Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 06-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3220-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 26-dekabrdagi 01-02/15-71-son qarori (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3220/0159-son) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
01-02/15-17-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2021-yil 12-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-son qaroriga
ILOVA
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“BYuD erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, undagi tovarlar boʻyicha tuzilgan kontraktlarga qoʻshimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda;”.
2. 14-banddagi “shaxs” degan soʻz “shaxsga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 26-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida va 24-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;”;
uchinchi xatboshi “taqdim etilganda” degan soʻzlardan keyin “, bundan ilgari rasmiylashtirilgan ushbu BYuDlar bekor qilinadigan holatlar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 32-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“murojaat etilayotgan yilda rasmiylashtirilgan BYuDga bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki BYuDga eksport shartnomalari boʻyicha olib chiqilgan tovarlarning xalqaro tovar birjalarida qiymati oʻzgarishi sababli uning qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari summalari oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish yuzasidan BYuD roʻyxatga olingan bojxona posti boshligʻiga;”.
5. 41-banddagi “BYuD roʻyxatga olingan bojxona organi” degan soʻzlar “BYuD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTning 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A” va “B” grafalari bilan birga faqat BYuDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan grafalari toʻldiriladi.
BDTning 1, 2, 8, 9-grafalari va BYuDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan grafalari Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) belgilangan tartibga muvofiq toʻldiriladi.
BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari mazkur Nizomning 85-bandiga muvofiq tartibda toʻldiriladi.”.
7. 83-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83. BYuDning 1, 2, 3, 5, 8, 9, 14, 28, 50, 54-grafalariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan taqdirda, BDTning “A” grafasida oʻzgartiriladigan grafalar roʻyxati koʻrsatiladi va ushbu grafalari oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan holda taqdim etiladi. Mazkur grafalarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish lozim boʻlmaganda yoki BDTning ushbu grafalarida boshqa maʼlumotlar koʻrsatish zarurati yuzaga kelmaganda, BYuDning tegishli grafalaridagi maʼlumotlar takrorlanadi.”.
8. 85-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari quyidagi tartibda toʻldiriladi:”;
b) 1-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) 3-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BDT varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.
Masalan, agar BDT ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BDTning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida “3/3” koʻrsatiladi. Agar BDT qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi.”;
v) quyidagi mazmundagi 11, 12- kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“11) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BDTning 31-grafalarida koʻrsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BDTning toʻldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq boʻlishi lozim;
12) 7-grafa. “BYuDning roʻyxat raqami”.
Grafada oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan BYuDning 7-grafasidagi BYuDning roʻyxat raqami koʻrsatiladi;”;
g) quyidagi mazmundagi 31- kichik band bilan toʻldirilsin:
“31) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Grafada BDTni toʻldirgan va bojxona organlariga taqdim etayotgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi;
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan soʻng ushbu bojxona brokeri yoki deklarantni STIRi koʻrsatiladi;”;
d) quyidagi mazmundagi 41- kichik band bilan toʻldirilsin:
“41) 28-grafa. “Moliya va bank maʼlumotlari”.
Grafada bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxsning moliyaviy va bank maʼlumotlari koʻrsatiladi, bunda maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — toʻlovchining STIRi/bank STIRi (bojxona toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan toʻlanganda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi koʻrsatiladi);
2 — bankning toʻliq nomi;
BYuDga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun bojxona yigʻimi undirilmaydigan hollarda grafani toʻldirish talab etilmaydi, bundan BYuDning 28- grafasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish zarur boʻlgan hollar mustasno.”;
e) quyidagi mazmundagi 51, 52- kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“51) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng BDTni toʻldirishga asos boʻlib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud boʻlsa) va STIRi (alohida maydonda) koʻrsatiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs boʻlsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar uchun javobgar shaxs STIRi mavjud boʻlmagan norezident boʻlsa, u holda shaxsning STIRi qayd etiladigan joyda “999999999” kodi koʻrsatiladi.
BDTni toʻldirishda deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan boʻlsa BDTning 7-grafasida roʻyxat raqami koʻrsatilgan BYuDning 50-grafasidagi maʼlumotlar takrorlanadi.
52) 54-grafa. “Joy va sana”.
Grafada 14-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BDTni taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi hamda maʼlumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qoʻyiladi:
1 — BDT toʻldirilgan joy;
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, bojxona brokeri va deklarant oʻrtasidagi bitim raqami va sanasi koʻrsatiladi;
5 — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
999999999/99.99.9999/999999, bunda:
1 2 3
1-element — deklaratsiyalovchi shaxsning STIRi;
2-element — BDT toʻldirilgan sana;
3-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan tartib raqami (joriy yilda oʻsish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
BDTda bayon etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanadi.”;
j) quyidagi mazmundagi 61- kichik band bilan toʻldirilsin:
“61) “V” grafa. “Hisob-kitob tafsilotlari”.
Grafada rasmiylashtirilgan BYuDni oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish uchun undiriladigan bojxona yigʻimi koʻrsatiladi.
Bojxona yigʻimi BDTning formati va tuzilishidan kelib chiqib, Yoʻriqnomaning 13-ilovasidagi Bojxona toʻlovlari tasniflagichiga muvofiq “43” toʻlov kodi ostida koʻrsatiladi.”.
9. 89-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda elektron BYuDning faqat 2 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi), 8 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi), 9 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) boʻyicha tuman (shahar) kodi), 11, 13, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 26, 29, 37 (birinchi ikkita raqamdan tashqari), 40, 41, 44, 46-grafalariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin, bundan hisoblangan bojxona toʻlovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) maʼlumotlariga taʼsir etadigan holatlar mustasno.”.
10. 93-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“BYuDga tegishli oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish jarayonida bojxona organi tomonidan uning “D” grafasida rasmiylashtirilgan BDTning roʻyxat raqami qayd etiladi.”.
11. 98-band “amalga oshiriladi” degan soʻzlardan keyin “, bundan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid maʼlumotlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bilan bogʻliq holatlar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 981-band bilan toʻldirilsin:
“981.Rasmiylashtirilgan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid maʼlumotlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish deklarantning arizasiga koʻra hududiy bojxona boshqarmasining ruxsati bilan yoki bojxona organining talabi asosida amalga oshiriladi. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga yangi BDTning 7a-grafasida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish kerak boʻlgan BDTning roʻyxat raqamini koʻrsatgan holda taqdim etiladi.
Bojxona organi tomonidan taqdim etilgan BDTni rasmiylashtirish oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish lozim boʻlgan BDTni qaytarish orqali mazkur Nizomning 91-92-bandlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.”.
13. Quyidagi mazmundagi 1031-band bilan toʻldirilsin:
“1031. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan soʻng bojxona organlari tomonidan BYuD va BDTlarda qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona toʻlovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlarning qoʻllanilishiga taʼsir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan mazkur Nizomda BYuDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.”.
14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)