Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4 mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1269-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-martdagi 145-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-aprel,
01-02/16-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 12-apreldagi 01-02/16-23-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2003-yil 9-iyul 01-02/16-27-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1269, 2003-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 16-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 5-apreldagi 01-02/16-30-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 13-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1269-1, 2013-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y.,19-son, 245-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 13-apreldagi 01-02/16-17-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1269-2, 2015-yil 4-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 18-son, 220-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 18-apreldagi 01-02/16-26-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1269-3, 2016-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 17-son, 183-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/1269-4/0490-son)