28.05.2021 yildagi SQ-296-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragi yakunlari boʻyicha ijrosi “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonun va COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyo iqtisodiyoti pasayishi natijasida mamlakatda yalpi ichki mahsulot (keyingi oʻrinlarda “YAIM” deb yuritiladi) hajmi joriy qiymatda 128 trln 600 mln soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy oʻsish sanoatda 3,8 foizni, qurilishda 0,5 foizni, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 3,1 foizni hamda xizmatlar sohasida 2,8 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inflyatsiya darajasi yillik nisbatda 10,9 foizni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga (13,6 foiz) nisbatan 2,7 bandga sekinlashgan. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari yillik inflyatsiya koʻrsatkichi 5,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,1 foizga, xizmatlar esa 1,9 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga kamayib, 7 mln 100 ming AQSH dollarini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari 33 trln 900 mln soʻmni, xarajatlari esa 34 trln 100 mln soʻmni tashkil etib, Davlat budjeti taqchilligi 188 mlrd 200 mln soʻmni yoki YAIMga nisbatan 0,1 foizni tashkil etgan va prognoz darajasida bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga soliq qarzdorligi qariyb 2 trln 200 mlrd soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 679 mlrd 500 mln soʻmga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzning asosiy oʻsishi Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga ortiqcha toʻlovlar yil boshiga nisbatan 36 mlrd 100 mln soʻmga oʻsib, 186 mlrd 9 mln soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy xarajatlar miqdori 18 trln 200 mlrd soʻmni yoki jami xarajatlarning 53,3 foizini tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetida yuzaga kelgan 188 mlrd 200 mln soʻmlik taqchillik xalqaro moliya institutlaridan budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilingan mablagʻlar hisobiga qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetlar daromadlari 7 trln 911 mlrd soʻmga yoki rejaga nisbatan 116,3 foizga ijro etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi chorakda daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy budjetlarga qoʻshimcha 1 trln 110 mlrd soʻm manba shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisida tasdiqlangan nizomga binoan, barcha darajadagi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchilar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borish tartibi, muddati va shakllari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 2 ta vazirlik va 1 ta qoʻmita tomonidan (5%) tegishli maʼlumotlar rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan (Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, Davlat statistika qoʻmitasi), 31 ta vazirlik va idorada (51%) maʼlumotlar qisman joylashtirilgan boʻlsa, 27 ta (44%) vazirlik va idorada maʼlumotlar umuman joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilmasligi natijasida yetkazilgan zararni budjetdan qoplashda ham noqonuniy xarajatlar yuzaga kelib, bu kompensatsiya toʻlovlaridan qarzdorlikning yuqori miqdorda saqlanib qolishiga (hisobot davrida 130 mlrd 700 mln soʻm) hamda jismoniy va yuridik shaxslarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetlarda kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha 164 mlrd 800 mln soʻm qoʻshimcha qarzdorliklar yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijasida budjet mablagʻlaridan foydalanishda 211 mlrd 200 mln soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Sogʻliqni saqlash vazirliklari va “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tizimida budjet mablagʻlarini ishlatishda (23 mlrd soʻmdan — 43 mlrd 300 mln soʻmgacha) qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida qariyb 105,0 mlrd soʻmlik (Sirdaryo, Jizzax, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 20 mlrd soʻmdan — 40 mlrd soʻmgacha) noqonuniy xarajatlarga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axborotini eshitib va muhokama qilib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3210-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil birinchi chorakdagi ijrosi holatini, budjetga boqimonda qarzlar va ortiqcha toʻlovlarning hosil boʻlishi hamda ajratilgan mablagʻlarning noqonuniy, maqsadsiz ishlatilishiga yoʻl qoʻygan vazirlik, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining javobgarlik masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishda noqonuniy harakatlarga barham berish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar uchun kompensatsiya toʻlovlari yuzaga kelishi hamda qoplanishini tahlil qilish asosida budjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet shaffofligini taʼminlashdagi muammoli hududlarni aniqlab, natijalarini budjet ochiqligi boʻyicha hududlar reytingiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qaror ijrosi yuzasidan umumiy nazorat oʻrnatsin hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2021-yilning 1-avgust kuniga qadar Oliy Majlis Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy oʻsish surʼatlarini oshirishdagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash orqali budjetga soliq toʻlovlari manbalarini kengaytirish, hisoblangan soliqlarning toʻliq undirilishini taʼminlash, boqimonda qarzlar va ortiqcha toʻlovlarni kamaytirish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqib bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetida koʻzda tutilgan xarajatlarni muddatida moliyalashtirish va ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli, samarali foydalanish boʻyicha dastlabki hamda joriy nazorat olib borishning taʼsirchan choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlarini taqsimlashda tuman (shahar)lar budjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 10 foizini, 2021-yil 1-iyuldan esa kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish ishlarini samarali tashkil etish va natijalarini veb-saytlarda eʼlon qilib borish boʻyicha moliya organlari rahbar xodimlari masʼuliyatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet jarayonining shaffofligini taʼminlash maqsadida hisobotlarni birinchi darajali budjet taqsimlovchilarning barcha xarajatlari asosida shakllantirish hamda xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy intizomni mustahkamlash maqsadida noqonuniy xarajatlarga yoʻl qoʻyayotgan vazirlik va idoralar hisobchilari uchun alohida oʻqishlar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning ijrosi boʻyicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar Oliy Majlis Senatiga batafsil axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar roʻyxatini hamda loyiha qiymati va uning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari bir oy muddatda budjet mablagʻlarining maqsadsiz, noqonuniy sarflanishi holatlari bilan bogʻliq soʻngi uch yillik faoliyatini tahlil qilgan holda xato-kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini, unga masʼul xodimlar javobgarligini aniqlab, bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taklif ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi barcha darajadagi budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchilar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan maʼlumotlarning rasmiy veb-saytlarda joylashtirish holatini oʻrganib, natijasi boʻyicha 2021-yilning yakuni bilan Oliy Majlis Senatiga maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishda yoʻl qoʻyilgan moliyaviy xatolarga eʼtibor qaratsin hamda kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi hamda buzilgan turar joylar uchun kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari yoki investorlar hisobidan bartaraf etish choralarini koʻrib natijasi boʻyicha joriy yilning 5-avgustiga qadar Moliya vazirligiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari asosida mahalliy budjetlar qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 10 foizi, 2021-yil 1-iyuldan esa kamida 30 foizining fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovar hamda xizmatlar, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar roʻyxati va qurilish-taʼmirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan tadbirlar uchun mablagʻ ajratish holatlariga barham berish yuzasidan tegishli choralar koʻrib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash, hududning iqtisodiy oʻsish nuqtalarini inobatga olgan holda qoʻshimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha toʻlovlarga yoʻl qoʻymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha har chorak yakuni bilan xalq deputatlari Kengashida moliya va soliq idoralari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi Boyovut, Boʻston, Olot, Toʻraqoʻrgʻon, Qarshi tumanlarida va Kattaqoʻrgʻon shahrida 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlari hamda tegishli qarorlar ijrosi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazib, natijasini 2021-yilning iyun oyida va kelgusida ish rejaga muvofiq qoʻmita majlislarida muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. Narbayeva
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-296-IV-son