Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 872-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga qoʻshimcha ravishda quyidagi masala kiritilsin:
“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi QL-769-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-aprel,
889-IV-son