14.06.2021 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Navoiy viloyatlarining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, shu jumladan suvda dam olish va plyaj turizmini tashkil etish, mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimligining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida rekreatsion koʻllar hududini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekreatsion koʻllar hududida (keyingi oʻrinlarda — rekreatsion koʻllar hududi) 2021 — 2025-yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekreatsion koʻllar hududida turizm xizmatlarini rivojlantirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududining chegaralarini belgilasin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-dekabrga qadar loyiha institutlarini jalb etgan holda rekreatsion koʻllar hududining batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilgandan soʻng ikki oy muddatda rekreatsion koʻllar hududi va ularning atrofida yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish manzilli dasturini ishlab chiqsin va 2022 — 2024-yillarda investitsiya dasturiga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekreatsion koʻllar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rekreatsion koʻllar hududiga kirish nuqtasida tegishligicha Navoiy va Jizzax viloyatlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar rekreatsion koʻllar hududida ustuvor ravishda amalga oshiriladigan yoʻnalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini (plyaj va suvda dam olish turizmi, koʻllar qirgʻogʻi boʻylab sayr qilish yoʻlaklari, mehmonxona majmualari, sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar) barpo etish hamda turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning ekologik muhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda, turizmning alohida turlari, shu jumladan zamonaviy plyaj, faol va safari turizm hamda suv sporti turlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof-muhitga salbiy taʼsirini oldini olish va minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning transport logistikasini rivojlantirish, hududda transport harakatining yangi (avtobus, mikroavtobus, funikulyor va boshqalar) yoʻnalishlari hamda yoʻlovchi transportining harakatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar xavfsizligini hududni videokuzatuv tizimlar bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish va favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalarini qoʻllagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda rekreatsion koʻllar hududida hosil boʻladigan maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan bogʻliq ishlarni tizimli ravishda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida noqonuniy barpo etilgan bino va inshootlarni hamda noqonuniy faoliyat koʻrsatib kelayotgan subyektlarni aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida rekreatsion koʻllar hududida qutqaruv brigadasini va uning faoliyatini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida hosil boʻladigan maishiy oqovalarni olib chiqish va zararsizlantirish uchun unga eng yaqin boʻlgan maishiy oqovalarni tozalash inshootlariga olib borish yoki oqova suv tozalash inshootlarini qurish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda rekreatsion koʻllar hududida intellektual transport, geomaʼlumot tizimi va boshqa shu kabilarni nazarda tutuvchi xavfsiz turizmni taʼminlash konsepsiyasini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalik plyajlar hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish boʻyicha loyiha taklifini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda mutasaddi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosining doimiy nazoratini tashkil etish, ijrosi yuzasidan mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5 sanasiga qadar belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizm va sport vaziri A. Abduxakimov, Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov va Jizzax viloyati hokimi E. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 368-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi va Toʻdakoʻl koʻli rekreatsion koʻllar hududida 2021 — 2025-yillarda turizmni rivojlantirish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida (keyingi oʻrinlarda — rekreatsion koʻllar hududi) turizmni rivojlantirish konsepsiyasi maqsadi Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish, hududlar iqtisodiyotida turizmning oʻrni va hissasini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va transport logistikasini takomillashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, shuningdek, yangi turistik yoʻnalishlarni shakllantirish, aholining dam olishi uchun shart-sharoitlarni yaratish, turizm xizmatlari koʻrsatish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi bandligini taʼminlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlari hududida 45 ta zamonaviy mehmonxona hamda 150 ta mehmon uylarini tashkil etish rejalashtirilgan. Sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini taʼminlash maqsadida milliy urf-odat va anʼanalar, toʻy-marosimlar, koʻngilochar tadbirlar namoyish etish, tabiatga, shuningdek, madaniy-tarixiy maskanlarga sayohatlar uyushtirish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hududning turizm salohiyati va boy tabiiy resurslarini inobatga olgan holda, joylashtirish vositalari, sanatoriylar va dam olish maskanlari yetarli darajada rivojlanmaganligi, turistlarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining pastligi va sonining chegaralanganligi sababli yuqoridagi koʻrsatkichlar qoniqarsiz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya rekreatsion koʻllar hududini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi hamda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bob. Rekreatsion koʻllar hududini tashkil etish va rivojlantirishning asosiy chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur shart-sharoitlarga ega zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, maxsus, funksional va mavsumiy dam olish majmuasini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Rekreatsion koʻllar hududida zamonaviy mehmonxonalar, jumladan apart-mehmonxonalar, apart-uylar, butik-mehmonxonalar va boshqalarni oʻz ichiga olgan joylashtirish vositalari majmuasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Plyaj va sport turizmini rivojlantirish, tibbiy, shuningdek, ekstremal (paraplanlar va deltaplanlar) turizm bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish uchun yetarli turizm infratuzilma obyektlarini yaratish, zamonaviy dor yoʻllarini qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Suvda dam olish xizmatlari (suv changʻisi, akvaskiper, FlyBoard va boshqa) hamda madaniy-koʻngilochar markazlar (kinoteatrlar, karaoke-barlar, bouling, koʻngilochar markazlar va boshqalar) faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Rekreatsion koʻllar hududida zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Rekreatsion koʻllar hududida Wi-Fi zonalarini kengaytirish va barqaror faoliyat koʻrsatuvchi statsionar va uyali aloqa faoliyatini taʼminlash, turistik infratuzilma obyektlarida, shu jumladan mehmonxonalar, motel, kempinglar va dam olish, shuningdek, umumiy ovqatlanish va boshqa joylarda bank kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish uchun tadbirkorlik subyektlarini toʻlov terminallari bilan toʻliq taʼminlash hamda zaruriyatga koʻra bank xizmatlariga boʻlgan talabdan kelib chiqqan holda bankomatlarni oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Rekreatsion koʻllar hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini (MICE tourism) oʻtkazishga moʻljallangan kongress–xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan axborot markazlarini (“Visitor center”) tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Sport-sogʻlomlashtirish hamda boshqa turizm obyektlari, zamonaviy muhandislik infratuzilmalari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalarining erkin harakatini taʼminlash, hududda yangi turdagi transport harakatini joriy etish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Rekreatsion koʻllar va unga olib boruvchi respublika va mahalliy darajadagi yoʻllarini qurish va taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Turistlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Jizzax sh. — Arnasoy — Toshkent sh. hamda Jizzax sh. — Arnasoy — Samarqand sh. yoʻnalishi boʻyicha temir yoʻl orqali yoʻlovchi tashish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Xususiy transport vositasi bilan tashrif buyuruvchi turistlar uchun rekreatsion koʻllar hududida avtomobilni qoldirish va jamoat transporti tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida hududga kirishda maxsus avtoturargohlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Barcha yoʻnalishlarni qamrab oluvchi jamoat transportining ichki tarmogʻini rivojlantirish va rekreatsion koʻllar hududiga olib boruvchi turli xildagi transport vositalarining uzluksiz harakatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Jamoat transporti uchun alohida yoʻlaklarni tashkil yetish, barcha ijtimoiy guruhlar talablariga javob beradigan zamonaviy transport infratuzilmasini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Piyoda sayrlarni amalga oshirish uchun sharoitlar, rekreatsion koʻllar hududi boʻylab alohida trotuarlar, shuningdek, velosiped yoʻlaklari va veloturargohlar yaratish, velosiped ijarasi tarmogʻini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Tabaqalashtirilgan tariflar boʻyicha (shaxsiy transport vositalari uchun yuqori stavkalar, jamoat transporti va elektromobil vositalari uchun bepul) pullik avtoturargohlarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Elektromobillar, elektrobuslar va transport vositalarining gibrid turlaridan foydalangan holda alohida transport tarmogʻini shakllantirish, bunday transport vositalariga xizmat koʻrsatish uchun tegishli infratuzilma obyektlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm xizmatlarini tashkil etishda turistlarning hayoti va salomatligi xavfsizligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Koʻrsatiladigan turizm xizmatlari sifati va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Turistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Yakka va uyushgan turistlarning ommaviy jamlanadigan va murakkab tabiiy toʻsiqlarga ega joylarda hamda suv hududida profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, ogʻir ahvolda qolgan shaxslarga zarur yordam koʻrsatishga va turistlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan turistik nazorat va qutqaruv xizmatlari tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Turistlar uchun favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, shuningdek, qutqaruv xizmatlari, huquqni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam va “tezkor aloqa liniyasi” telefon raqamlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, rekreatsion koʻllar hududining Call-senter xizmatini ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Turistlarni potensial xavf-xatarlar haqida toʻliq va aniq axborot bilan taʼminlash maqsadida ogohlantirishning samarali tizimini yaratish, jumladan, turizm infratuzilma obyektlarida doimiy videokuzatuv tizimini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Rekreatsion koʻllar hududida loyiha boʻyicha rejalashtirilayotgan turistik obyektlar barpo etilib, zarur infratuzilma yaratilganidan soʻng, tashrif buyuradigan turistlar oqimidan kelib chiqqan holda ushbu hududda ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Rekreatsion koʻllar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, plyaj akvatoriyasini belgilash, kichik hajmli kemalar turadigan bazalarni (inshootlar) prichal va pirslar (kemalar bogʻlab qoʻyiladigan maxsus joylar)ni qurish ularni belgilangan tartibda jihozlash, shuningdek, qutqaruv postlarini tashkil etish ularning javobgarlik zonalarini belgilash, tibbiy yordam maskanlarini joylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi zamonaviy energiya tejovchi tizim va texnologiyalarni joriy etish orqali noyob ekologik tizimni saqlab qolish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Tungi vaqtlarda yoritish tizimlarini takomillashtirish, koʻchalarni yoritishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimidan foydalanish, shuningdek, boshqa zamonaviy usul va texnologiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Koʻchalar va piyoda yoʻllari orasida yashil maydonlarni yaratish, piyodalar yoʻllari boʻylab manzarali daraxtlar va gullar ekish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini minimallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ikkilamchi moddiy resurslarini va qattiq maishiy chiqindilarni alohida yigʻish va qayta ishlash tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Energiya tejamkorligini taʼminlash uchun energiya samarador texnologiyalardan foydalanish, jumladan, bino va inshootlarda energiya tejamkor yoritish va isitish asboblarini qoʻllash hamda elektr energiyasida ishlovchi oʻziyurar uskunalardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan kengroq foydalanish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investorning xarajatlarini qisman va toʻliq kompensatsiya qilish uchun mavjud mexanizmlardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, hududning turizm salohiyatini targʻib qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Real vaqt rejimida turizm xizmatlari koʻrsatish imkoniyatini beruvchi rekreatsion koʻllar hududining rasmiy veb-saytini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Rekreatsion koʻllar hududi haqidagi maʼlumotlarni “Vikipediya” saytida muntazam joylashtirib borish, turistik portallar (uzbekistan.travel va boshqa sohaviy saytlar) hamda ommabop ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Rekreatsion koʻllar hududining toʻliq geografik joylashuvini uning turizm obyektlari haqidagi maʼlumotlari bilan birga “Google Maps”ga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. QR-kodlar tizimini turizm yoʻnalishlari boʻylab joylashtirish, joylashtirish vositalari, jamoat transporti hamda madaniy-koʻngilochar va sport tadbirlari chiptalarini onlayn band qilish va sotib olish tizimlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Rekreatsion koʻllar hududining turizm salohiyati va mavjud turizm xizmatlarini xalqaro va respublika miqyosida faol targʻib qilish strategiyasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Rekreatsion koʻllar hududida mahalliy va xalqaro miqyosdagi madaniy-koʻngilochar, sport tadbirlari, yirik forum, konferensiya va boshqa MICE tadbirlarni oʻtkazish imkoniyatlarini targʻib qilish hamda muntazam tashkil etilishini taʼminlash maqsadida alohida targʻibot mexanizmini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Hududning turizm imkoniyatlaridan va koʻrsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib, rekreatsion koʻllar hududining tegishli turistlar guruhlari oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha marketing strategiyasi (targetlashtirilgan marketing)ni olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi yuqori malakali kadrlarni muntazam tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning malakasini mustaqil baholab borish tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Rekreatsion koʻllar hududida faoliyat koʻrsatuvchi personalning tegishli oʻquv maskanlari va taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida samarali koʻnikma va bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bob. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsion koʻllar hududini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishilishi kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Navoiy viloyatlarining boy turizm salohiyatidan samarali foydalanishga erishish, yangi turizm mahsulotlarini yaratish va faol targʻib qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududda turizm sohasini rivojlantirish uchun tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qila oladigan xalqaro darajadagi raqobatbardosh turizm va dam olish majmualarini yaratish, turizm sohasida tadbirkorlikning rivojlanishi, shu asosda turizm xizmatlari koʻrsatish sohasida yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholi bandligi va farovonligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har biri 5 yillik davrni oʻz ichiga olgan 3 bosqichda quyidagi natijalarga erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda, jami 204 oʻrinli 6 ta joylashtirish vositasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi. Bundan tashqari hududda kempinglar majmuasi, oʻtov lagerlari, sendvich panel va boshqa turdagi yengil konstruksiyalardan joylashtirish vositalari barpo etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichda, Aydarkoʻl atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sogʻlomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqichda, 300 oʻrinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari oʻtkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 oʻringa moʻljallangan avtotururgoh hamda savdo hududi barpo etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsion koʻllar hududiga birinchi bosqichning soʻnggida yillik 10 000 nafar turist tashrif buyurishi hamda 2040-yilda yillik turistlar soni 30 000 kishiga yetishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rekreatsion koʻllar hududi va unga olib boruvchi 271 km yoʻllarni taʼmirlash va qurish ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonining yillik oʻsishi tufayli koʻrsatiladigan turizm xizmatlari hajmining oʻsishi va 2025-yilgacha viloyatda jami turizm xizmatlari eksportini 600 ming AQSH dollariga yetkazishga yordam beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyundagi 368-son qaroriga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hamda Toʻdakoʻl koʻlida turizm xizmatlarini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Bajarish uchun masʼullar

I. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish

1.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi (keyingi oʻrinlarda — koʻllar) hududining turistik xaritasini yaratish.

1. Yagona turistik xaritani ishlab chiqish.

2021-yil 1-dekabr

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

2. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2021-yil 20-dekabr

2.

Koʻllar hududida suvda dam olish turlari va plyaj turizmini rivojlantirish.

1. Koʻllar hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish istagida boʻlgan tashabbuskor tadbirkorni aniqlash.

2021-yil noyabr

Tashabbuskor mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

2. Koʻllar hududida munosib yer maydonini aniqlash.

2022-yil yanvar

3.

Koʻllar tizimiga yoʻlovchilarni tashish uchun temir yoʻllarni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif tayyorlash.

1. “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimiga” kiruvchi eng yaqin temir yoʻl stansiyalarini aniqlash.

2021-yil iyul

-

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

2. Temir yoʻlni yotqizish boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga ega taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil avgust

4.

Koʻllar hududiga doimiy avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Toshkent — Arnasoy yoʻnalishi boʻyicha avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Tashabbuskor mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizm va sport vazirligi

2. Avtobus qatnovini belgilovchi qatnov jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

5.

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo tizimi orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan yer maydonlarida barpo etilgan turistik maskanlar infratuzilmasini yaxshilash.

1. Yer maydoniga tutash suvli qirgʻogʻidan koʻlning ichki qismi yoʻnalishi boʻyicha hududni tadbirkorga biriktirish.

2021-yil noyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Turizm va sport vazirligi

2. Biriktirilgan suvli maydonda toza plyaj hududini tashkil etish.

2021-yil dekabr

6.

Koʻllar tizimi Tuzkon koʻli qirgʻogʻining 97 va 98-sonli konturlari boʻylab velosiped, kvadratsikl, ot va tuyada sayr qilish hududlarini tashkil qilish.

1. 10 kilometr masofada 3 metr enlikdagi veloyoʻlaklarni barpo etish.

2. Veloyoʻlaklar boʻylab elektr chiroqlarini oʻrnatish.

3. Milliy va boshqa taomlarni tayyorlovchi koʻchma va tez pishar oshxonalarni tashkil etish.

4. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini targʻib qiluvchi suvinir va hunarmandchilik buyumlar savdosini yoʻlga qoʻyish.

5. Hududda sayohat marshrutlari mavjud oʻsimlik va hayvonot dunyosini ifodalovchi peshlavhalarni oʻrnatish (oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillarda).

6. Hududda dam olish oʻrindiqlari va chiqindi quti idishlarini barpo etish.

7. Velosiped, kvadratsikl, ot va tuyalarda sayir qilish uchun ular ijarasini tashkil etish.

2023-yil mart

Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

7.

Koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan turistik va boshqa tadbirlarda taqdimotlar oʻtkazish.

1. Xorijiy mamlakatlar uchun koʻllar tizimining turistik salohiyatini koʻrsatuvchi targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Xorijiy mamlakatlarda oʻtadigan koʻrgazmalarda koʻllar tizimining turistik salohiyatini targʻib qilish.

Doimiy

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

8.

Koʻllar tizimi hududida 97 va 98-sonli konturlarda suvda sayr qilish va choʻmilish hududlarini barpo etish.

1. Choʻmilish hududi chegarasini belgilash va xavfsizlik choralarini koʻrish.

2. Suvda suzish qurilmalarini barpo etish.

3. Choʻmilish anjomlarining ijarasini tashkil etish.

4. Choʻmilish hududi qirgʻogʻiga soyabonlar oʻrnatish.

5. Yaxna ichimliklar, muzqaymoqlar va boshqa xizmat turlarini tashkil etish.

2023 aprel

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi

9.

Avtotransportlar uchun avtoturargohlarni tashkil etish.

1. Avtotransport vositalari uchun kamida 0,2 ga maydonda avtoturargohlarni tashkil etish.

2. Avtoturargoh atrofida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarni tashkil etish.

2022-yil oktabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

10.

Koʻllar tizimi hududida tozalash, sanitariya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish.

1. Har oyning oxirgi shanbasida sanitar tozalash tadbirlarini tashkil etish.

Doimiy

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

2. Hudud atrofida iqlimga moslashuvchi daraxt va boshqa oʻsimlik turlarini ekish.

2022-yil mart

11.

Koʻllar tizimi hududida infratuzilma bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Forish tumani “Uchquloch” MFYdan Aydarkoʻl koʻligacha boʻlgan 10 km masofada elektr taʼminotining qoʻshimcha liniyalarini barpo etish.

2. Arnasoy tumani “Navroʻz” MFYda 1 dona qoʻshimcha transformator podstansiyasini oʻrnatish.

3. Koʻllar tizimi hududidan tanlangan 97 va 98-sonli kontur hududlariga toza ichimlik suv quvirini olib borish.

4. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektrenergiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish.

2023-yil sentabr

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi

12.

Xalqaro va respublika darajadagi madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish.

1. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish.

Loyiha ishga tushgandan soʻng

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

2. Baydarkada suzish musobaqalarini oʻtkazish.

Doimiy

13.

Koʻllar tizimi hududida havo sharlarida ekskursiyalarni tashkil qilish, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan yer usti transporti (“karavaning”) xizmatlari, “Baliqchilik” maktabi hamda “Zorbing-markaz” attraksionini tashkil qilish boʻyicha loyiha taklifi�i ishlab chiqish.

1. Takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentabr

Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar

2. Takliflar asosida belgilangan turistik-koʻngilochar obyektlarni tashkil qilish choralarini koʻrish.

2022-yil avgust

14.

Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun yozgi taʼtil davrida ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish va sayohatlar tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

2022-yil sentabrdan boshlab doimiy

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

15.

Koʻllar tizimining turistik salohiyatini targʻib qilish boʻyicha reklama mahsulotlari (buklet, broshyura, video) tayyorlanishini, turistik tashkilotlar va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etilishini taʼminlash.

1. Koʻllar tizimining jozibadorligi toʻgʻrisida reklama va videoroliklar tayyorlash.

2022-yil avgust

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan targʻibot materiallari (buklet, broshyura va boshqalar)ni tayyorlash.

3. Turizm sohasi subyektlari va OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

2022-yil sentabr

16.

Koʻllar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini yetishtirish, ixtisoslashtirilgan baliqchilik klasterlarini tashkil etish, turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Baliq va baliq mahsulotlarini yetishtiruvchi investorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2022-yil mart

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar direksiyasi

2. Koʻllar tizimida turizmni rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2022-yil aprel

17.

Koʻllar tizimining turizm salohiyatidan kelib chiqib, turpaketlar ishlab chiqish.

1. Hududning turizm salohiyatini inobatga olgan holda, turpaketlar (maʼlum vaqtga moʻljallangan va toifalangan narxlarda) yaratish.

2. Turpaketlarni internet tarmoqlari hamda sayohat tashkil qiluvchi korxonalarga taqdim qilish.

2022-yil sentabr

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

18.

Tashrif buyuruvchilar vaqtini samarali oʻtkazish va mahalliy aholi daromadini oshirish uchun turli xizmatlarni tashkil qilish.

1. Mahalliy aholini tadbirkorlikka jalb qilgan holda ovqatlanish, koʻngilochar, suvenir mahsulotlarini ishlab chiqishga jalb qilish.

2. Veloprokat, otda sayr qilish, baliq ovlash kabi xizmatlarni tashkil qilish.

3. Mahalliy aholi va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun xizmat sifatini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil qilish.

2022-yil sentabr

Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Jizzax viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

19.

Koʻllar tizimi atrofidagi mahallalarda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.

1. Mahallalarda targʻibot ishlarini amalga oshirish.

2. Tashabbuskorlar murojaatini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va amaliy ishlarda koʻmaklashish.

2022-yil iyul

-

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi

20.

Koʻllar tizimi hududida turizm obyektlari toʻgʻrisida oʻzbek, rus va ingliz tillarida maʼlumot beruvchi axborot koʻrsatkichlarini tashkil qilish.

1. Axborot koʻrsatkichlarini umumiy koʻrinishini (dizayn) tayyorlash.

2022-yil sentabr

Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda turizm obyektlari va turistlarga koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi axborot koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2023-yil mart

21.

Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida plyaj hududlarini tashkil qilish maqsadida kamida 50 ga boʻsh yer maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi boʻsh turgan kamida 50 ga yer maydonida har tomonlama qulay boʻlgan hududdan ajratish choralarini koʻrish.

2021 — 2023-yillar

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Kadastr agentligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi

22.

Tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida, Aydarkoʻl suv havzasida tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsion loyihalarning loyiha pasporti va smeta xarajatlarini ishlab chiqish.

1. “Aydarkoʻl” suv havzasiga tashkil etiladigan investitsion loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxatga asosan loyiha pasporti, eskizlari hamda smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

23.

Aydarkoʻl suv havzasidagi boʻsh yer maydonlari hamda tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozlar haqida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlar orqali keng yoritib borish.

1. “Aydarkoʻl” suv havzasidagi boʻsh yer-maydonlari roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil avgust

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

2. Suv havzalarida hamda yengil konstruksiya (kemping, oʻtovli lagerlar, koptiner)lar bilan tashkil etiladigan obyektlar uchun beriladigan subsidiya va grantlar haqida doimiy ravishda OAVlarida yoritib borish.

2021-yil sentabrdan boshlab doimiy

24.

Aydarkoʻl suv havzasida investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish.

1. Xorijiy davlatlar elchixonalariga koʻllar tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan investitsion loyihalarni taqdim etgan holda xorijiy investorlarni jalb qilish.

2. Mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

2022-yil noyabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

25.

Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻogʻi atrofida koʻllar tizimi uchun tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiyasi, isteʼmol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Maxsus loyiha instituti bilan birgalikda oʻrganish oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Suv xoʻjalik vazirligi

2. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.

2022-yil sentabr

3. Elektr tarmoqlarini taʼmirlash.

4. Mavjud transfarmatorlarni taʼmirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.

5. Elektr jihozlarini asossiz ishlatishni kamaytirish va qayta tiklanadigan elektr energiya manbalarini qoʻllash choralarini koʻrish.

6. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.

7. Tadbirkorlik subyektlariga suyultirilgan gaz yetkazib berilishini taʼminlash.

2023-yil iyun

26.

Aydarkoʻl suv havzasiga hamda sohil boʻyi dam olish maskanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrish.

1. 4R-57 Konimex-Aydarkoʻl avtomobil yoʻlining 121 qismidan Aydarkoʻl hududiga olib boruvchi 10 km yoʻlini taʼmirlash choralarini koʻrish.

2. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasiga olib boruvchi ichki avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, shagʻal toʻkish va asfalt yotqizish.

3. Nurota va Konimex tumanlaridan Aydarkoʻl suv havzasigacha boʻlgan avtomobil yoʻllarda turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.

2023-yil avgust

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi

27.

Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida plyaj turizmini rivojlantirish.

2. Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida plyaj turizmini rivojlantirish maqsadida xorijdan suv transport vositalari (karter, suv skuter va boshqalar)ni olib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

28.

Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Aydarkoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida Aydar-Arnasoy suv havzasining Navoiy viloyati qismidan Jizzax viloyati qismiga qadar boʻlgan masofada kemada sayr qilish xizmatini tashkil etish hamda Aydarkoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari uchun mini portlar tashkil qilish.

1. Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida suv marshrut reyslarini tashkil yetish maqsadida, Navoiy viloyatidan Jizzax viloyatigacha boʻlgan masofada suv sathini aniqlash.

2. Aydarkoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini portlar tashkil qilish.

3. Mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish ishlarini olib borish.

2023-yil iyun

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Jizzax viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

29.

Aydarkoʻl suv havzasiga tashrif buyurgan xorijiy va mahalliy sayyohlarni uzoq muddat qolishlarini taʼminlash hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.

1. Aydarkoʻl suv havzasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda kechki madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish.

2. Havaskorlik baliq ovlash sport tadbirlarini oʻtkazish.

3. Suv sport musobaqalarini oʻtkazish.

2022-yil iyul

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

30.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash.

1. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil dekabr

Ijrochi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish.

2022-yil mart

3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlash.

2023-yil aprel

31.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida mavjud hamda tashkil etilayotgan dam olish maskanlarining “Turistik xaritasi”ni ishlab chiqish.

1. Aydarkoʻl suv havzasi hududidagi obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Turistik xaritaga tegishli maʼlumotlar bazasini kiritish.

3. Xaritani yaratish uchun namunaviy dizayn loyihasini ishlab chiqish va tayyorlash choralarini koʻrish.

4. Turistik xaritani elektron shaklini mutasaddi idoralarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.

2022-yil may

Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

32.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari sonini koʻpaytirish ishlarini amalga oshirish.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sigʻimini inobatga olgan holda chiqindi qutilar sonini belgilash va oʻrnatishni tashkil qilish.

2022-yil mart

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi direksiyasi, Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi

33.

Aydarkoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

Suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida hamda qirgʻoq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish.

2022-yil iyul

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

34.

“Aydarkoʻl” suv havzasining turizm salohiyatini yoritib beruvchi videorolik, turli tillardagi targʻibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.

“Aydarkoʻl” suv havzasining turizm salohiyati hamda mazkur hududda mavjud dam olish maskanlari toʻgʻrisida vediorolik, turli tillardagi targʻibot hamda tarqatma materiallari (flayer, buklet va hokazo)ni tayyorlash.

2022-yil dekabr

Turizm sohasini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

35.

Yuz berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimini qurish, mavjudlarini takomillashtirish, shuningdek yuz berishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni oʻchirish uchun suv gidrantlari yoki suv hovuzlarini qurish va ularni jihozlash borasidagi vazifalarni belgilash.

1. Hududda joriy holatni oʻrganish.

2. Tashkiliy ishlar rejasini, talab etiladigan mablagʻlar hajmini va amalga oshirish muddatlarini aniqlash.

2021-yil avgust

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi

36.

“Aydarkoʻl” suv havzasi boʻylab “kruiz” — suvda sayohat turlarini tashkil etish.

1. Xorijiy va mahalliy tajribani oʻrgangan holda kruiz xizmatlarini tashkil etish yoʻnalishlarini belgilash;

2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda kemalarda sayohat tashkil etish choralarini koʻrish;

3. Tashkil etilgan kruizlarning keng taribotini amalga oshirish;

4. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining tanishtiruv sayohatlarini tashkil etish.

2023 yil may

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, Transport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

37.

“Abu Vakkos”, “Temir Darvoza”, “Zomin” milliy tabiat bogʻi, Nurota togʻ tizmalari, Xoji nuriddin madrasasi, “Aydarkul” koʻli manzillarini nazarda tutuvchi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish.

1. Tadbirkorlik subyektlari bilan yangi turizm mahsulotlarini ishlab chiqish;

2. Ishlab chiqilgan mahsulotlarni turizm sohasi subyektlari oʻrtasida keng tarib qilish;

3. Marshrut boʻylab qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilishini shakllantirish;

4. Yangi marshrut boʻylab umumiy yoʻlovchi tashuvchi transport harakatlanishini yoʻlga qoʻyish.

2022 yil may

-

Turizm va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi, Transport vazirligi

II. Toʻdakoʻl koʻli hududini rivojlantirish

38.

“Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida turizm infratuzilmasini tashkil qilish uchun kamida 50 gektar boʻsh yer maydonini ajratish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi har tomonlama qulay boʻlgan hududdan kamida 50 gektar boʻsh turgan yer maydonini ajratish choralarini koʻrish.

2022 yil mart

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Kadastr agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

39.

“Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida bir necha yillar avval aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganlarini aniqlash hamda mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish choralarini koʻrish.

“Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida qonuniy va noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan va bir necha yillar avval fuqaroga ajratilgan mazkur yer maydonlarida hech qanday turizm obyekti qurilmaganlarini roʻyxatdan oʻtkazib mazkur yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondiga qaytarish va ularni lotlarga boʻlib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali turizm sohasidagi tadbirkorlarga ajratish.

2022 yil may

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi

40.

“Toʻdakoʻl” suv havzasi qirgʻoqlari atrofida turizm infratuzilmasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan boʻsh yer maydonlarini lotlarga boʻlib “E-IJRO AUKSION” elektron tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish choralarini koʻrish.

Ajratilgan yer maydonini lotlarga boʻlib qisqa muddatlarda “E-IJRO AUKSION” tizimi orqali tadbirkorlarga ajratish va turistik infrastrukturani yaratish natijasida atrofdagi mahalliy aholini ish bilan taʼminlash hamda daromadini oshirish.

2022 yil dekabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va sport vazirligi

41.

Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻogʻi atrofida tanlangan boʻsh yer maydonida elektr energiya, isteʼmol gazi hamda ichimlik suvi kabi manbalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Elektr tarmoqlari uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.

2. Elektr tarmoqlarini taʼmirlash.

3. Mavjud transformatorlarni taʼmirlash va yaroqsiz holga kelib qolganlarini almashtirish.

4. Markazlashgan ichimlik suvi nuqtasini tashkil etish.

5. Isteʼmol gazi uchun markaziy gaz taqsimlash punktini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

42.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl suv havzasiga olib boruvchi 4R-69 yoʻl qismidagi uzunligi 85 km yoʻlning qoplamasi holatini toʻliq yaxshilash choralarini koʻrish.

1. Avtomobil yoʻllarini asfalt qilish.

2. Ichki koʻchalarni tekislash va shagʻal yotqizish.

3. Yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.

4. Yoritgichlar uchun tayanch ustunlarini oʻrnatish.

2023-yil iyul

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Navoiy viloyat hokimligi

43.

Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofini sayyohlar tashrifi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilgan holda qoʻshimcha xizmatlar (yengil konstruksiyali dam olish maskanlari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va koʻngilochar maskanlar, ekstremal turizm xizmatlari)ni tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Toʻdakoʻl suv havzasida tashkil etiladigan loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil may

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi huzuridagi Qurilish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

2. Loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

3. Mazkur loyihalarni tashkil etish maqsadida xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish.

2022-yil oktabr

4. Loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlarini joriy etish.

2022-yil dekabr

44.

Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlarida yangi texnologiyalarga asoslangan turli hildagi suv transportlari mavjud mini port tashkil qilish.

Toʻdakoʻl suv havzasida suv transportlaridan iborat mini port tashkil qilish uchun mazkur suv transportlarini Respublika hududiga olib kirish yuzasidan joriy qilingan imtiyozlardan keng foydalanish hamda tadbirkorlarga mazkur imtiyoz haqida tushunchalar berish.

2023 yil iyul

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

45.

Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning Toʻdakoʻl suv havzasi hududiga tashrif sonini oshirish hamda ularga bir qancha qulaylik yaratish maqsadida mazkur hududda temir yoʻl stansiyalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

Qiziltepa tumanining temir yoʻl stansiyasidan Buxoro viloyati temir yoʻl stansiyasiga qadar boʻlgan oraliqda Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidan oʻtuvchi stansiya tashkil qilish boʻyicha loyihalarning smeta hujjatlari va proyektlarini ishlab chiqish hamda uni qisqa fursatlarda amalga oshirish.

2023 yil mart

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

46.

Toʻdakoʻl suv havzasi qirgʻoqlari atrofida dam olish hamda plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish choralarini koʻrish.

1. Plyaj turizmini rivojlantirish boʻyicha ijobiy sinovdan oʻtgan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish.

2021-yil noyabr

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Navoiy viloyati hokimligi

2. Toʻdakoʻl suv havzasining oʻziga xosligini inobatga olgan holda hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, plyaj turizmini tashkil qilish va uni qisqa muddatlarda rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil fevral

47.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha dam olish maskanlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda 10 ga yaqin samarasiz faoliyat yuritayotgan katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini koʻrish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi barcha qonuniy va noqonuniy dam olish maskanlarini inventarizatsiya qilish hamda samarasiz va foydalanilmasdan kelayotgan 10 ga yaqin katta va kichik davlat obyektlarini xususiylashtirish choralarini koʻrish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi

48.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish va mavjudlarining holatini yaxshilash.

Sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish nuqtalari roʻyxatini shakllantirish.

2022 yil oktabr

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

Sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga boʻsh yer maydonlarini ajratish.

Sanitariya-gigiyena shoxobchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishini taʼminlash.

2023-yil mart

49.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida “Turizm xaritasi”ni ishlab chiqish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil etiladigan dam olish maskanlari roʻyxatini shakllantirgan holda xorijiy va mahalliy turistlarni oʻziga jalb qiluvchi innovatsion texnologiyalarga asoslangan yagona “Turizm xaritasi”ni joriy qilish hamda buning natijasida sayyohlarga bir qator qulayliklar yaratish.

2023 yil noyabr

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Turizm va sport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

50.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil etilayotgan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida chiqindi tashlash qutilari hamda oʻrindiqlar oʻrnatish, sonini koʻpaytirish va yoʻlaklarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofidagi dam olish maskanlarida uning umumiy sigʻimini inobatga olgan holda oʻrindiqlar hamda chiqindi qutilar sonini belgilash va oʻrnatish shuningdek velosipedda harakatlanish oson boʻlishi uchun maxsus yoʻlaklarni tashkil qilish.

2022-yil oktabr


2023-yil mart

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, “Toza hudud” DUK

51.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boʻladigan nuqtalarida hunarmandchilik mahsulotlari mavjud boʻlgan suvenir doʻkonlarini tashkil etish.

2023 yil aprel

Ijrochi va tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Navoiy viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

52.

Mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida internet sifatini yaxshilash hamda Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish choralarini koʻrish.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida tashkil qilingan dam olish maskanlarida sayyohlar gavjum boʻladigan nuqtalarida hamda qirgʻoq boʻyi sohillarida Wi-Fi nuqtalarini koʻpaytirish hamda tezligini oshirish.

2022 yil iyul

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

53.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga olib boruvchi yangi yoʻnalishni tashkil qilish hamda Navoiy shahar avtoshohbekatda mazkur yoʻnalishda qatnovchi avtotransport vositalari uchun boʻsh maydon ajratish choralarini koʻrish.

Navoiy shahridan Toʻdakoʻl dam olish hududiga kuniga ikki marta qatnaydigan yangi transport qatnovi yoʻnalishini tashkil qilish hamda avtoshoxbekatda mazkur yoʻnalish uchun alohida hudud ajratish.

2022 yil noyabr

Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan

Transport vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi

54.

Toʻdakoʻl suv havzasi atrofida velosiped yoʻlaklarini tashkil qilish, yoʻlaklar boʻylab tungi koʻcha yoritish tizimini oʻrnatish choralarini koʻrish.

Velosipedda harakatlanish uchun maxsus yoʻlaklarni tashkil qilish hamda ushbu yoʻlaklarda tungi yoritgichlarni oʻrnatish.

2022 yil noyabr

Ijrochi mablagʻlari hisobidan

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Navoiy viloyati hokimligi

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 09/21/368/0556-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)