22.06.2021 yildagi 388-son
Hujjat 22.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, hududlardagi aholi ongida tadbirkorlik orqali hayot tarzini yaxshilashga intilish hissini uyg‘otish hamda bu borada ularni rag‘batlantirish va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni va tadbirkorlikka jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi o‘rnatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq ajratilgan 2 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘lar hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng aholi qatlamlarini tadbirkorlikka o‘qitish va ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat kompleks dasturlarini amalga oshirish uchun qarz ajratish bo‘yicha tanlov 2021-yil 20-iyulga qadar e’lon qilinadi va 2021-yil 1-avgustga qadar o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. NTTlar elektron reyestrga kirishlari uchun mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob berishlari kerak.
NTTlar xabarnoma olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida, kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, Inspeksiya ularning ma’lumotlari va ro‘yxatini ikki ish kuni ichida takroran vakolatli davlat organiga kiritishi mumkin.
NTTlarning mazkur nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi, shuningdek, taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi idoralararo elektron hamkorlik orqali tekshiriladi, zarur hollarda, vakolatli davlat organining hududlardagi vakolatli ofislarining mas’ul xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nodavlat ta’lim tashkilotlar
(keyingi o‘rinlarda — NTT)

Elektron reyestrga kiritish, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarida ishtirok etishi uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ariza taqdim etadi.

Har yili
1-noyabrga qadar

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya)

Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga ko‘ra NTTlar ro‘yxati shakllantiriladi hamda ro‘yxat va NTTlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va hujjatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni ri�ojlantirish agentligiga ko‘rib chiqish, elektron reyestrga kiritish uchun yuboriladi.

Har yili
1-dekabrga qadar

3-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Vakolatli davlat organi)

Inspeksiya tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar va hujjatlar nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida o‘rganib chiqiladi, belgilangan talablar ta’minlanmagan taqdirda, NTTlar elektron reyestrga kiritilmaydi, bu haqda Inspeksiyaga yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi, taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi.

2 ish kuni ichida

4-bosqich

Inspeksiya

Hujjatlar qaytarilganligi to‘g‘risida tegishli NTTlarni xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

NTT

Kamchiliklar bartaraf etilib, nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tegishli ma’lumotlar va hujjatlar Inspeksiyaga qayta taqdim qiladi.

Xabarnoma olingan kundan boshlab
3 ish kuni ichida

6-bosqich

Inspeksiya

NTTlar tomonidan qayta taqdim qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib, ma’lumot, hujjatlar hamda ro‘yxatni vakolatli davlat organiga takroran yuboradi.

2 ish kuni ichida

7-bosqich

Vakolatli davlat organi

Takroran taqdim etilgan ro‘yxat, ma’lumot va hujjatlar nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Qayta ko‘rib chiqilgan ro‘yxatni umumlashtirgan holda NTTlarning elektron reyestrini shakllantiradi.

Belgilangan tartibda

Har yili
1-yanvarga
qadar

8-bosqich

NTT

Elektron reyestrga kiritilgan NTT tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari va vakolatli davlat organining hududlardagi vakolatli ofislariga rasmiy xabarnoma yo‘llaydi.

(Xabarnomada o‘qitish joyi, o‘qitish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi va tinglovchilari ro‘yxati ilova qilinadi.

NTTlar o‘quv dasturlari doirasida tinglovchilarni shartnoma va to‘lov asosida o‘qishga qabul qiladi).

O‘quv kurslari boshlanishidan kamida uch kun oldin

9-bosqich

NTT

Yuqori malaka va tajribaga ega mutaxassislar, o‘qituvchilar, ustalar va murabbiylar tomonidan zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilgan holda an’anaviy usulda o‘quv kurslarini olib boradi.

Belgilangan muddatlarda

10-bosqich

NTT

NTTlar tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlariga bitiruvchilarni test sinovidan o‘tkazishni tashkil etish uchun rasmiy xabarnoma taqdim etadi.

O‘quv kurslari yakunlanishidan ikki kun
oldin

11-bosqich

Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi

O‘quv kurslari yakunlariga ko‘ra bitiruvchilarni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari va boshqa tegishli hududiy tashkilot (idoralar)ning vakillarini jalb qilgan holda real vaqt (onlayn) rejimida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini qo‘llagan holda test va imtixon sinovidan o‘tkazadi.

Shuningdek, zaruriy hollarda, tinglovchilardan amaliy imtihonlar ham oladi.

Belgilangan muddatlarda

12-bosqich

NTT

Yakuniy imtixon sinovlari natijasida 71 va undan yuqori ball to‘plagan bitiruvchilarga sertifikat beradi.

Belgilangan muddatlarda

13-bosqich

NTT

Sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilarga kasb-hunar hamda tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha sarflagan xarajatlarini qoplab berish uchun nizomning 21-bandida qayd qilingan hujjatl�rni ilova qilgan holda Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ga rasmiy murojaat qiladi.

Shartnomaga muvofiq

14-bosqich

Jamg‘arma va NTT

Murojaatnoma va hujjatlarni ko‘rib chiqish yakunlari asosida o‘zaro shartnoma tuzadi.

O‘zaro belgilangan muddatlarda

15-bosqich

Jamg‘arma

Agarda hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, NTT bilan shartnoma tuzmaydi va bu haqda NTTni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi hamda taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.

(NTTlar kamchiliklarni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilishga haqli).

Bir ish kuni ichida

16-bosqich

Jamg‘arma

NTTlarga belgilangan kompensatsiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Shartnoma tuzilgan kundan boshlab
uch ish kuni mobaynida

17-bosqich

NTT

Jamg‘armadan olingan kompensatsiya mablag‘larini sertifikat olgan bitiruvchilarga qaytarib beradi.

Mablag‘ kelib tushgan kundan boshlab
ikki ish kuni mobaynida

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son qaroriga muvofiq joriy etilgan tizim asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki va aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — bank) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan, yoshlar va xotin-qizlar, shuningdek, mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Qarz oluvchilar)

Kredit olish uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki yoki aksiyadorlik-tijorat Xalq bankiga elektron ariza bilan murojaat qiladi.

Bunda, qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, mikrokredit olish huquqini beruvchi sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi.

(Mijoz va bank munosabatlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali bank filialiga yoki bank xizmatlari markaziga tashrif buyurish, “Call” markazga murojaat qilish, SMS xabarnoma jo‘natish, bankning internetdagi sahifasi orqali murojaat qilish, shuningdek, “Telegram.bot” orqali amalga oshiriladi).

Belgilangan mudda�larda

2-bosqich

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, aksiyadorlik-tijorat Xalq banki (keyingi o‘rinlarda — Bank)

Kredit olish bo‘yicha bankning eng qulay filiali yoki bank xizmatlari markaziga murojaat qilish va tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qarz oluvchiga taklif jo‘natadi.

Shuningdek, skoring tizimi asosida loyihani moliyalashtirish yuzasidan ijobiy yoki salbiy qaror chiqaradi, qaror nusxasini qarz oluvchiga va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)ga taqdim etadi.

Ariza bankka kelib tushgan kunning keyingi kunidan kechikmasdan

3-bosqich

Bank

Qarz oluvchilarga kreditlarni ajratadi

(Jismoniy shaxslar, xususan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 mln so‘mgacha;

mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga 225 mln so‘mgacha.

Kreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Qarz oluvchilarga kreditlar ularning talabiga binoan jami kredit summasining 50 foizidan oshmagan miqdorda naqd pulda ajratiladi.

Qarz oluvchi va bank o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq

4-bosqich

Bank

Qarz oluvchiga ajratilgan kreditni maqsadli ishlatilishi yuzasidan kreditdan foydalanishning muddati davomida monitoringni amalga oshiradi. Bunda, kreditning maqsadli ishlatilishi yuzasidan tuzilgan dalolatnoma nusxasini bank elektron platformasiga biriktirib boradi.

Kredit to‘liq so‘ndirilgunga qadar

5-bosqich

Bank

Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik yoki kredit mablag‘larini talon-taroj qilinganlik holatlari aniqlangan taqdirda, kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini yoki talon-taroj qilingan summani belgilangan tartibda qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.

Qarzdor kredit bo‘yicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida to‘lashdan bosh tortgan hollarda, choralar ko‘radi.

Qarz oluvchining garov ta’minoti kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulkiga qaratishi mumkin.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda

6-bosqich

Bank

Qarz oluvchilar, ularning qarzdan foydalanish yo‘nalishlari va natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlarni Agentlikka taqdim etib boradi.

Har oyning 5 sanasiga qadar

Keyingi tahrirga qarang.
4. Agentlik tomonidan mazkur nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qarz ajratish NNTlar orasida ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
NNTlar tanlovda ishtirok etish uchun Agentlikka murojaat qiladi hamda mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)

Yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish hamda ularga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan kompleks dasturlari uchun qarz ajratish bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

(Tanlov o‘tkazilishi uchun kamida ikkita taklif kelib tushgan bo‘lishi lozim. Agarda belgilangan miqdordagi taklif kelib tushmasa, tanlov qaytadan e’lon qilinadi).

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish uchun Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi vakillaridan iborat tarkibda tanlov komissiyasi tuzadi.

(Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalari Komissiya tomonidan tasdiqlanadi).

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Agentlik

Tanlovlar bo‘yicha e’lonlar va ma’lumotlar, shuningdek, tanlovlarning natijalari hamda nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablag‘larning taqsimlanishi, ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Agentlikning rasmiy veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritib boradi. Tanlovni oshkoralik va ochiq-oydinlikni ta’minlash prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Tanlov o‘tkazilgunga qadar

3-bosqich

Nodavlat-notijorat tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — NNT)

Tanlovda ishtirok etish uchun Agentlikka murojaat qiladi hamda nizomning 4-bandida nazarda tutilgan asosiy mezonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

4-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlovni o‘tkazadi.

Har yili 1-avgustga qadar

5-bosqich

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma

Tanlov natijalari asosida g‘olib deb topilgan NNTlar bilan ijtimoiy sheriklik bo‘yicha shartnoma tuzadi.

Tanlov komissiyasi reglamenti va tanlov qoidalariga asosan

6-bosqich

Jamg‘arma

Shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi qarzni NNT maxsus xisobvarag‘iga qarzni to‘liq o‘tkazib beradi.

(Tadbirkorlik faoliyati va daromad olishga qaratilgan maqsadlar uchun bir qarz oluvchiga 25 mln so‘mgacha miqdorda 5 yil muddatga, jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan yillik 4 foiz stavkada qarz ajratiladi).

Shartnoma tuzilgandan keyin o‘n ish kuni ichida

7-bosqich

NNT

Ajratilgan qarzlarning hamda mikrokredit tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobidan yoshlar va xotin-qizlar tomonidan olingan mikroqarzlarning maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Bunda mikroqarz olgan yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini doimiy kuzatib boradi hamda ularga maslahat va ko‘mak berib boradi.

Muntazam ravishda

8-bosqich

NNT

Monitoring va kuzatib borish natijalari yuzasidan Agentlikka batafsil axborot taqdim etib boradi.

Har oy yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar

9-bosqich

Jamg‘arma

Qarz mablag‘laridan samarasiz va maqsadsiz foydalanganlik holatlari aniqlaganda NNTdan resurslarning tegishli qismini va unga hisoblangan foizlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilishga haqli.

Bunda, Jamg‘arma NNTga akseptsiz talabnoma qo‘yadi. Ushbu talablar shartnomada ko‘rsatiladi.

Shartnomaga muvofiq