29.05.2021 yildagi SQ-310-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman oʻzgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qoʻshimcha yer maydoni olayotgan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 123/25-06-sonli qarorini oʻrganish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kelib tushgan murojaatlar asosida xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman oʻzgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qoʻshimcha yer maydoni olayotgan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 123/25-06-sonli qarorining (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) qonuniyligi Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror bilan tumandagi “DENOV AGRO-PILLA” MChJning Xazorbogʻ, Oxunboboyev, Gʻalaba, Oʻzbekiston hududlaridagi 114,23 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qarorning 2-bandida tumandagi 9 ta paxta va gʻallachilik fermer xoʻjaligi bilan tuman hokimligi oʻrtasida tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinishi, 5-bandida qator fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalariga oʻzgartirish kiritilayotgan fermer xoʻjaliklari soni tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqa tadbirkorlik subyektlari hamda hokimlik oʻrtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 24-moddasiga hamda “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga koʻra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 302-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020-yil 19-noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman oʻzgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qoʻshimcha yer maydoni olayotgan fermer xoʻjaliklarining faoliyatini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi 123/25-06-sonli qarori qonunchilikka zid deb topilsin va bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (B. Tajiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qaror manfaatdor tomonlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-310-IV-son