OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarining 11-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3195-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 7-oktabrdagi 11-son qarori (roʻyxat raqami 3195, 2019-yil 8-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y, 10/19/3195/4007-son) bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarining 11-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Rais A. MAKSUDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-may,
4-son
Kelishildi:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2021-yil 15-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3195-1/0460-son)