23.04.2021 yildagi SQ-270-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil I choragidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining (bundan buyon Dastur deb yuritiladi) 2021-yil I choragidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini oʻrganib chiqib, bu borada muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur oʻz vaqtida, toʻliq hamda sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur va tezkor choralarni koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida Vazirlar Mahkamasining Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi hamda Davlat dasturi ijrosini Vazirlar Mahkamasida tahlil qilish boʻyicha idoralararo Monitoring-tahlil kichik guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur 273 ta banddan iborat boʻlib, uning ijrosi doirasida umumiy qiymati 29,5 trln soʻm, 2,6 mlrd AQSh dollari hamda 57,5 mln yevroga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi chorakda ijrosi taʼminlanishi belgilangan 41 ta topshiriqning 32 tasi toʻliq bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida Dasturda ijro muddati kelmagan 15 ta banddagi vazifalar bajarilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 103,0 foizni tashkil qilgan. Savdo aylanmasi hajmi 46,7 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 102,8 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami xizmatlar hajmi 61,0 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga ortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari 33 trln 900 mlrd soʻmga ijro qilingan. Davlat budjetining jami xarajatlari 34 trln 100 mlrd soʻmni, shundan ijtimoiy sohalarga yoʻnaltirilgan xarajatlar 18 trln 200 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Ushbu amalga oshirilgan xarajatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 38,6 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil I choragida respublika isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlashga yoʻnaltirilgan yangi generatsiya quvvatlarini qurib ishga tushirish boʻyicha 4 ta yirik xorijiy kompaniya bilan davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 mlrd dollar, shundan 818 mln dollari toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya boʻlgan 453 ta loyiha amalga oshirilgan va buning natijasida 35 897 ta yangi ish oʻrni tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir tuman (shahar)da “Yoshlar dasturlari” ijrosi tizimli yoʻlga qoʻyilib, 271495 nafardan ortiq yoshlarning bandligi taʼminlangan, 62 441 nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilgan hamda 27 236 nafar yoshlar “1+1” loyihasi asosida tadbirkor va usta-hunarmandlarga biriktirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil qilingan “Yoshlar jamgʻarmalari” mablagʻlaridan 17 mlrd 504 mln soʻm mablagʻ sarflanib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 24 ming 904 nafardan ortiq yoshlarning muammolari hal etilishiga koʻmaklashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida 660 ming doza AstraZeneca va 1 mln doza ZF-UZ-VAK 2001 vaksinasi olib kelingan. Emlash ishlarini amalga oshirish uchun respublikada 3 138 ta punkt va 862 ta harakatdagi brigada tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan paketi” tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26 ta tuman (shahar) da aholining salomatligi holati xatlovi yakunlangan, 21 ta oilaviy shifokor punkti va 6 ta oilaviy poliklinika faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Dasturning ijrosi I chorakda taʼminlanishi belgilangan 9 ta bandidagi topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilmagan, 8 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan, 1 ta banddagi vazifa ijrosi umuman taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Davlat dasturining 145-bandida 1-martga qadar aholining minimal isteʼmol xarajatlarini eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish vazifasi qayd etilgan boʻlib, mazkur band ijrosi yuzasidan meʼyoriy-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 120-bandida 20-martga qadar qishloq xoʻjaligida yer munosabatlari boʻyicha islohotlarni yanada takomillashtirish, yerlarni bozor aktivlariga aylantirish hamda yer uchastkalarini ijara huquqi bilan foydalanishga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinishi belgilangan. Biroq mazkur topshiriq bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan aksariyat hujjatlar loyihalari ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida ishlab chiqilmaganligi hududlarda shu yoʻnalishdagi islohotlarga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Dasturning 156-bandida 20-martga qadar barcha shahar va tumanlarda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash topshirigʻi berilgan. Mazkur hujjat loyihasi belgilangan muddatdan bir oy oʻtib, yaʼni 14-apreldagina Prezident Administratsiyasiga kiritilgan. Natijada hududlarda Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini qayerda hamda qanday asosda tashkil qilish yuzasidan muammolar yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Dasturda belgilangan hujjat loyihalari ijrochilar tomonidan sifatsiz tayyorlanayotgani uchun yuqori instansiyalarda ularni qayta ishlash jarayoni koʻp vaqt talab etyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, Dasturning 60-bandida 1-martga qadar “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash belgilangan. Fevral oyida tayyorlangan ushbu qonun loyihasi shu kunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning 4, 73, 77, 150, 159, 218-bandlaridagi topshiriqlar belgilangan muddatdan kechikib ijro qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Senatning 2021-yil 5-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yildagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida”gi SQ-226-IV-son qarorida belgilab berilgan ayrim vazifalar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, yuqoridagi qarorda hukumatga Dastur ijrosi boʻyicha hisobotlarda belgilangan vazifalar yuzasidan hududlar kesimida amalga oshirilgan ishlar, xususan ijtimoiy obyektlarda bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlari haqida toʻliq maʼlumot kiritib borilishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan. Ammo mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha maʼlumotlar Senatga taqdim etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021-yil I choragidagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda I chorakda bajarilishi belgilangan, ammo ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan 9 ta banddagi normativ-huquqiy hujjatlar bir oy muddatda qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda qayd etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatlardan kech hamda sifatsiz tayyorlagan ijrochilarga nisbatan choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”ni tashkil etish, tuman (shahar)lardagi “Yoshlar dasturlari” ijrosini tizimli nazorat qilish, “Yoshlar jamgʻarmalari” mablagʻlarini samarali tasarruf qilish, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda imtiyozli kredit mablagʻlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida joriy etilgan karantin cheklovlariga amal qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish, xorijdan olib kelingan AstraZeneca, ZF-UZ-VAK 2001 vaksinalari bilan aholini emlash jarayonini xalqaro talablar va standartlarga mos ravishda tashkil etish, hududlardagi tibbiyot muassasalarini zarur jihozlar bilan taʼminlashni jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi boʻyicha maʼlumotlarning yanada ochiqligini taʼminlash, ushbu maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar Oliy Majlis palatalariga kiritib borish hamda Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish, har bir hududda tashqi qarz hisobiga amalga oshirilayotgan inftratuzilma loyihalari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga axborot kiritish va OAVda hisobot berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Senatning 2021-yil 5-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi ni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yildagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida” SQ-226-IV-son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi haqida toʻliq axborot kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturining 2021-yil II chorak yakunlari boʻyicha hisoboti doirasida ushbu Qarorning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari Dasturdagi oʻz vaqtida bajarilmagan hamda II chorakka belgilangan bandlar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida hududlarda amalga oshirilishi belgilangan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axborotlarini har chorak yakunida mahalliy Kengashlarda eshitib borish va tanqidiy-tahliliy muhokamalar asosida tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida hududlarda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari ustidan doimiy va taʼsirchan deputatlik hamda jamoat nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-270-IV-son