27.05.2021 yildagi PQ-5128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinasozlik va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish, qulay investitsiya muhitini yaratish hamda yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, yangi ish oʻrinlari yaratishga va hudud aholisi farovonligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining Andijon viloyati hududining 105 gektar yer maydonida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”ni (keyingi oʻrinlarda — Sanoat xabi) maxsus sanoat zonasi sifatida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanoat xabining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning mashinasozlik va elektrotexnika sanoatidagi ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish hamda maxsus sanoat zonasi ishtirokchilari oʻrtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabining faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabi faoliyati davomida uning hududida maxsus iqtisodiy zonalar uchun belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabi hududida faqat mashinasozlik va elektrotexnika sohalaridagi loyihalar joylashtiriladi va ularning tashabbuskorlariga qurilgan bino va inshootlar ijara shaklida yoki ularning xohishiga muvofiq yer maydonlari doimiy foydalanishga ajratib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashi va direksiyasining vakolatlari hamda Sanoat xabi hududida bino va inshootlar qurish ishlari masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Sanoat xabi boshqaruvchi kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Andijon viloyati hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Sanoat xabi hududlarining chegaralarini aniqlash va ularni kelgusida kengaytirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Sanoat xabining bosh rejasi belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabi boshqaruvchi kompaniyasini belgilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabi hududida rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanoat xabi bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati IK” DUK — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosidagi loyiha tashkiloti — bosh loyiha tashkiloti etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati mahalliy budjetining mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Sanoat xabining tashkil etilishi, uning hududida mashinasozlik va elektrotexnika sohalariga ixtisoslashgan loyihalar joylashtirilishini tashkil etishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xabi hududida amalga oshiriladigan loyihalar ularning biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda, Markaz tomonidan xulosalar berish muddatlari oʻn besh kalendar kundan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvchi kompaniya tomonidan ishlab chiqarish loyihalarini Sanoat xabi hududida joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati Markaz tomonidan xulosa berish jarayoni bilan birga yigirma besh kalendar kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Sanoat xabini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari besh yilgacha boʻlgan davrda boʻlib-boʻlib toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sanoat xabida joylashadigan loyihalar uchun zarur boʻlgan barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini yaratish bilan bogʻliq tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qarorida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan hamda ushbu qarorda oʻrnatilgan tartibda moliyalashtirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Sanoat xabini barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlash manzilli dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Sanoat xabi hududida loyihalar amalga oshirilganda, loyiha ishga tushgan muddatdan boshlab uch yil oʻtganidan soʻng tegishli ulushlarning auksion savdolari orqali sotilishi lozimligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda auksion savdolarini shaffoflik va bozor tamoyillari asosida oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5128-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2021-y., 07/21/5128/0494-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 01.06.2022-y., 07/22/266/0458-son)