Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun asosiy ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma hamda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakllariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2417-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 77-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2417, 2013-yil 29-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirish uchun asosiy ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma hamda oʻrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan maʼlumotnoma shakllaridagi “pasporti” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur shakllar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-aprel,
23-2021-B-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi M. RAFIKOV
2021-yil 22-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/2417-1/0465-son)