OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Qonunini AMALGA KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrdan hamma joyda ijro etiladi.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gimni toʻgʻrisida”gi 1978-yil 18-mart Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1978-yil, № 9, 134-modda; № 12);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gimni toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1985-yil 29-aprel Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13. 141-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 10-dekabr,
769-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 53-modda)