27.05.2021 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Buxoro madaniyat saroyi faoliyatini tashkil etish hamda hududda teatr sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyatida madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish, milliy qadriyat va anʼanalarni keng targʻib etishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar samaradorligini oshirish, aholiga madaniy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tarkibida davlat muassasasi shaklida yuridik shaxs maqomidagi Buxoro madaniyat saroyini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati musiqali drama teatrining Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Abduholiq Gʻijduvoniy koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Buxoro madaniyat saroyiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muxtor Ashrafiy koʻchasi, 3-uy manzilida joylashgan va hozirgi kunda boʻsh turgan bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) Buxoro viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Buxoro madaniyat saroyining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek va jahon mumtoz sanʼati anʼanalarini, musiqa, raqs va milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va targʻib qilish, oʻzbek xalqining boy maʼnaviy merosini tarannum etuvchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulugʻlovchi yorqin sahna asarlarini namoyish etish orqali aholining keng qatlamlarini sanʼat ustalari va isteʼdodli yosh ijrochilar ijodidan bahramand etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini mustahkamlash, ularni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi rang-barang ijodiy dasturlar orqali yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro festival, koʻrik-tanlov, konferensiya, ijtimoiy-madaniy anjuman va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro madaniyat saroyining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat boʻlganda, Buxoro madaniyat saroyi tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Buxoro madaniyat saroyi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari (oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma (pullik) asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, norezidentlarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektda asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ushbu manzildagi boʻsh turgan hududga qoʻshimcha bino qurish va obodonlashtirish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini zarur mablagʻlar ajratish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) belgilangan tartibda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyekt boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkiloti qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt moddiy madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olinganini inobatga olib, obyekt va uning qoʻriqlanadigan tegrasidagi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiya obyektda asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ushbu manzildagi boʻsh turgan hududga belgilangan tartibda qoʻshimcha bino qurish va obodonlashtirish ishlari 2021-yilda oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Buxoro madaniyat saroyining ustavi ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻz tizimidagi sanʼat saroylari va madaniyat saroylari rekonstruksiya qilinishi, taʼmirlanishi va obodonlashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanʼat saroylari va madaniyat saroylarida yil davomida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy, konsert va boshqa ommaviy tadbirlar soni koʻpaytirilishi hamda mazmunan boyitilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanʼat saroylari va madaniyat saroylari hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), koʻngilochar joylar (kinoteatr) tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buxoro viloyati hokimligi 2021-yilda Buxoro madaniyat saroyining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni zarur maxsus asbob-uskunalar va xavfsizlikni taʼminlovchi texnik vositalar bilan jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov, madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov hamda Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro madaniyat saroyining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Direktor

Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari

Ijodiy xodimlar

4

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha mutaxassis

1

Texnik xodimlar*

Matbuot xizmati

1

Bosh yuriskonsult

1

Yordamchi xodimlar*

Buxgalteriya

2

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 12 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Buxoro viloyati” boʻlimiga “Buxoro madaniyat saroyi” davlat muassasasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatining “Buxoro viloyati” boʻlimida 142-pozitsiyaning “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq” ustunidagi “madaniyat boshqarmasi” soʻzlari “musiqali drama teatri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/329/0499-son)