Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Respublika aholisini oʻsimlik yogʻi bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, tashqi bozordagi salbiy konyunktura oʻzgarishlarining mamlakatimiz ichki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga taʼsirini yumshatish hamda ichki bozorda oʻsimlik yogʻi narxining barqarorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) roʻyxatidan 60 — 69-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-iyun,
336-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2021-y., 09/21/336/0509-son)