03.06.2021 yildagi 340-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) huzurida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan gʻoya asosida mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʻtarish, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga muhabbat, maʼnaviy merosimiz, milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalash gʻoyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati, milliy gʻoyaning mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni, jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini tadqiq qilish, baholash va yaxshilash boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini amalga oshirishning samarali va taʼsirchan zamonaviy targʻibot texnologiya hamda usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, Internet tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi asosida tarbiyaviy ishlar samaradorligini baholashning ilmiy asoslangan indikatorlari va koʻrsatkichlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarda, jumladan, taʼlim tizimi, mahalla va hududlar boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq qilish, ilmiy ekspertizani yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning mafkuraviy manzarasini oʻrganish, tahlil qilish, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga mos xorijiy tajribani amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy sohaga masʼul xodimlarning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut direktori Markaz rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasining barcha huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz rahbariga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratiladigan tegishli mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Institutni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2021-yilda Markazning Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasidan Markazning hududiy boʻlimlariga joylarda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz va “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasining ushbu taʼlim muassasasiga tegishli boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan, transport vositasini belgilangan tartibda Institutga begʻaraz berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ustavini ishlab chiqsin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni yuqori ilmiy salohiyatli, malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodimlarining toʻlov shartnomasi asosida Institutda malakasini oshirish tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Institutda tegishli yoʻnalish boʻyicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyatini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Institutni zarur telekommunikatsiya xizmatlari bilan, jumladan, hukumat aloqasi hamda Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 9-uy manzilidagi Xalq taʼlimi vazirligiga tegishli boʻlgan binoning 3-qavatiga Markaz huzuridagi Institut, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, “Maʼnaviy hayot” va “Tafakkur” jurnallari tahririyatlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Markaz qabul qilib olsin hamda obyektni Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukammal taʼmirlash, saqlash va undan maqsadli foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 340-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish boʻlimi

5

Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni tahlil qilish, baholash va zamonaviy targʻibot texnologiyalarini ishlab chiqish boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Buxgalter

1

Milliy gʻoya va maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini metodik taʼminlash boʻlimi

3

Malaka oshirish boʻlimi

2

Yuriskonsult

1

Ilmiy ekspertiza boʻlimi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 20 nafar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/340/0517-son)