23.04.2021 yildagi SQ-272-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining birinchi oʻrinbosari B. Turobovning Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Hisob palatasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi tomonidan 2020-yilda 87 ta nazorat tadbiri va tahliliy oʻrganishlar amalga oshirilib, natijada Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari hisobidan ajratilgan mablagʻlar sarflanishi yuzasidan 671,3 mlrd soʻmlik noqonuniy xarajatlar, kamomad va oʻzlashtirishlar hamda samarasiz xarajatlar, 1 trln soʻmdan ortiq xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilib, aniqlangan 23,8 mlrd soʻmlik kamomad va noqonuniy xarajatlar hamda ortiqcha moliyalashtirilgan 8,4 mlrd soʻm mablagʻlar jamgʻarmaga qaytarilib, 858 ta holatda 2,6 mlrd soʻmlik ortiqcha va asossiz toʻlovlarning oldi olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushiga ega 2 232 ta korxona tomonidan dividendlarning toʻliq budjetga toʻlanishi tahlil qilinib, 4,8 trln soʻmlik dividendlarni budjetga oʻtkazib berilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashqi qarz mablagʻlarini jalb qilgan holda 2010 — 2019-yillarda yakunlangan umumiy qiymati 12,6 mlrd AQSh dollarlik 81 ta loyihaning 24 tasida xato va kamchiliklar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob palatasi oʻz faoliyatida ochiqlik va oshkoralik prinsiplariga rioya qilib amalga oshirilgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, moliyaviy huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida 40 dan ortiq materiallar rasmiy veb-saytda, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga qaramasdan ayrim markaziy hamda mahalliy idoralar mutasaddilari tomonidan moliyaviy huquqbuzarlik, xususan, Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishi, mablagʻlarning oʻzlashtirilishiga yoʻl qoʻyilayotgani Hisob palatasidan bu borada profilaktik ishlarni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, Moliya, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash kabi vazirliklarning masʼul xodimlari bilan tizimli ishlar olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xalq taʼlimi tizimiga ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi oʻrganilganda mazkur tizimda 192,2 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar, maktabgacha taʼlim tizimidagi 6 116 ta tashkilotdan 222 tasida ham shu kabi oʻrganish oʻtkazilib, 48,3 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning Hisob palatasi tomonidan tashqi auditdan oʻtkazilishi vazifasini taʼminlashga yetarli eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yilgi hisoboti toʻgʻrisida”gi 840-IV-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (B. Turabov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan vazifalar, xususan qoʻshimcha yuklatilgan vazifalarni bajarish, ayniqsa Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ijrosini, ularni nazorat qilishni samarali amalga oshirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda qonun buzilishi holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar ijrosi yuzasidan palataning xulosalarini “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirish orqali budjet xarajatlarining manzilliligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalardan mablagʻ oluvchi subyektlar tomonidan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni masofadan turib monitoring qilib borish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar daromadlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash, mavjud imkoniyat va zaxiralarni ishga solish hamda yashirin iqtisodiyotni, ayniqsa savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurilishi va taʼmirlash, turarjoy xizmatlarini koʻrsatish kabi sohalarda keskin pasaytirish yuzasidan choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlaridan olinayotgan qarz mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazoratga olsin, xususan masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va bajarilayotgan ishlarni doimiy tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari faqat “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishini nazoratga olsin hamda aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan hujjatlarni tegishli tartibda qonuniy chora koʻrish uchun prokuratura organlariga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan 2021-yilning 1-oktabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Rayosat majlislarida Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim vazirliklari tomonidan budjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishi holatlari soʻnggi yillarda keskin ortganligini tanqidiy muhokama qilsin hamda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlari javobgarligini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning tizimida ijrochi hamda nazoratchi vazifalarning mavjudligi ular faoliyati ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish va xolis baho berish imkoniyatining cheklanganligi sababli nazorat idoralarining mustaqil faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Prezident Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu band ijrosi yuzasidan 2021-yilning 1-avgustiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar daromadlarining qoʻshimcha bajarilgan qismi hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarni maqsadli va ortiqcha sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn auksion savdolarisiz toʻgʻridan toʻgʻri yer ajratish holatlarini bartaraf etish, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash maqsadida mazkur masalani sessiyalarda doimiy muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-272-IV-son