Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Davlat kadastrlari yagona tizimi va binolar va inshootlarning yagona davlat hisobini yaratish hamda uning yuritilishini tashkil qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma namunasi (2-ilova).
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasida nazarda tutilgan binolar va inshootlarga egalik huquqini hamda ular yuzasidan bitishuvlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga ega boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 1-iyundan boshlab tumanlar va shaharlarda binolar va inshootlarning davlat kadastri yuritilishini tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻ bilan taʼminlanishi, shahar (qoʻrgʻon) chegaralari ishlab chiqilishi va qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlagan holda 1997-1998-yillar mobaynida shaharlar va qoʻrgʻonlar chegaralarini tartibga solsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yildan boshlab davlat kadastrlarini yuritish uchun baza sifatida shaharlar, qoʻrgʻonlar va qishloq tumanlari markazlarining geodeziya tarmoqlari va topografik asoslarini muntazam yangilashga kirishsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni oʻzgartirish va toʻldirishga doir takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar obyektlarining yagona klassifikatorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 7-son, 59-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip boʻyicha tashkil etiladi va bu obyektlarning huquqiy, xoʻjalik va arxitektura-qurilish maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizimini mujassamlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini (keyingi oʻrinlarda binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish deb ataladi) taʼminlash uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish boʻyicha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat yer kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, koʻp yillik oʻsimliklar davlat kadastrini yuritish boʻyicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik maʼlumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obyektlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa maʼlumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qonun buzilishlarini ochgan taqdirda, bu haqda tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mulk egasi boʻlgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega boʻlgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni roʻyobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxs mulkka egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlgan, oʻzgargan, toʻxtatilgan yoxud bino yoki inshootning huquqiy holati oʻzgargan paytdan boshlab bir oy muddatda shahar, tuman hududidagi davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarga ularni binolar va inshootlar kadastr, reyestr daftarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar meros qilib olingan taqdirda binolar va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxoʻrga yoki davlatga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtgandan keyin davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilganda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxsga sotilishi hollari bundan mustasno.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr maʼlumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, kadastr maʼlumotlarini, ayrim obyektlar boʻyicha maʼlumotlar tayyorlashni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarning faqat vakolat berilgan xodimlari amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish boʻyicha ishlar binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlganligini, boshqa shaxsga oʻtganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yarmi, jismoniy shaxslardan oʻndan bir qismi miqdorida toʻlov undiriladi. Egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar subyektini oʻzgartirmagan holda obyektning huquqiy holati oʻzgarganda koʻrsatib oʻtilgan summalarning yarmi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha davlat kadastrini yuritish ishlari davlat budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar toʻxtatilganligini yoxud ularning cheklanganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BINOLAR VA INShOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter maʼlumotlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham anʼanaviy (kadastr daftarida roʻyxatdan oʻtkazish, kadastr rejasiga kiritish), ham avtomatlashtirilgan (maʼlumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xoʻjalik va arxitektura-qurilish maqomi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash va kadastr daftarida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda maʼlumotlar kompyuter bazasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari tumanlar, shaharlar boʻyicha tuziladi, ularning hududi hisobga olish uchastkalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid boʻlinishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, qoʻrgʻon chegaralarini hisobga olish uchastkalariga boʻlishni bildiradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim boʻyicha kadastr kodi (raqami) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. BINOLAR VA INShOOTLARNI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maʼlumotlari binolar va inshootlar davlat kadastrining asosini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida bino yoki inshoot qurib bitkazilgandan soʻng yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda bitishuvlar sodir etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tuman, shahar kadastr daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reyestr daftarida amalga oshiriladi.
(16-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda kadastr yoki reyestr daftariga binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi) haqidagi, shuningdek obyektni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxfiylik rejimiga ega boʻlgan binolar va inshootlar maxsus kadastr daftarida roʻyxatga olinadi. Uni yuritish xususiyatlari va bu obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ilovaga muvofiq kadastr daftariga binolar va inshootlarning huquqiy, xoʻjalik va arxitektura-qurilish maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, bu huquqlarning paydo boʻlish asoslari va muddatlari, ularning toʻxtatilish muddatlari, egalik huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, bu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati haqidagi maʼlumotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, bu obyektlarning maishiy, ishlab chiqarish maqsadlaridaligi, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi, ular joylashgan soliq zonasi toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar binolar va inshootlar xoʻjalik maqomining asosini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlar bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek arxitektura va shaharsozlik talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan vaqti, muhandislik-texnik kommunikatsiyalar mavjudligi, seysmik chidamliligi toʻgʻrisidagi va boshqa texnik maʼlumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi haqidagi maʼlumotlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kadastr maʼlumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar roʻyxatdan oʻtkaziladigan hujjatlar va maʼlumotlarning aslligini va ishonchliligini tekshirish, zarur hollarda esa qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi asl hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek binolar va inshootlarni joyida tekshirish va baholash huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir bino va inshoot kadastr, reyestr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektning kadastr raqami uning koʻchmas mulk obyektlari va hududlarni kodlashtirishning umumrespublika tizimidagi kodidan kelib chiqib belgilanadi. Obyekt kodi maʼlumotlarning kompyuter bazasini unifikatsiyalash hamda yaratish uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootga shaxsiy mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar oʻzgarganda yoxud tugatilganda va paydo boʻlganda obyektning roʻyxatdan oʻtkazish kodi (raqami) oʻzgarmaydi, obyektning mulkdorlar yoki foydalanuvchilar oʻrtasida boʻlinishi, shuningdek u joylashgan yer uchastkasi chegaralari oʻzgarishi hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kadastr, reyestr daftaridagi yozuvlarni tuzatish yoki toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar kadastr, reyestr daftariga kiritilgan maʼlumotlarni, mazkur Nizom 20-bandining uchinchi xatboshida nazarda tutilgan hollardan tashqari, oʻzgartirish yoki toʻldirish zarurati tugʻilsa oldingi yozuvlar bekor qilinadi va obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻsha kod (kadastr raqami) ostida toʻldirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bino yoki inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan organ mulkdor yoki u vakolat bergan shaxsga bino, inshootning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi yoxud roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor yoki ushbu obyektga ashyoviy huquqqa ega boʻlgan shaxs, shuningdek obyektning huquqiy holati oʻzgargan taqdirda kadastr yoki reyestr kitobida bino yoki inshootni qayta roʻyxatdan oʻtkazish hollarida bino yoki inshootni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, bunda eski guvohnoma majburiy tartibda olib qoʻyiladi va bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino yoki inshootning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotilgan yoki buzilgan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirgan organ tomonidan mulkdorga yoki u vakolat bergan boshqa shaxsga bino yoki inshootning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikatni berishda davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan summaning ikkidan biri miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BINO VA INShOOTLAR KADASTRINI YuRITIShNI TAShKIL ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻplangach va roʻyxatidan oʻtkazilgach bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi xaritalar va rejalarning 1:100 dan 1:10000 gacha boʻlgan masshtab qatoridan iborat boʻladiki, bu roʻyxatdan oʻtkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining koʻrgazmali chizma belgilanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bino va inshootlar maʼlumotlari asosida tuman, shahar geofondlari yuritiladi. Tuman, shahar geofondlari — binolar va inshootlarning topografiya-geodeziya, kartografiya, mahandislik-geologiya, gidrogeologiya, ekologiya, sanitariya-gigiyena, sotsiologiya, loyihalash-rejalashtirish, tarixiy-madaniy, stixiyali ofatlar va texnogen falokatlari, texnik inventarizatsiyalanganligi va pasportlashtirilganligi, mikroseysmik rayonlashtirilganligi va seysmik turgʻunligiga oid zamonaviy va tarixiy geoaxborot maʼlumotlari omboridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuman, shahar binolari va inshootlari toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarining kompyuter bazasi tuman, shahar binolari va inshootlarining kadastr, reyestr daftariga kiritilgan maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kompyuter maʼlumotlari Qorqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha yilning har choragida umumlashtiriladi va bir tizimga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kompyuter kadastr maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr maʼlumotlarining bir tizimga solingan kompyuter bazasi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlarning kompyuter bazasi binolar va inshootlarni klassifikatsiyalashning quyidagi belgilar boʻyicha obyektlarning guruhlari boʻlinishi asos qilib olinadigan yagona tizimi boʻyicha shakllantiriladi: binolar va inshootlarning maqsad yoʻnalishi, mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda, shuningdek qurilish-texnik tavsiflari boʻyicha hududiyligi, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Binolar va inshootlarning 31-dekabrdagi holati boʻyicha kadastr maʼlumotlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan har yili tumanlar, shaharlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nashr etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 278-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BINOLAR VA INShOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQNING DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZILGANLIGI TOʻGʻRISIDA G U V O H N O M A
Seriya № 000000
Ushbu guvohnoma _________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________
(yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi)
soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami (INN) ________________________________, _______________________________________________________________________________
(bino, inshootning joylashgan joyi)
_____________________________________________________________manzilda joylashgan