Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2367-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 4-apreldagi 53-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2367, 2012-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 238-modda) bilan tasdiqlangan Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyun,
145-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-iyundagi 145-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) organlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilarini yechib olish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “2003-yil 31-yanvardagi 54-son” degan soʻzlar “2021-yil 9-martdagi 125-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-bandning birinchi xatboshisidagi “2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4 yoki 4a-ilovalariga” degan soʻzlar “2021-yil 9-martdagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3 yoki 4-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2367-1/0551-son)