Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“YILNING ENG YAXSHI SPORTCHISI” OʻZBEKISTON MILLIY KUBOGINI TAʼSIS ETISH TOʻGʻRISIDA
Yuksak sport mahoratini yanada oshirganlikni ragʻbatlantirish, Oʻzbekistonning eng yuqori natijalarga erishgan sportchilarini taqdirlash maqsadida, shuningdek yosh avlodni xalqaro sport maydonlarida mamlakatni mashhur qilgan hamda Oʻzbekiston sportining shonli anʼanalarini yanada boyitgan eng yaxshi sportchilar misolida vatanparvarlik va Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Milliy Olimpiya qoʻmitasining “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻgʻrisidagi Nizom va Respublika komissiyasi tarkibi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi bilan mukofotlash har yili yil yakuni boʻyicha oʻtkazilsin.
4. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi 1997-yil 1-martgacha “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini va uning nusxalarini tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning eng yaxshi sportchisiga berish uchun Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasiga har yili 10 (oʻn) ming AQSH dollariga teng miqdorda pul mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 20-dekabr,
452-son
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi toʻgʻrisida
NIZOM
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi (bundan keyin Kubok deb ataladi) eng yuksak natijalar, sport sharafi va shuhrati, mardlik, sadoqatli vatanparvarlik hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston sporti anʼanalarini boyitishga, respublika nufuzini koʻtarishga qoʻshilgan ulush ramzi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kubok yil mobaynida chempion unvoniga sazovor boʻlgan, Jahon, Olimpiya oʻyinlarida rekord oʻrnatgan va rasmiy xalqaro sport musobaqalarida eng yuksak sport natijalariga erishgan, oʻzining sportdagi jasorati va gʻalabaga boʻlgan mustahkam irodasi bilan oʻsib kelayotgan avlodga munosib namuna koʻrsatgan sportchiga beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kubok bilan mukofotlashga nomzodlar sport jamiyatlari va idoralari trenerlari, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari), Sport jurnalistlari uyushmasi tomonidan koʻrsatiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
Respublika komissiyasi tavsiya etilgan nomzodlarni oʻrganadi, ulardan eng munosiblarini tanlaydi va “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogini berish bilan bogʻliq barcha zarur tashkiliy tadbirlarni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-maydagi 288-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 367-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi, belgilangan namunadagi guvohnoma va pul mukofoti tantanali vaziyatda topshiriladi.
Laureatning familiyasi va ismi oʻyib yoziladigan “Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy Kubogi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida saqlanadi. Kubok aslining nusxasi laureatga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Yilning eng yaxshi sportchisi” Oʻzbekiston Milliy kubogini berish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Kurbanov R.D. |
— |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi, respublika komissiyasi raisi | |
|
2. |
Sultanov A.S. |
— |
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
|
3. |
Djurayev I.T. |
— |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
4. |
Turdiyev F.K. |
— |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
5. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori |
|
6. |
Djalilov Sh. |
— |
“Sport” gazetasi bosh muharriri |
|
7. |
Quranbayev Q.Q. |
— |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi |
|
8. |
Abilov F. |
— |
“Xalq soʻzi” gazetasining sport sharhlovchisi |
|
9. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlari |
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.