Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlarni ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1505-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi 120-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlar ajratish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005-yil 23-iyuldagi 67-son “Oʻzbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlarni ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1505, 2005-yil 5-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 257-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 16-martdagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlarini toʻlashga mablagʻlarni ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1505-1, 2018-yil 9-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/1505-1/1031-son).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-may,
30-son
Kelishildi:
Boshqaruv raisi F. SALOMOV
2021-yil 28-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2021-y., 10/21/1505-2/0532-son)