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 23-avgustdagi 272-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Ministerstve vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan” soʻzlari “GUP “Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix kontraktov” pri Ministerstve ekonomicheskogo razvitiya i sokrasheniya bednosti Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatida:
a) 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi*”;
b) 365-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) izohning ikkinchi xatboshisidagi “23 va 26-bandlarda” soʻzlari “23, 26 va 27-bandlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi Reglamentiga ilovaning 7-pozitsiyasi “Maʼlumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar” ustunidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-oktabrdagi 867-son qarorida:
a) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 7-pozitsiyasi “Masʼul bajaruvchilar” ustunidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatida:
a) “2. Vazirliklar” boʻlimining 2-bandidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “3. Davlat qoʻmitalari” boʻlimining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 30-dekabrdagi 1042-son qarorining rus tilidagi matnining 2-bandidagi “vneshney torgovli” soʻzlari “investitsiy i vneshney torgovli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi 169-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahrida yangi zamonaviy kompleks — “Ni-tech city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markazni (keyingi oʻrinlarda — “Ni-tech city” markazi”)”;
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidan “Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa yoʻli va Sandiqqoʻrgʻon koʻchalari bilan chegaradosh hududda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati* 7-bandidagi “Tashqi savdo” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-avgustdagi 668-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarining ish samaradorligini baholash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimlari rahbarlari”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tanlovni tashkil etish boʻyicha masʼul hisoblanadi)”;
7-banddagi “Qoʻmita” soʻzi “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish departamenti” soʻzlari “Vazirlikning Investitsiya muhitini rivojlantirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
13-banddagi “Qoʻmitaga” soʻzi “Vazirlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Qoʻmitaning” soʻzi “Vazirlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
ilovaning “Masʼullar” va “Tadbirlar” ustunlaridagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish departamenti” va “Qoʻmitaga” soʻzlari tegishlicha “Vazirlikning Investitsiya muhitini rivojlantirish boshqarmasi” va “Vazirlikka” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion faoliyatni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi 721-son qarorining 9-bandi birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qoʻshimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 2-oktabrdagi 785-son qarori 4-bandining yettinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 17-oktabrdagi 832-son qarorining 8-bandidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini takomillashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 902-son qarorining 8-bandidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-noyabrdagi 942-son qarori rus tilidagi matnining 5-bandidagi “Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po investitsiyam” soʻzlari “Ministerstvu investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-noyabrdagi 952-son qarorining 7-bandidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-noyabrdagi 970-son qaroriga 2-ilova rus tilidagi matnining “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskominvestitsii” soʻzi “Mininvestvneshtorg” soʻzi bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsiya markazi” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3833-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-dekabrdagi 988-son qarorida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 2-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
36. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida koʻp tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-dekabrdagi 991-son qarorining 3-bandi birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi 1007-son qarorining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oltinchi xatboshisidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qarorining 11-bandidagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-dekabrdagi 1057-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po investitsiyam” soʻzlari “Ministerstvu investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. O.B. Rustamov — zamestitel ministra investitsiy i vneshney torgovli, zamestitel rukovoditelya rabochey gruppi”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar birinchi oʻrinbosar va olti nafar oʻrinbosarga ega”;
b) 45-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari va uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik xizmati uchun oylik ustama haq toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):”;
v) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari faoliyatini taʼminlash va moliyalashtirish (shu jumladan, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish) Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti, viloyatlar hududiy budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat hokimliklari, tumanlar (shaharlar) xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hokimlari daromadlar prognozining orttirib bajarilishi va tegishli budjetlarning boʻsh qoldiqlari hisobiga Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) boʻlimlari xodimlari uchun moddiy ragʻbatlantirishning qoʻshimcha turlarini (ustama haq, qoʻshimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa toʻlovlar) belgilash huquqiga ega”.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 2-fevraldagi 66-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 9-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Eksport kontraktlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1006-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 294-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-apreldagi 297-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 91-modda) ilovaning 21-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish haqida” 2018-yil 29-oktabrdagi 887-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 227-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro moliya institutlari mablagʻlaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi 40-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-avgustdagi 661-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 8-son, 179-modda) ilovaning 54-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son, 29.10.2022-y., 09/22/625/0973-son; 01.01.2023-y., 09/23/733/0006-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)