Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TUGʻILGANLIK, NIKOH QAYD ETILGANLIGI VA OʻLIM HAQIDAGI GERBLI GUVOHNOMALAR ShAKLINI TASDIQLASh, GERB YIGʻIMINI JORIY QILISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-apreldagi 119-sonli “Gerbli guvohnomalar shakllarini va ularni berganlik uchun gerb yigʻimi miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari tomonidan aholiga beriladigan gerbli guvohnomalar shakli va mazmunini “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish hamda FHDYo organlarini gerbli guvohnomalar bilan taʼminlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shakli 1-3a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
2. Gerbli guvohnomalar tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlikning adliya va sud muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, 1997-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga gerbli guvohnomalar berishda (oʻlim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida gerb yigʻimi undirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlar gerbli guvohnomalar va fuqarolik holatlari dalolatnomasi yozuvlari shakllarini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va FHDYo organlarini rivojlantirishga sarflash uchun Adliya vazirligi ixtiyorida qoldirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri S. Mirsafoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 30-iyun,
330-son
Keyingi tahrirga qarang.