ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish | ||||
1. | Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil iyun | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil iyun | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
3. | Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan yoki oʻz joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil boʻlgan shaxslar bilan ishlash tartibini tasdiqlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil avgust | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
4. | Oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil iyul | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Yoshlar ishlari agentligi |
5. | Markaz xodimlari hamda jabrlanganlarning xavfsizligini taʼminlash, Markaz binolarini qoʻriqlash choralarini koʻrish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil iyun | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
II. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyatini amaliy va uslubiy jihatdan taʼminlash | ||||
6. | 1146 “ishonch telefoni”ga uchinchi shaxslarning, shu jumladan qoʻshnilar, kommunal xizmat xodimlari, tibbiyot muassasalari va dorixonalar xodimlari, maktab psixologlari hamda anonim shaxslar tomonidan oilaviy zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida xabar berish tartibini ishlab chiqish. | Maxsus yoʻriqnoma | 2021-yil iyul | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7. | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish maqsadida oʻquv-seminarlar tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Reja asosida | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarining ichki ishlar organlari mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2021-yil iyul | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Ichki ishlar vazirligi |
9. | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari mutaxassislari uchun “xavf-xatar guruhi”dagi xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish. | Metodik qoʻllanma | 2021-yil iyul-avgust | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Jamiyatda zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish | ||||
10. | “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” gʻoyasini hayotga tatbiq etish maqsadida notinch va muammoli oilalarni oʻz vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2021-yil avgust | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Yoshlar ishlari agentligi |
11. | Oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlar tayyorlash orqali zoʻravonlik qurbonlari uchun amaliy yordam olish boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura, MTRK, EOAVMA, AOKA |
12. | Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
13. | “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida ularni hunarmandchilikka oʻrgatish boʻyicha oʻquv-kurslarini tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil davomida | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
14. | Nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha soʻrovlar oʻtkazib borish. | Ijtimoiy soʻrovlar | Doimiy | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari |
15. | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi faoliyati hamda “ishonch telefoni”ni ommalashtirish maqsadida ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari |
16. | Xotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanish holatlarining oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida joylarda targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Reja asosida | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan hududlarda “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusi boʻyicha ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali aholi eʼtiboriga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil noyabr | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar |