29.05.2021 yildagi SQ-315-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 21-oktabrdagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida”gi SQ-160-IV-sonli Qarori ijrosi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga berilgan javobni oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6195-sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil egish toʻgʻrisida”gi PQ-5038-sonli qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati sifatini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimiga “autsorsing” asosida xususiy sektorni jalb qilish, tizim xodimlarining malaka va kasb mahoratini oshirish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi Davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu “Yoʻl xaritasi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashda shaxsni “tibbiy-mehnat” ekspertizadan oʻtkazish tizimidan voz kechib, “tibbiy-ijtimoiy” ekspertizadan oʻtkazish tizimiga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarni nogironligi boʻlgan shaxs deb topish boʻyicha pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni belgilashni yagona tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tizimi tomonidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs sogʻligʻi boʻyicha tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga borish imkoniga ega boʻlmagan holatda nogironlik belgilashni shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan shaxslarni klinik-funksional maʼlumotlarni olishga doir qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazmasdan turib, ular nogironligi boʻlgan shaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilashni joriy etish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalari yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-sonli Farmoni va PQ-5038-sonli qarorida aks etganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati sifatini oshirish, ularda maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimiga “autsorsing” asosida xususiy sektorni jalb qilish, tizim xodimlarining malaka va kasb mahoratini oshirish, ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi Davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar har chorakda Senatga maʼlumot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi (O. Iminov) Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularning nogironligini aniqlash masalalarini Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan har chorakda taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tahlil qilib, zaruratga qarab Qoʻmita majlisida muhokama qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda joylarda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari joylashgan binolarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning borishlari uchun qulay boʻlgan binolarga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi O. Iminov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Seiatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-315-IV-son