Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3217-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 14-yanvardagi 106-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3217, 2020-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/3217/0136-son) bilan tasdiqlangan Yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 3-ilovalari matnidagi “pasport” degan soʻzlar “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-karta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-may,
5-son
Kelishildi:
Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisi R. IZAMOV
2021-yil 15-aprel
(Qonuni hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3217-1/0463-son)